Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Davlat byudjeti daromadlari



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə291/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Davlat byudjeti daromadlari
– davlat byudjetiga jalb qilinadigan 
soliqli va nosoliqli mablag‘lar; amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda 


754 
davlat hokimiyat organlari va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari 
ixtiyoriga kelib tushuvchi pul mablag‘lari. O‘z tarkibiga quyidagilarni oladi: 1) 
qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, yig‘imlar, bojlar, shuningdek 
majburiy to‘lovlar hamda soliq bo‘lmagan boshqa tushumlar; 2) davlatning 
moliyaviy aktivlari va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga 
berilishi va sotishga berilishidan olingan daromadlar; 3) qonun hujjatlariga 
muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul 
mablag‘lari; 4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek xorijiy 
davlatlardan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 5) rezident-yuridik 
shaxslarga va xorijiy davlatlarga berilgan byudjet ssudalarini qaytarish 
hisobiga tushadigan to‘lovlar; 6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa 
daromadlar. 
Davlat byudjeti xarajatlari
– davlat pul mablag‘lari fondini 
taqsimlash bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar; davlat va mahalliy 
o‘z-o‘zini boshqarish organlari funksiyalari va vazifalarini moliyaviy jihatdan 
ta’minlashga yo‘naltiriladigan pul mablag‘lari. Tarkibi quyidagilardan iborat: 
1) byudjet mablag‘lari oluvchilarning joriy xarajatlari; 2) joriy byudjet 
transfertlari; 3) kapital xarajatlar (asosiy fondlar va vositalarni davlat 
ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarish, xorijiy mamlakatlarda 
davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olish, davlat ehtiyojlari 
uchun erga bo‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olish, davlat 
zaxiralarini vujudga keltirish va boshqalar); 4) kapital xarajatlarni qoplash 
uchun yuridik shaxslarga beriladigan byudjet transfertlari; 5) rezident yuridik 
shaxslarga va xorijiy davlatlarga beriladigan byudjet ssudalari; 6) davlat 
maqsadli fondlariga beriladigan byudjet ssudalari va dotatsiyalari; 7) davlat 
qarzini qaytarish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha to‘lovlar; 8) qonun 
hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   287   288   289   290   291   292   293   294   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin