742
–
Sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiyalash loyihasi
(Salomatlik-3);
–
Elektr energiyasidan foydalanishni nazorat qilish va
hisoblashning avtomatlashgan tizimini joriy etish loyihasi;
–
Olot va Qorako‘l tumanlarida suv ta’minotini yaxshilash
loyihasi va boshq.
Mamlakatimizning Osiyo Taraqqiyot Banki bilan o‘zaro
hamkorlik aloqalari yetarli darajada faol rivojlanib bormoqda.
O‘zbekiston Respublikasi 1995-yilda Osiyo taraqqiyot bankiga
(OTB) a’zo bo‘lgan.
O‘zbekistonda OTB bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan
dastur va loyihalar 4 ta muhim sohalarga yo‘naltirilgan. Bular:
–
qishloq xo‘jaligi;
–
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;
–
transport va bojxona tranziti sohalarida mintaqaviy
hamkorlik;
–
bolalikni himoya qilish va boshlang‘ich ta’limni egallashga
qaratilgan ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish.
O‘zbekistonda Osiyo Taraqqiyot Banki bilan amalga
oshirilgan dasturlar va loyihalar xususan qishloq xo‘jaligi, xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish, irrigatsiya, suv resurslarini boshqarish,
transport va bojxona tranziti hamda bolalikni muhofaza qilishga
yo‘naltirilgan ijtimoiy xizmat ko‘rsatish turlari va boshlang‘ich
ta’limni yaxshilash kabi sohalarni qamrab olgan.
O‘zbekiston 1992-yildan Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot
banki a’zosi hisoblanadi. ETTB O‘zbekistonda xususiy sektorni
rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashni amalga oshiruvchi eng yirik
investorlardan biri hisoblanadi.
ETTB O‘zbekistonda o‘z faoliyati ettita yo‘nalishini belgiladi.
Bular quyidagi sohalarni rivojlantirishga qaratiladi:
–
moliya sektori va bank infratuzilmasi;
–
kichik va o‘rta korxonalar;
–
bozor infratuzilmasi;
–
energetika majmuasi;
–
paxtani qayta ishlash va yengil sanoatning boshqa
tarmoqlari;
–
sayyohlik infratuzilmasi;
747
hamkorlikda ishlab chiqadigan hamda quyidagilarni o‘z ichiga oluvchi
loyihaviy hujjat: 1) mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‘tgan yilgi
asosiy yakunlari va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish joriy yilgi
yakunlarining prognoz (bashoratli) bahosi; 2) o‘tgan yilgi Davlat byudjeti
ijrosi to‘g‘risidagi hisobot va joriy yilgi Davlat byudjetining kutilayotgan ijrosi
bahosi; 3) kelgusi yilga mo‘ljallangan Davlat byudjeti loyihasini tuzishda
asos bo‘lgan kelgusi yil uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar; 4)
mamlkat byudjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy yo‘nalishlari
loyihasi; 5) mamlakat byudjet va soliq siyosatining kelgusi yilgi asosiy
yo‘nalishlariga sharhlar; 6) davlat tashqi va ichki qarzlari hamda ular
bo‘yicha xarajatlar holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 7) kelgusi moliya yiliga
mo‘ljallangan Davlat byudjeti loyihasi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi yuqoridagilarni o‘z ichiga oluvchi byudjetnoma loyihasini har yilning
birinchi oktyabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga
taqdim etishi lozim. Shuningdek, byudjetnoma O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan joriy yilning birinchi noyabridan kechiktirilmasdan
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: