Byudjetlararo munosabatlar – davlat hokimiyat organlari va
mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari o‘rtasida munosabatlar.
Byudjet huquqi – mamlakat byudjet tuzilishining (qurilishining)
asoslarini, mamlakatning byudjet tizimiga kiruvchi byudjetlarni tuzish, ko‘rib
chiqish (muhokama qilish), tasdiqlash va ijro etish tartibini aniqlovchi yuridik
me’yorlar majmui.
Birja solig‘i – birja oboroti (aylanmasi)dan olinadigan soliq.
Proporsional stavkalar bo‘yicha olinib, uning darajasi bitimlar summasiga
nisbatan 1%dan 2,5% gacha tebranadi. Uning soliqqa tortish obyekti bo‘lib,
fond birjasidagi qimmatbaho qog‘ozlar oboroti (aylanmasi) hisoblanadi.
Soliqqa tortishda asos sifatida qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha bitimlarning
imzolanishi maydonga chiqadi. Soliqning ikki xil ko‘rinishi bo‘lishi mumkin:
a) birja oboroti (aylanmasi)dan olinadigan respublika solig‘i. Uning soliqqa
tortish obyekti – fond birjasidagi qimmatbaho qog‘ozlar oboroti
(aylanmasi)ning hajmi. Soliq respublika byudjetiga borib tushadi; b) birja
mahalliy solig‘i. Bu birjada sodir bo‘ladigan qimmatbaho qog‘ozlar bitimi
bo‘yicha yig‘imdan iboratdir.
Biriktirilgan daromadlar –
o‘zlarining
tegishli
byudjetga
biriktirilganligiga qarab to‘liq yoki qat’iy belgilangan hissada (foizda) doimiy
ravishda yoki ma’um bir muddat davomida u yoki bu byudjetga tushuvchi
daromadlar (soliqlar).
Boqimanda – belgilangan muddatda byudjetga o‘tkazilmagan va
so‘zsiz undirilishi lozim bo‘lgan soliq yoki boshqa majburiy to‘lovning
summasi.
Bojxona bojlari - ma’lum bir mamlakatning hududiga mahsulotlarni
kiritish, undan chiqarish va olib o‘tishda undiriladigan iste’mol soliqlaridan
biri. Ularning asosiy maqsadi daromad olish bo‘lmasdan, balki ichki
bozorni, milliy sanoatni va qishloq xo‘jaligini himoya qilishdir. Davlat
iqtisodiy (moliya-soliq) siyosatining instrumenti sifatida maydonga chiqadi.
Import qilinadigan mahsulotlarning bahosi bilan ichki bozordagi xuddi
shunga o‘xshash mahsulotlarning bahosini tenglashtirishi lozim. Odatda,
mahsulotlar bahosidan olinadi. Buning uchun, ayrim hollarda, maxsus
me’zonlar (masalan, og‘irlik, maydon) ham qo‘llanilishi mumkin.