Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 To‘lov balansi va uni tartibga solish yo‘llari



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə276/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

26.5. To‘lov balansi va uni tartibga solish yo‘llari
 
Mamlakat to‘lov balansining holati bugungi kunda nafaqat 
mamlakatning xalqaro operatsiyalarini aks ettiruvchi oddiy hujjat, 
balki ushbu mamlakat iqtisodiyotining ochiqlik darajasi, uning 
iqtisodiy-geografik va investitsion imkoniyatlari, oltin-valyuta 
zaxiralari va mavjud valyuta munosabatlarining qay darajada 
ekanligi hamda xalqaro raqobatbardoshligi haqida aniq xulosalar 
shakllantirish imkonini beruvchi iqtisodiy kategoriya hisoblanadi.
 
To‘lov balansi bu shunday hujjatki, unda mamlakatning 
xorijiy davlatlar bilan bo‘ladigan aloqalari natijasida yuzaga 
keladigan valyuta tushumlari va to‘lovlarining haqiqatdagi 
summasi aks ettiriladi. To‘lov balansi – ma’lum vaqt oralig‘ida 
rezidentlar va norezidentlar o‘rtasidagi barcha o‘tkazmalarning 
o‘lchovidir. 
731 
oshiriladi, mamlakatga pul oqimining kirib kelishini rag‘batlantirish 
maqsadida qimmatli qog‘ozlar egasi bo‘lgan xorijliklardan 
olinadigan soliqlarni bekor qilish kabi chora-tadbirlardan keng 
foydalaniladi.
26.7. O‘zbekistonning xalqaro moliya munosabatlariga 
 integratsiyalashuvi 
 
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin, 
o‘zining mustaqil tashqi siyosatini, shu jumladan, tashqi iqtisodiy 
siyosatini yurita boshladi. Mamlakatimiz tashqi iqtisodiy siyosati 
eng avvalo, milliy iqtisodiy manfaatlarni himoya qilgan holda 
xalqaro moliya munosabatlarida faol ishtirok etishga qaratilgan.
Respublikamizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor munosabatlarini 
shakllantirish va rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror 
o‘sishini ta’minlash, yuqori sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar 
ishlab chiqargan holda jahon bozorlarida mustahkam o‘rin 
egallash, pirovardida aholi turmush darajasini yuksaltirishga 
qaratilgan strategiya izchil amalga oshirilar ekan, bu maqsadlarga 
erishishda tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada takomillashtirishga 
alohida e’tibor berilmoqda.
Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O‘zbekiston Respublikasi 
davlat idoralarining, yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy 
davlatlar, ularning yuridik va jismoniy shaxslari, xalqaro tashkilotlar 
bilan o‘zaro foydali hamkorlik o‘rnatishga, bunday hamkorlikni 
rivojlantirishga qaratilgan jami amaliy harakatlari tushuniladi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
tashqi 
iqtisodiy 
faoliyatning 
subyekti sifatida O‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga: 

tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etishning qonun asoslarini 
belgilash; 

tashqi iqtisodiy siyosatni, shu jumladan valyuta-kredit 
siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, O‘zbekiston 
Respublikasi valyuta fondini shakllantirish va undan foydalanish; 

tashqi iqtisodiy iqtisodiy faoliyat sohasida xalqaro 
shartnomalar tuzish va ularni ijro etish; 


730 
keskin choralar qo‘llash imkoniyatlarining pasayishidan kelib 
chiqadi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, hamma 
mamlakatlarda ham import o‘rnini bosuvchi tovarlar ishlab 
chiqarish siyosati muvaffaqiyatli chiqavermaydi. 
Devalvatsiya importni cheklashi bilan, mamlakat ichida 
tovarlar ishlab chiqarish xarajatlari ortishiga, narxlarning 
ko‘tarilishiga va oqibatda, tashqi bozorlarda raqobatbardoshlik 
qobiliyatining yo‘qolishiga olib keladi. Shuning uchun, bu tadbir 
mamlakatga vaqtinchalik ustuvorlik berishi mumkin, ammo u 
to‘lov balansining defitsitini keltirib chiqaruvchi sabablarni to‘liq 
bartaraf etishga qodir emas. Kutilgan natijani olish uchun, 
devalvatsiya yetarli darajada bo‘lishi zarur. Aks holda, u valyuta 
spekulyatsiyasini kuchaytiradi va valyuta kursini qaytadan ko‘rib 
chiqishga majbur qiladi. Masalan, 1967 yil noyabr oyida funt 
sterlingni 13,4 foizga devalvatsiyasi va 1971 yil dollarning 7,89 
foizga 
devalvatsiya 
qilinishi, 
ushbu 
valyutalarga 
bo‘lgan 
spekulyativ tazyiqni yo‘q qila olmadi. Devalvatsiyani amalga 
oshirgan mamlakat, raqobatda o‘zi kutgan ustuvorlikka ega bo‘la 
olmasligi mumkin. Chunki, suzib yuruvchi kurs rejimining 
qo‘llanilishi 
to‘lov 
balansini 
muvozanatlashtirish 
imkonini 
bermasligi mumkin.
Valyuta cheklovlari. Ushbu tadbir eksport qiluvchilarning 
xorijiy valyutalardagi tushumlaridan foydalanishni cheklash, xorijiy 
valyutani import qiluvchilarga sotishni litsenziyalash orqali amalga 
oshiriladi. Shuningdek, u valyuta operatsiyalarini maxsus 
ruxsatnomaga ega bo‘lgan banklarda amalga oshirilishi hamda 
to‘lov balansidagi defitsitni kamaytirish maqsadida, kapital 
eksportini chegaralash va uning oqib kelishini rag‘batlantirish, 
tovarlar importini chegaralashga qaratilgan tadbirlar yig‘indisi 
sifatida ham e’tirof etiladi. XX asrning 70-yillari oxiri 80-yillarining 
boshlarida joriy operatsiyalar bo‘yicha yuritilayotgan siyosatning 
erkinlashuviga qaramasdan, konvertirlanadigan valyutaga ega 
bo‘lgan mamlakatlarning deyarli 90 foizida kapitallarning xalqaro 
harakatida turli xil cheklovlar mavjud bo‘lgan. EIning ko‘pchilik 
davlatlari ushbu cheklovlarni faqatgina o‘tgan asrning 90-yillariga 
kelib bekor qildi. 
Moliya va pul–kredit siyosati. To‘lov balansidagi defitsitni 
bartaraf 
etish 
maqsadida 
eksport 
qiluvchilarga 
byudjet 
subsidiyalari beriladi, protektsionistik maqsadlarda import bojlari 
727 
To‘lov balansining standart komponentlari hisobvaraqlarning 
ikki asosiy guruhi bo‘yicha ajratilishi mumkin: 
– joriy operatsiyalar hisobvarag‘i, unda tovarlar, xizmatlar, 
olingan daromadlar va joriy transfertlarni qamrab oluvchi iqtisodiy 
bitimlar hisobga olinadi; 
– kapitallar va moliyaviy instrumentlar bilan bog‘liq 
operatsiyalar hisobvarag‘i, unda kapital transfertlari, nomoliyaviy 
aktivlarni sotib olish, shuningdek, moliyaviy talablar va 
majburiyatlar bilan bog‘liq operatsiyalar hisobga olinadi. 
Iqtisodiy adabiyotlarda to‘lov balansi moddalarining uch 
asosiy analitik guruhlari ajratib ko‘rsatiladi: 
1) savdo balansi; 
2) joriy operatsiyalar balansi; 
3) umumiy to‘lov balansi yoki rasmiy hisob-kitoblar balansi. 
Joriy operatsiyalar hisobvarag‘ining muhim tarkibiy qismi – 
bu savdo balansi bo‘lib, tovarlar eksporti va importi o‘rtasidagi 
farqni ifoda etadi. Savdo balansining o‘zgarishi turlicha talqin 
qilinishi mumkin. Masalan, eksportning importdan oshishi 
mamlakat tovarlariga jahon bozorlarida talabning oshganligi bilan 
izohlanadi. Agar butun dunyo mazkur mamlakatning eksport 
tovarlarini xarid qilsa, shuningdek, uning rezidentlari mahalliy 
tovarlarni import tovarlaridan afzal bilsa, demak xulosa qilish 
mumkinki, mamlakat iqtisodiyotining holati yaxshi hisoblanadi. 
Aksincha, savdo balansining defitsiti mazkur mamlakat eksport 
tovarlarining yetarli darajada raqobatbardosh emasligi va aholi 
turmush tarzini himoya qilish uchun zaruriy choralar ko‘rish 
lozimligidan dalolat berishi mumkin. Bunday tahlil agar savdo 
balansidagi o‘zgarish haqiqatda mazkur davlat tovarlariga bo‘lgan 
talabning ortishi yoki kamayishi hisobiga yuz bersa maqsadga 
muvofiq sanaladi. Biroq savdo balansiga boshqa omillarning ta’siri 
ham sezilarli bo‘lishi mumkin. Jumladan, qulay investitsion muhit 
mamlakatga xorijiy investitsiyalar oqimini rag‘batlantirish bilan 
birga xorijdan sotib olinadigan asosiy vositalar miqdorining ham 
ortishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu holat ham savdo balansi 
defitsitini yuzaga keltiradi, lekin mamlakat iqtisodiyotiga keskin 
salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. 
Joriy operatsiyalar balansi kengroq axborotni o‘zida jamlab, 
tovar va xizmatlar harakati bilan bog‘liq aktivlar oqimini aks 
ettiradi. Joriy operatsiyalar bo‘yicha ijobiy saldo tovar, xizmat va 


728 
xadyalar harakati bo‘yicha kredit debetdan yuqoriligini anglatadi. 
Boshqacha 
aytganda, 
ijobiy 
saldo 
mamlakat 
boshqa 
mamlakatlarga nisbatan netto investor hisoblanadi. Aksincha joriy 
operatsiyalar 
bo‘yicha 
defitsit 
mamlakatning 
sof 
qarzdor 
ekanligidan dalolat beradi. 
Merkantilistlar iqtisodiy maktabining konsepsiyasiga muvofiq, 
muvozanat joriy operatsiyalar balansi atamasida aniqlangan. 
Bunda ta’kidlab o‘tilgan saldo kapitallar harakati, mamlakat oltin-
valyuta zaxiralaridagi o‘zgarishlarni hisobga olmagan. Shunday 
qilib, merkantilist maktabi namoyondalari fikricha, iqtisodiy 
siyosatning maqsadi joriy operatsiyalar hisobvarag‘i bo‘yicha 
ijobiy saldoni maksimallashtirish va shuning asosida, mamlakatda 
oltinning jamlanishiga erishishdan iborat bo‘ladi. 
Joriy operatsiyalar balansi defitsitining uzoq muddatli xorijiy 
kapital hisobidan moliyalashtirilishi muvozanat mezoni sifatida 
to‘lov balansining umumiy saldosi tushunchasining paydo 
bo‘lishiga olib keldi. 
To‘lov balansining davlat tomonidan tartibga solishning 
zarurligi quyidagi sabablar bilan izohlanadi: 
Birinchidan, to‘lov balansiga muvozanatsizlik xos bo‘lib, bu 
holat yoki defitsit, yoki haddan tashqari aktiv qoldiq ko‘rinishida 
namoyon bo‘ladi. Bu nomutanosiblik valyuta kursi dinamikasiga, 
kapital oqimiga, iqtisodiyotning holatiga qattiq salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Masalan, AQSh, joriy operatsiyalaridagi defitsitni milliy 
valyuta bilan qoplash natijasida, inflyatsiyani boshqa davlatlarga 
eksport qilishga erishgan. Bu esa, xalqaro aylanmadagi dollar 
ortiqchaligini keltirib chiqardi va XX asrning 70-yillarida Bretton-
vuds tizimining izdan chiqishiga olib keldi. 
Ikkinchidan, XX asrning 30-yillarida oltin-deviz standarti joriy 
qilingandan so‘ng, to‘lov balansini muvozanatlashtirishning baho 
mexanizmi ish bermay qo‘ydi. Shu sababli ham, to‘lov balansini 
davlat tomonidan ma’lum tadbirlar orqali boshqarilishi maqsadga 
muvofiq bo‘lib qoldi. 
Uchinchidan, 
xo‘jalik 
aloqalari 
tobora 
globallashib 
borayotgan hozirgi davrda, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga 
solish tizimida to‘lov balansining roli borgan sari ortib bormoqda. 
To‘lov balansini muvozanatlashtirish vazifasi — davlatning 
barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlash, inflyatsiyani jilovlab turish 
729 
va ishsizlikni kamaytirish kabi vazifalar bilan bir qatorda e’tirof 
etilmoqda. 
To‘lov balansini muvozanatlashtirish, odatda, bir qancha 
ichki va tashqi omillarning to‘lov balansiga ta’sirini baholashni 
taqozo etadi. Aktiv balansga ega bo‘lgan davlatlar, xalqaro hisob-
kitoblarga kirishuvchi mamlakatlarda makroiqtisodiy barqarorlikni 
mavjud bo‘lishidan manfaatdor bo‘ladi.
Defitsitli to‘lov balansiga ega bo‘lgan davlatlar esa, aktiv 
balansga ega bo‘lgan o‘z hamkorlaridan import bo‘yicha 
cheklovlarni 
kamaytirish, 
mazkur 
mamlakatlarga 
kapital 
chiqarilishini rag‘batlantirish kabilarni talab qiladi. 
To‘lov balansida defitsit mavjud bo‘lgan davlatlar tomonidan, 
eksportni 
rag‘batlantirish, 
import 
qilinayotgan 
tovarlarni 
kamaytirishga, xorijiy kapitalni jalb qilishga, kapitalni olib chiqib 
ketishni chegaralashga qaratilgan quyidagi tadbirlar qo‘llaniladi:
Deflyatsion siyosat. Bu siyosat, ichki talabni kamaytirishga 
yo‘naltirilgan holda, o‘z ichiga byudjet mablag‘larini aholi 
ehtiyojlariga kamroq sarflash, baholarni va ish haqlarini muzlatish 
kabilarni qamrab oladi. Uning asosiy instrumentlaridan biri bo‘lib, 
moliyaviy va pul-kredit choralari hisoblanadi: byudjet defitsitini 
kamaytirish, Markaziy bankning hisob stavkalarini o‘zgartirishi 
(diskont siyosati); kredit cheklovlari; pul muassasining o‘sib 
borishiga chegara qo‘yish. Iqtisodiy pasayish, ishsizlikning yuqori 
ko‘rsatkichi va to‘la foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari 
sharoitida deflyatsiya siyosatini qo‘llash, ishlab chiqarish va 
bandlikning yanada pasayishiga olib keladi. Bu esa, aholining 
turmush darajasiga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatib, vaziyatni 
yumshatish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar qo‘llanilmasa, ijtimoiy 
nizolar keltirib chiqarishi mumkin. 
Devalvatsiya. Bu milliy valyuta kursining pasaytirilishidir. Bu 
tadbir milliy eksportni rag‘batlantirish va importni jilovlash bilan 
bog‘liq maqsadlarda amalga oshiriladi. Ammo, to‘lov balansini 
tartibga solishda devalvatsiyaning roli, uni o‘tkazish tartiblari va 
ularga hamkorlik qiluvchi mamlakatning umumiqtisodiy va 
moliyaviy siyosatiga bog‘liq bo‘ladi. Devalvatsiya faqatgina, 
raqobatbardosh 
tovarlarning 
eksport 
salohiyati 
va 
jahon 
bozoridagi qulay vaziyatlarning mavjudligi sharoitidagina tovarlar 
eksportini rag‘batlantirishi mumkin. Devalvatsiyaning importni 
cheklashga ta’siri esa, mamlakatning importni cheklash bo‘yicha 


752 
quyidagi turlari bo‘lishi mumkin: a) advalor stavkalar (boj undiriladigan 
mahsulotlarning boj qiymatiga nisbatan foizda o‘rnatiladi); b) maxsus 
stavkalar (boj undiriladigan mahsulotning birligiga nisbatan aniqlanadi); v) 
kombinatsiyalashtirilgan stavkalar (boj undirishning dastlabki ikki varianti 
birgalikda qo‘llaniladi). 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin