Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə299/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Maxsus bojxona bojlari
– bojxona bojlarining ko‘rinishlaridan biri 
bo‘lib, agar mamlakatga olib kirilayotgan mahsulotlar shunga o‘xshash 
mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi mamlakatning o‘zidagilarga zarar 
yetkazadigan bo‘lsa, himoya vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Boshqa 
mamlakatlarning diskriminatsion harakatlariga nisbatan javob tariqasida 
ham qo‘llanilishi mumkin. 
Maqsadli soliq imtiyozlari
– xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan 
davlatning maqsadli ijtimoiy, iqtisodiy, investitsion va boshqa dasturlarining 
bajarilganligi uchun soliqqa tortish hajmining pasaytirilishi. Investitsion soliq 
kreditidan farqli ravishda o‘zaro manfaatdorlik (o‘zaro foydalilik) asosida 
mintaqaviy byudjetga borib tushuvchi soliq summalari doirasida ijroiya 
hokimiyati organlari tomonidan har qanday korxonaga berilishi mumkin. 
Maqsadli ajratmalar
– nobyudjet fondlarning daromadlar qismini 
shakllantiradi. Bu ajratmalarning manbai ishlab chiqarilgan (yaratilgan) yalpi 
ichki mahsulot bo‘lib, uning hisobidan birlamchi daromadlarni shakllantirish 


764 
soliq)ning summasi asos raqamlari va mahalliy hokimiyat organlari 
tomonidan belgilanadigan koeffitsiyent asosida hisoblanadi. Bunda uning 
summasi korxonada yangidan yaratilgan mahsulotning ma’lum bir foizidan 
(masalan, 5%) oshmasligi lozim. 
Kvotativ soliqlar
– daromad yoki mulk qiymatining puldagi ifodasiga 
nisbatan foizlarda o‘rnatiladigan soliqlar. 
Kontingentlashtirilgan soliqlar
– umumiy summasi oldindan 
o‘rnatiladigan va so‘ng ma’muriy birliklardan tortib to alohida soliq 
to‘lovchilar o‘rtasida taqsimlanadigan soliqlar. 

Lizing
– moliya-kredit munosabatlarining shakllaridan biri bo‘lib, 
korxonalar tomonidan mashina, asbob-uskuna va shunga o‘xshashlarni 
uzoq muddatli ijaraga olinishini anglatadi. Lizingda uning obyektlari odatda 
(lekin majburiy tartibda emas) ijaraga beruvchi korxonaning balansidan 
ijaraga oluvchi korxonaning balansiga pirovardida o‘tkaziladi. Bu tartibdagi 
bitimlar ijarachi korxona uchun foydali hisoblanib, ular moliyaviy zarar 
ko‘rmaydilar va, odatda, soliq va amortizatsiya imtiyozlariga ega bo‘ladilar. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin