Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


Mahalliy soliqlar va yig‘imlar



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə298/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Mahalliy soliqlar va yig‘imlar
– mahalliy byudjetlarga olinadigan 
jismoniy va yuridik shaxslarning majburiy to‘lovlari. Ularning tarkibiga 
quyidagilar kiradi: mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, reklama solig‘i, avtotransport 
vositalarini olib sotganlik uchun soliq, savdo-sotiq qilish huquqi uchun 
yig‘im, shu jumladan, ayrim turdagi tovarlarni sotish huquqini beruvchi 
litsenziya yig‘imlari, yuridik shaxslarni, shuningdek, tadbirkorlik faoliyati 
bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni ro‘yxatga olganlik uchun yig‘im, 
avtotransport to‘xtash joyidan foydalanganlik uchun yig‘im, obodonchilik 
ishlari uchun yig‘im va boshqalar. 
Mahsulot tannarxi tarkibiga kiritiladigan mahsulotni ishlab 
chiqarish va sotish xarajatlari
– maxsus Nizom asosida belgilanib, uning 
tarkibiga mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq 
bo‘lgan xarajatlar, tabiiy xom ashyo, er, o‘rmon, suv resurslaridan 
foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, ishlab chiqarishni tayyorlash va 
o‘zlashtirish xarajatlari, texnologik jarayonlarni takomillashtirish va mahsulot 
sifatini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan nokapital xarakterdagi xarajatlar
tajriba-eksperimental va ixtiro xarajatlari, ishlab chiqarish jarayoniga xizmat 
ko‘rsatish xarajatlari kabilar kiradi. 
Mahsulotning boj qiymati
– mahsulot chegaradan o‘tayotgan 
paytda uning egasi tomonidan e’lon qilinadigan qiymat. Uning to‘g‘riligini 
aniqlash ustidan nazorat mahsulotlarni rasmiylashtiruvchi bojxona organlari 
tomonidan amalga oshiriladi. Mahsulotlarning boj qiymatini aniqlashda turli 
metodlardan foydalaniladi: a) kiritilayotgan mahsulotlarning bitim bahosi 
bo‘yicha (eng ko‘p qo‘llaniladigan metod); b) turdosh (bir turdagi, bir xildagi) 
mahsulotlar bitim bahosiga ko‘ra; v) qiymatni hisoblash metodi bo‘yicha; g) 
qiymatlarni qo‘shish yo‘li bilan; d) rezerv metodi bo‘yicha. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   294   295   296   297   298   299   300   301   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin