Litsenziya – u yoki bu mahsulotni tayyorlash, xo‘jalik ishlab chiqarish
va ilmiy faoliyatning turini amalga oshirish, mahsulotning ma’lum bir turi va
miqdorini eksport yoki import qilish, olish kirish, olib chiqish yoki o‘tkazib
ketishga davlat yoki mahalliy boshqaruv organlarining rasmiy ruxsati
(roziligi). Savdo qilish huquqi yoki lotereya va mahalliy auktsionlarni
o‘tkazish uchun litsenziya uch nusxada rasmiylashtiriladi. Birinchi nusxa
ijarachiga (o‘tkazuvchiga, shug‘ullanuvchiga) beriladi, ikkinchisi tuman soliq
inspektsiyasiga yo‘llanadi, uchinchi nusxa esa tegishli qaror, xat va unga
ilova qilingan hujjatlar bilan birgalikda tuman yoki shahar ma’muriyatining
ish jildida saqlanadi. Litsenziya olish uchun murojaat etayotgan jismoniy
shaxslar tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega ekanliklari
to‘g‘risida guvohnomaga ega bo‘lishlari shart.
London klubi - o‘z hukumatlarining kafolatlarisiz SSSRga ssuda
taqdim etgan 600 yirik g‘arb bank-kreditorlarning birlashmasi. 1996 yilda
Rossiya va London klubi o‘rtasida kelishuvga erishilgan bo‘lib, unga
muvofiq 32 mlrd. AQSh dollari miqdoridagi Rossiyaning tashqi qarzi
(shundan, 25 mlrd. AQSh dollari – asosiy qarz, 7 mlrd. AQSh dollari esa –
asosiy
qarz
bo‘yicha
to‘lanmagan
foizlar)
muddatidan
oldin
restrukturizatsiya qilingan va unga ko‘ra, bu qarz navbatdagi 25 yilga qayta
rasmiylashtirilgan va 5 yillik imtiyozli davr taqdim etilgan edi.
M Mahalliy byudjet – Davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar
pul mablag‘lari fondini tashkil etuvchi bir qismi bo‘lib, unda daromadlar
manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida
757
Davlat valyuta monopoliyasi – valyuta boyliklari (valyutaviy
boyliklar) bilan operatsiyalarni amalga oshirish yoki operatsiyalarni amalga
oshirishni ma’lum organlar, korxonalar, firmalar zimmasiga o‘tkazishga
ruxsat berish, valyutaviy mablag‘lardan foydalanish tartibini belgilash
bo‘yicha davlatning tanho huquqi. Valyuta operatsiyalarini reglamentatsiya
(tartibga solib turish) qilishni, valyutaviy mablag‘lardan foydalanish ustidan
nazoratni amalga oshirishni va ularning qo‘llanilish samaradorligini oshirish
bo‘yicha choralar ko‘rishni taqoza etadi.