G Grant – innovatsion
xarakterdagi
ishlarni
maqsadli-imtiyozli
moliyalashtirish. Soliqqa tortish maqsadlari uchun “grant” atamasi
ishlatilganda xorijiy xayriya tashkilot (fond)lari tomonidan korxona va
tashkilotlarga pul yoki natural shaklda ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik
ishlarini, o‘qitish, davolash va boshqa shunga o‘xshash maqsadlarni
amalga oshirish uchun ulardan foydalanilganligi to‘g‘risida hisobot berish
sharti bilan beriladigan mablag‘lar tushuniladi.
Gerb solig‘i – turli xildagi tadbirkorlik bitimlari, kompaniyalarni qayd
etish yoki uning aksionerlik kapitalini oshirish, ijara to‘g‘risidagi shartnoma
va boshqalarni rasmiylashtiruvchi hujjatlar uchun soliq.
D Davlat byudjeti – davlat pul mablag‘larining (shu jumladan davlat
maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining) markazlash-tirilgan fondi, unda
daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili
mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari
va miqdori nazarda tutiladi. Qonun kuchiga ega bo‘lgan davlatning asosiy
moliyaviy rejasi. Davlat hokimiyatining qonunchilik organi tomonidan
tasdiqlanadi. Davlat pul mablag‘lari markazlashtirilgan fondini shakllantirish
va foydalanish jarayonidagi iqtisodiy (pul) munosabatlar(i)ni ifodalaydi.
Milliy daromadni qayta taqsimlashning asosiy quroli. Asosiy funksiyalari 1)
mamlakatning yalpi ichki mahsuloti va milliy daromadini taqsimlash; 2)
iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va rag‘batlantirish; 3)
davlatning sotsial siyosatini moliyaviy jihatdan ta’minlash; 4) pul
mablag‘larining shakllantirilishi va ulardan foydalanish ustidan nazoratni
amalga oshirish.
Davlat byudjeti tuzilmasi – respublika byudjetini, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi byudjetini va mahalliy byudjetlarni o‘z ichiga oladi. Davlat
byudjeti
tarkibida
davlat
maqsadli
jamg‘armalari
jamlanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog‘iston Respublikasining
Respublika
byudjetini
hamda
tumanlar
va
respublikaga
(Qoraqalpog‘istonga) bo‘ysunuvchi shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga olsa,
viloyat byudjeti esa viloyat byudjetini, tumanlar va viloyat bo‘ysunuvidagi
shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi. O‘z navbatida, tumanlarga
bo‘linadigan shaharning byudjeti shahar byudjetini va shahar tarkibiga
kiruvchi tumanlar byudjetlaridan iboratdir. Tumanga bo‘ysunadigan
shaharlari bo‘lgan tumanning byudjeti tuman byudjetini va tuman
bo‘ysunuvidagi shaharlar byudjetlarini o‘z ichiga oladi.