Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə275/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Market-meykerlar 
- bu turli valyutalarni bitimlar bo‘yicha 
sotib olish va sotish kurslari kotirovkasini doimiy ravishda amalga 
oshiruvchi moliya muasassalari hisoblanadi.
Albatta, market-meykerlar faqatgina chet el valyutalarini 
milliy valyuta bilan solishtirmaydilar, balki ular milliy valyutaga 
tegmagan holatda chet el valyutalarini o‘zlarini kotirovkalarini ham 
amalga oshirishlari mumkin.
Umuman, 
ma’lum 
bir 
valyutalarni 
emitenti 
bo‘lgan 
mamlakatlarda shu valyuta bo‘yicha market-meykerlar mazkur 
mamlakatda joylashgan bo‘ladi. Evro bo‘yicha yetakchi market-
meykerlarni Germaniyadan, Shveytsariya franki bo‘yicha esa, 
Shveytsariyadan topish mumkin.


724 
Nisbatan kam banklar, butun dunyo bo‘yicha valyuta 
kotirovkasini beradilar, shunday bo‘lsada, Buyuk Britaniyaning 
keng tarmoqli kliring banklari kabilar o‘z mijozlariga keng 
ko‘lamda kotirovkalarini taklif etadi.
Valyuta bozorida kam uchraydigan valyuta bilan bog‘liq 
operatsiyalarni tijorat banklarida diling bo‘limini o‘zi emas, balki 
qo‘shimcha bo‘limlar amalga oshiradilar. Kam uchraydigan 
valyutalar, asosan, valyuta bozori rivojlanmagan mamlakatlarda 
yoki chet el valyutasi bilan bog‘liq operatsiyalarga ma’lum bir 
cheklovlar qo‘yilgan mamlakatlarda uchraydi. Albatta, bunday 
cheklovlar mamlakat hududiga valyuta kirib kelishiga emas, balki 
ko‘proq chiqib ketishiga joriy qilinishi keng qo‘llaniladi. Agar, 
banklar 
ushbu 
(kam 
qo‘llaniladigan) 
valyutalar 
bo‘yicha 
mijozlarning talablarini bajara olmasa, ular o‘zlarining filiallari yoki 
boshqa valyutalarda pul qabul qilish yoki to‘lovni amalga oshirish 
maqsadida vakillik banklardan foydalanadilar. 
Valyuta bozorlarini quyidagi belgilarga muvofiq tasniflash 
mumkin: 
1) yoyilish ko‘lamiga qarab: xalqaro va milliy valyuta 
bozorlari; 
2) valyutaviy cheklovlarga nisbatan: erkin va erkin bo‘lmagan 
valyuta bozorlari; 
3) valyuta kurslari turiga ko‘ra: bir rejimli va turli rejimli 
valyuta bozorlari; 
4) tashkiliy darajasiga ko‘ra: birja va birjadan tashqari valyuta 
bozori. 
Xalqaro valyuta bozorlari dunyoning barcha davlatlari valyuta 
bozorlarini qamrab olib, pul oqimlari, tovar va xizmatlar harakatini, 
kapitalning qayta taqsimlanishini, xalqaro to‘lov aylanmasida keng 
foydalaniladigan valyutalar bilan operatsiyalarni ta’minlaydi.
Milliy valyuta bozori – bu, birinchidan, bir davlatning valyuta 
bozori, ya’ni ushbu davlat hududida amal qiladi; ikkinchidan, 
mazkur 
davlat 
hududida 
joylashgan 
banklar 
tomonidan 
mijozlariga xorijiy valyutada xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amalga 
oshiriladigan operatsiyalar majmuidan iborat bo‘ladi. 
Milliy valyuta bozorlari mamlakat ichkarisida pul oqimlarining 
harakatini ta’minlaydi va jahon moliya bozorlari bilan aloqalarga 
xizmat qiladi. 
733 
loyihalarni amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi, “Eksport mahsuloti ishlab chiqaruvchilarni 
rag‘batlantirish 
borasidagi 
qo‘shimcha 
chora-tadbirlar 
to‘g‘risida”gi, “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini 
rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlarini 
kiritish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining asosiy 
tamoyillari quyidagilardan iborat: 

barcha davlatlar, chet el yuridik va jismoniy shaxslari, 
xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik o‘zaro manfaatliligi; 

tomonlarning tengligi; 

tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha sheriklarning ichki 
ishlariga aralashmaslik; 

xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan bitimlar 
bo‘yicha qabul qilingan majburiyatlarni halol va aniq bajarish 
prinsiplari; 

hamma tomonidan e’tirof etilgan boshqa xalqaro 
normalar, qoidalar va shartlarga rioya etish. 
O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatning 
obyektlari bo‘lib, hamma turdagi resurslar, xalq xo‘jaligining 
barcha tarmoqlari va sohalarida yaratiladigan tovarlar hamda 
ko‘rsatiladigan 
xizmat, 
qimmatbaho 
qog‘ozlar, 
fan-texnika 
mahsulotlari, intellektual va boshqa boyliklar hisoblanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan tashqi iqtisodiy 
faoliyatda 
foydalanish 
man 
etiladigan 
obyektlar 
bundan 
mustasnodir. 
Mulkchilikning 
shakllaridan 
qat’iy nazar, 
O‘zbekiston 
Respublikasida tashqi iqtisodiy aloqalarning ishtirokchilari sifatida 
ro‘yxatga olinib, respublika hududida yoki uning tashqarisida ish 
olib borayotgan yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan ajnabiy 
yuridik va jismoniy shaxslar, xalqaro tashkilotlar O‘zbekiston 
Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining subyektlari bo‘lishi 
mumkin. 
Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari: 


732 

O‘zbekiston 
Respublikasi 
hududidan 
tashqarida 
respublikaning, uning yuridik shaxslari va fuqarolarining iqtisodiy 
manfaatlarini himoya qilish; 

respublika hududida chet ellik investorlar faoliyati uchun 
huquqiy kafolatlarni belgilash; 

O‘zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro iqtisodiy 
tashkilotlar va birlashmalarda vakillik qilish; 

O‘zbekiston 
Respublikasi 
Konstitutsiyasidan 
kelib 
chiqadigan boshqa vakolatlar kiradi. 
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi asosiy vazifalar sifatida 
quyidagilar belgilangan: 

birinchidan, 
tashqi 
iqtisodiy 
faoliyatni 
yanada 
erkinlashtirish borasida aniq maqsadni ko‘zlab o‘tkazish, tovarlarni 
eksport 
va 
import 
qilishda 
xorijiy 
sarmoyadorlar 
o‘z 
daromadlaridan erkin foydalanishlarida birmuncha imtiyozli tartibni 
joriy etish; 

ikkinchidan, xorijiy sarmoyadorlarni, asosan bevosita 
kapital mablag‘lar tarzidagi sarmoyalarni respublika iqtisodiyotiga 
keng jalb etish uchun huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa shart-
sharoitlarni yanada takomillashtirish; 

uchinchidan, 
O‘zbekistonga 
jahon 
darajasidagi 
texnologiyalarni olib keladigan, xalq xo‘jaligining zamonaviy 
strukturasini 
vujudga 
keltirishda 
yordam 
beradigan 
sarmoyadorlarga nisbatan ochiq eshiklar siyosatini o‘tkazish; 

to‘rtinchidan, mablag‘larni eng ustuvor sohalarga – 
respublika mustaqillgini ta’minlaydigan agrar sektorni, yoqilg‘i-
energetika kompleksini hamda boshqa bazaviy tarmoqlarni 
rivojlantirishga qodir, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni 
o‘zlashtirishga sarflash. 
Mazkur ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsadida 
mamlakatimizda tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy asoslari 
yaratildi. Bular jumlasiga, O‘zbekiston Respublikasining “Tashqi 
iqtisodiy 
faoliyat 
to‘g‘risida”gi, “Valyutani 
tartibga 
solish 
to‘g‘risida”gi, “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi, “Chet ellik 
investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish 
choralari to‘g‘risida”gi, “Boj tarifi to‘g‘risida”gi, “Eksport nazorati 
to‘g‘risida”gi qonunlarni hamda “Chet el investitsiyalari bilan 
725 
Valyutaning 
konvertirlanishi 
umuman 
ta’minlanmagan 
sharoitda milliy valyuta bozori samarali faoliyat ko‘rsata olmaydi. 
Konvertirlikka ega bo‘lmagan pul birligi faqatgina davlatlararo 
munosabatlarda shartli hisob-kitob vositasi sifatida foydalanilishi 
mumkin. Bunday sharoitda “qora” bozorda “xufyona” kurs, ya’ni 
xorijiy valyutaning rasmiy konvertirlik bo‘lmagan sharoitdagi bozor 
bahosi shakllanishi mumkin. 
Erkin valyuta bozori hech qanday valyutaviy cheklovlarsiz 
amal qilgani holda, erkin bo‘lmagan valyuta bozorida valyutaviy 
cheklovlar mavjud bo‘ladi. 
Bir rejimli valyuta bozori – bu valyuta kursining erkin suzish 
rejimi amal qiladigan bozor bo‘lib, undagi kotirovkalar birja 
savdolarida talab va taklif asosida o‘rnatiladi. Bunday valyuta 
bozori uzoq yillar mobaynida barqaror iqtisodiy rivojlanishning 
ta’minlanishi, shuningdek, valyutani tartibga solish va valyutaviy 
nazoratning bozor mexanizmiga xos shakllarini qo‘llanishi uchun 
etarlicha shart-sharoit yaratilgan davlatlarda shakllanadi. 
Turli rejimli valyuta bozori – bu ko‘p pog‘onali valyuta kurslari 
rejimiga ega bo‘lgan bozordir. Ushbu valyuta bozori davlatning 
kapital harakatini tartibga solishga qaratilgan maqsadlariga xizmat 
qiladi va ssuda kapitali bozorining mamlakat iqtisodiyotiga 
nisbatan ta’sirini cheklash va nazorat qilishga imkon beradi. 
Birja valyuta bozori – valyuta birjalari ko‘rinishida namoyon 
bo‘ladigan tashkiliy bozordir. Valyuta birjasi – bu valyuta va xorijiy 
valyutadagi qimmatli qog‘ozlar savdolarini tashkil qiluvchi 
tashkilotdir. U tijorat tashkiloti emas, ya’ni uning faoliyati yuqori 
foyda olishga qaratilmagan.
Birjadan tashqari valyuta bozori mohiyatiga ko‘ra banklararo 
valyuta bozori bo‘lib, uning tashkilotchilari dilerlar hisoblanadi. 
Birjadan tashqari valyuta bozorida quyidagi operatsiyalar amalga 
oshiriladi: 

xorijiy valyutalarni sotib olish va sotish operatsiyalari; 

naqd xorijiy valyutalar bilan amalga oshiriladigan valyuta-
almashuv operatsiyalari; 

forvard operatsiyalari; 

valyuta optsionlari bilan amalga oshiriladigan valyuta 
operatsiyalari. 


726 
Mazkur bozorda valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga 
oshirish uchun vakolatli banklar o‘z resurslari va jalb qilingan 
valyuta mablag‘laridan foydalanishlari mumkin. 
Valyuta bozorlaridagi operatsiyalarning asosi bo‘lib, tashqi 
savdo bo‘yicha xalqaro hisob-kitoblar, xalqaro turizm, kapitallar va 
kreditlarning davlatlararo harakati hamda chet el valyutasini oldi-
sotdi qilish bilan bog‘liq boshqa hisob-kitob operatsiyalari 
hisoblanadi.
Valyuta operatsiyalari vujudga kelishi uchun obyektiv asos 
bo‘lib, tashqi savdo, kapitallar va kreditlarning harakati xizmat 
qiladi. Xalqaro mehnat taqsimoti yuzaga kelishi eksport-import 
operatsiyalarining yuzaga kelishiga asosiy sabab bo‘ladi. 
Valyuta operatsiyalarining keng ko‘lamda rivojlanishi tijorat 
banklariga ushbu bozorda erkin harakat qilishga va ayni vaqtda 
ularni tartibga solishga imkoniyat tug‘diradi. 
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, milliy iqtisodiyotni faqat 
shu mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlar bilan barcha 
ehtiyojlarni qondirib bo‘lmaydi. Demak, mamlakatlar o‘rtasida 
eksport-import operatsiyalari albatta amalga oshishi yuz beradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, valyuta bozorlarining 
ahamiyati milliy iqtisodiyotning jahon iqtisodiyotiga yanada 
integratsiyalashuviga xizmat qilishida namoyon bo‘ladi. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin