Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə285/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Aksizosti mahsulotlar
– ularga nisbatan aksizlar o‘rnatilgan 
(belgilangan) mahsulotlar. (Qarang: 
Aksizlar
). 
Advalor soliq
- mahsulot qiymatiga nisbatan qat’iy foiz stavkasida 
o‘rnatilgan to‘lov. Inflyatsiya sharoitida o‘zining funksiyalarini avtomatik 
ravishda saqlab qoladi. Bu soliqning tarkibiga savdo soliqlari, importga 
nisbatan ko‘pgina bojlar va boshqalar kiritilishi mumkin. Mahsulotlarni 
(jumladan, import mahsulotlarini ham), jismoniy va yuridik shaxslarning 
mulklarini soliqqa tortishda qo‘llaniladi.
Asosiy fondlarni realizatsiya qilishdan olingan foyda
– hukumat 
tomonidan belgilangan tartibda hisoblangan, inflyatsiya indeksiga oshirilgan 
(ko‘paytirilgan) asosiy fondlarning sotish bahosi va ularning dastlabki yoki 
qoldiq qiymati o‘rtasidagi farq.
Auditorlik nazorati
- auditorlik faoliyatini amalga oshirish borasida 
litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik firmasi tomonida o‘tkaziladigan mustaqil 
noidoraviy moliyaviy nazorat. Asosiy vazifasi buxgalteriya hisoboti va 
moliyaviy hisobotning haqqoniyligi, to‘liqligi va ishonchligi hamda moliyaviy 
qonunchilikka qay darajada rioya qilinganligini aniqlash (o‘rnatish)dir. 
Banklar, sug‘urta tashkilotlari, birjalar, nobyudjet va xayriya fondlari, ochiq 
tipdagi aksionerlik jamiyatlari, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar
shuningdek, prokuratura va davlat nazorat organlarining topshirig‘iga 
binoan har qanday korxona va tashkilotlar majburiy ravishda auditorlik 
nazoratidan o‘tkazilishi kerak. Auditorlik firmalari buxgalteriya hisoboti va 
soliq hisob-kitoblari, hisob ishlarini yuritish, loyihalarni moliyaviy ekspertiza 
qilish va h.k.lar bo‘yicha maslahat xizmatlarini ko‘rsatishi mumkin. Ularning 
bu xizmatlari tegishli to‘lov (haq) asosida amalga oshiriladi. 
Aholiga transfertlar
– aholiga to‘lanadigan majburiy to‘lanmalarni 
(mamlakat qonunchiligiga muvofiq ravishda o‘rnatilgan pensiyalar
stipendiyalar, nafaqalar, kompensatsion va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni) 
moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan byudjet mablag‘lari. 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   281   282   283   284   285   286   287   288   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin