Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirish – davlat tomonidan
xorijdan va ichki mablag‘ni jalb qilish, respublika byudjeti mablag‘larining
moliya yili boshlanishidagi qoldiqlari va qonunga muvofiq boshqa manbalar
hisobidan moliyalashtiriladi.
Davlat byudjeti mablag‘larini byudjetlar o‘rtasida qayta taqsimlash – 1) quyi byudjetlarga yuqori byudjetlardan byudjet
subventsiyalari va dotatsiyalari berish; 2) byudjet ijrosi jarayonida paydo
bo‘lgan o‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha mablag‘larni yuqori byudjetdan quyi
byudjetga, shuningdek, quyi byudjetdan yuqori byudjetga yo‘naltirish; 3)
byudjet ssudalarini ajratish bilan qayta taqsimlanadi. Respublika
byudjetidan byudjet subventsiyalari va dotatsiyalari Qoraqalpog‘iston
Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetlariga
tasdiqlangan Davlat byudjeti doirasida ajratiladi. Qoraqalpog‘iston
Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetlaridan byudjet
subventsiyalari va dotatsiyalari tumanlar hamda shaharlar byudjetlariga
tegishli
tasdiqlangan
byudjetlar
doirasida
ajratilishi
mumkin.
767
ko‘rinishlari bozori. Birlamchi moliyaviy bozorda yangi qimmatli qog‘ozlar
chiqariladi, ikkilamchi moliyaviy bozorda esa, oldin chiqarilgan qimmatli
qog‘ozlarning qayta sotilishi sodir etiladi.
Moliyaviy nazorat - moliyaviy boshqaruv tizimining elementlaridan
biri, barcha iqtisodiy subyektlarning (davlat, hududiy-ma’muriy bo‘linmalar,
korxona va tashkilotlar) moliyaviy faoliyati moliyaviy-xo‘jalik qonunchiligiga
rioya etilishi, amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqli,
moliyaviy-xo‘jalik operatsiyalarining iqtisodiy samaradorligi ustidan amalga
oshiriladigan qiymatiy nazoratning alohida sohasi.