748
tizimning bo‘g‘inlari o‘rtasida yalpi ijtimoiy mahsulot va milliy daromad
qiymatining markazlashtirilgan tarzda taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi.
Byudjetiy tartibga solish
– hududlarning sotsial va iqtisodiy
rivojlanishiga yo‘naltiriladigan va hududiy byudjetlarni minimal zaruriy
darajadagi daromadlar bilan ta’minlash maqsadida mablag‘larni qayta
taqsimlash.
Byudjet ssudasi
– yuqori byudjetdan quyi byudjetga yoxud
respublika byudjetidan rezident-yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga
qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag‘.
Byudjet subventsiyasi
– qonun hujjatlarida nazarta tutilgan tartibda
muayyan maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori byudjetdan quyi
byudjetga qaytarmaslik sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari.
Byudjet so‘rovi
– byudjet tasnifi bo‘yicha tushumlarni shakllantirish
va
byudjetdan
mablag‘
ajratish
to‘g‘risidagi
so‘rov.
O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda kelgusi moliya yiliga: 1)
tegishli hududlar va davlat maqsadli fondlari byudjetlari loyihalarini
tayyorlash uchun – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga,
viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga, davlat maqsadli fondlarini
taqsimlovchi organlarga; 2) byudjetdan ajratiladigan mablag‘larni olishga
buyurtmalar tuzish uchun - respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan
byudjet mablag‘larini oluvchilarga byudjet so‘rovini yuboradi.
Dostları ilə paylaş: