6.3. Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va
funksiyalari
Moliyaviy nazorat tizimida umumdavlat nazorat organlari,
maxsus moliyaviy nazorat organlari alohida ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkam-
langan hokimiyatni taqsimlanish prinsipi Prezident va vakolatli
hukumat organlari tomonidan ijro hokimiyati organlarining
moliyaviy faoliyatini nazorat qilishni nazarda tutadi. Bunday
nazorat, avvalambor, respublika va mahalliy byudjetlarni, davlat
maqsadli nobyudjet fondlarining loyihalarini ko‘rib chiqish va qabul
qilishda hamda ularning ijrosi haqida hisobotlarni tasdiqlashda
amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78-moddasining 8-
bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Vazirlar
Mahkamasining taqdimoti bo‘yicha mamlakat byudjetini qabul
qiladi va uning ijrosi ustidan nazorat o‘rnatadi. Xalq deputatlari
Kengashlari
ayrim
mintaqalarga
ajratiladigan
byudjet
mablag‘laridan
maqsadli
foydalanish
hamda
mahalliy
byudjetlarning ijro etilishini nazorat qiladi. Bundan tashqari,
vakolatli organlar zimmasiga ayrim tarmoqlar va sohalarda
byudjet mablag‘laridan foydalanish ustidan nazoratni amalga
oshirish yuklatilishi mumkin.
Parlament nazorati sohasidagi milliy tajriba, ushbu masalada
huquqshunos-olim va ekpertlarning nazariy qarashlari hamda xorij
tajribasini o‘rgangan holda mamlakatimizda 2016-yil 11-aprelda
davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining parlament oldidagi
mas’uliyatini
kuchaytirish,
munosabatlarni
tartibga
solish
maqsadida O‘zbekiston Respublikasining “Parlament nazorati”
to‘g‘risida O‘RQ-403-sonli Qonuni qabul qilindi.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining hamda ular
mansabdor shaxslarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitut-
siyasi va qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining va ular organlarining qarorlarini, davlat dasturlarini
ijro etish, shuningdek‚ o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalar hamda
funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyati parlament nazorati
obyekti hisoblanadi
41
.
41
O‘zbekiston Respublikasining “Parlament nazorati” to‘g‘risida O‘RQ-403-sonli Qonuni. http://www.lex.uz
154
Obyektga qarab, to‘liq, qisman, mavzuli va kompleks
taftishlar mavjud. Ular rejalashtirilgan va rejadan tashqari ham
bo‘lishi mumkin.
Taftish jarayonida axborotni qamrab olish darajasiga qarab,
barcha hujjatlar va moddiy qiymatlarni nazoratini qamrab oluvchi
to‘liq taftish hamda hujjatlarning bir qismini nazorat qilishni
qamrab oluvchi qisman taftishlarga bo‘linadi.
Tekshiruvlar o‘tkaziladigan materialning xarakteri bo‘yicha
hujjatli (hisobot hujjatlarining haqiqiyligini va
qayd etilgan
hujjatlardagi yozuvlarni tekshirish)
va haqiqiy (pul va moddiy
boyliklarning mavjudligini tekshirish) taftishlarga bo‘linadi.
Mavzuli
taftish
bir
tipdagi
korxona,
tashkilot
va
muassasalarning faoliyati bo‘yicha ma’lum bir mavzuga bag‘ishlab
o‘tkaziladiki, bu narsa ularga xos bo‘lgan tipik kamchiliklar va
buzilmalarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli
choralarning qo‘llanilishiga imkon beradi.
Kompleksli taftish tekshirilayotgan korxona, tashkilot va
muassasa faoliyatining barcha tomonlarini qamrab oladigan va
eng to‘liq bo‘lgan taftish bo‘lib, u nazorat subyektining xo‘jalik va
moliya faoliyatini, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarning
butligi va ulardan samarali foydalanish masalalari, buxgalteriya
hisobi va hisobotining holati va sifati kabi masalalarni o‘z ichiga
oladi. Kompleksli taftish natijalarining to‘liqligi va samaradorligini
ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Rejali taftish vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan reja
asosida o‘tkazilsa, rejadan tashqari taftish qonun hujjatlarini
buzilish holatlari aniqlangan, asosli shikoyatlar tushganda
huquqni muhofaza qiluvchi organlar tashabusi bilan, shuningdek‚
yuridik shaxs tugatilayotganda o‘tkaziladi.
Taftishning har qanday turini o‘tkazish uchun taftishning
maqsadi, obyekti, mavzusi va asosiy masalalari ko‘rsatilgan
dastur tuziladi.
O‘tkazilgan taftish natijalari bo‘yicha dalolatnoma tuziladi va
uning asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun
chora-tadbirlar
ishlab
chiqiladi.
Shuningdek,
aybdorlarni
javobgarlikka tortish choralari belgilanadi.
151
•
byudjet moliyaviy nazorati;
•
soliqlar bo‘yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;
•
bojxona nazorati;
•
valyuta
operatsiyalari
ustidan
amalga
oshiriladigan
moliyaviy nazorat;
•
sug‘urta faoliyati bo‘yicha moliyaviy nazorat;
•
kredit operatsiyalari bo‘yicha moliyaviy nazorat;
•
pul massasi ustida amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;
•
investitsion
faoliyat
bo‘yicha
amalga
oshiriladigan
moliyaviy nazorat;
•
va boshqalar.
Byudjet
nazorati
moliyaviy
nazoratning
eng
muhim
shakllaridan biri bo‘lib, byudjetlarni tuzish, ko‘rib chiqish va
tasdiqlash bosqichidagi vazifasi byudjetning daromad qismida
mavjud
zaxiralardan
foydalanishning
to‘liqligini
tekshirish
hisoblanadi. Shuningdek, byudjet xarajatlarini amalga oshirishda
har bir turdagi moliyalashtirishni amalga oshirishning maqsadga
muvofiqligini tekshiradi. Byudjetni ijro etish jarayonida byudjet
mablag‘larini taqsimlashning o‘z vaqtida bajarilishi, ularning
maqsadli va samarali qo‘llanilishi nazorat qilinadi.
Soliq nazorati moliyaviy nazoratning bir qismi bo‘lib, uning
asosiy maqsadi soliqqa tortishning takomillashgan tizimini tashkil
etish, soliq to‘lovchilar, banklar va boshqa soliqqa oid
munosabatlar qatnashuvchilari o‘rtasida soliq qonunchiligini
buzilishiga yo‘l qo‘ymaydigan soliq intizomini yaratishdan
iboratdir.
Bojxona nazorati qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga
rioya etilishini ta’minlash uchun bojxona organlari tomonidan
amalga oshiriladigan, shu jumladan xavfni boshqarish tizimi
qo‘llanilgan holda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuidan
iborat bo‘lib, uning asosiy vazifasi bojxona chegarasidan
o‘tayotgan tovar va transport vositalarini nazoratdan va ko‘rikdan
o‘tkazishda, ularni qonuniyligini aniqlash va tasdiqlash, bojxona
bojlari va boj to‘lovlarini o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini
ta’minlashdan iborat.
Valyuta nazorati
valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda
valyuta qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan
tashkiliy–huquqiy chora-tadbirlar tizimi bo‘lib, bunda amalga
oshirilayotgan valyuta operatsiyalarining amaldagi qonunchilikka
muvofiqligi hamda ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan
litsenziyalar va ruxsatnomalarning mavjudligi
tekshiriladi. Valyuta
152
nazoratining
maqsadi
mamlakatda
eksportdan
valyuta
tushumlarini to‘liq va o‘z vaqtida olinishini va import qilinadigan
tovarlar uchun xorijiy valyutadagi to‘lovlarning haqiqiyligini
ta’minlashdan iborat.
Sug‘urta nazorati sug‘urta operatsiyalarini amalga oshirishda
qonunchilikka rioya etilishini ta’minlashdan iborat bo‘lib, uning
maqsadi sug‘urta bozori va uning ishtirokchilarini xatti-
harakatlarini qonunchilik talablariga mos bo‘lishini ta’minlash
hamda sug‘urtalanuvchi jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini
himoya qilishdan iboratdir.
•
investitsion
faoliyat
bo‘yicha
amalga
oshiriladigan
moliyaviy nazorat;
Pul-kredit nazorati mamlakatdagi pul-kredit munosabatlarini
qonuniyligini, ya’ni bu sohada qonunchilikning buzilish holatlarini,
jumladan valyuta aktivlarini noqonuniy asosda xorijga chiqib
ketish va inflyatsiyani kuchayib ketish holatlari oldini oladi va
nazoratini ta’minlaydi. Kredit nazorati kredit beruvchi tashkilotlar
tomonidan kredit berish, uni tekshirish va kreditlarni qaytarish
vaqtida amalga oshiriladi.
Investitsiya
nazorati
investitsiyalangan
maablag‘lardan
samarali foydalanishni nazorat qilishga qaratilgan bo‘lib, asosiy
vazifalaridan biri markazlashgan investitsiyalardan foydalangan
holda investitsion loyihalarni amalga oshirish va monitoring qilish
hamda investitsion jarayonning samaradorligini oshirish uchun
mablag‘larni keng jalb qilishga shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Moliyaviy nazorat uni amalga oshirish usullari yordamida
amalga oshiriladi va amaliyotda uning quyidagi usullaridan
foydalaniladi:
•
tekshiruv;
•
tadqiq etish;
•
boshqaruv nazorati;
•
moliyaviy holat tahlili;
•
kuzatuv (monitoring);
•
taftish.
Tekshiruv subyektlarning hisobot, balans va smeta hujjatlari
asosida moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining alohida masalalari bo‘yicha
amalga oshiriladi. Natijada moliyaviy intizomning buzilish holatlari
aniqlanadi va uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha
chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.
Tadqiq
etish
korxonalar,
tashkilotlar,
muassasalar
faoliyatining o‘ziga xos tomonlarini o‘z ichiga oladi, ammo
153
tekshirishlardan farqli o‘laroq, kengroq ko‘rsatkichlar bo‘yicha
iqtisodiy tashkilotlarning moliyaviy ahvolini, ularni rivojlantirish
istiqbollarini, ishlab chiqarishni qayta tashkil etish yoki yo‘naltirish
zaruratini belgilaydi. Tadqiq etish jarayonida bajarilgan ishlar,
material, yoqilg‘i va energiyalarning sarflanish hajmlari nazorat
tarzida o‘lchanadi. Shuningdek, tadqiq etish so‘rash, kuzatish va
inspeksiya qilish hollari orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Boshqaruv nazoratida boshqarish organlari tomonidan
muayyan faoliyat turiga litsenziya olgan xo‘jalik yurituvchi
subyektlar faoliyati ustidan nazorat olib boriladi. Nazoratning
maqsadi belgilangan tartib va qoidalarga rioya etilishini nazorat
qilishdan iborat bo‘lib, ularning buzilishi litsenziyaning bekor
qilinishiga olib keladi (masalan, sug‘urta, bank, auditorlik
faoliyatida).
Moliyaviy nazorat usuli sifatida tahlil qilish tizimli va omillarga
asoslangan bo‘lishi kerak. U davriy yoki yillik hisobotga muvofiq
amalga oshiriladi. Tahlil orqali rejani bajarilish darajasi, xarajatlar
normalariga amal qilish holatlari, moliyaviy intizomga rioya etilishi
va hokazolar aniqlanadi. Moliyaviy nazoratning tahlil usuli
iqtisodiy faoliyat natijalarini, tashkilotlarning, korxonalar va
muassasalarning moliyaviy holatini baholash uchun moliyaviy va
buxgalteriya hisobotlarini batafsil o‘rganishga qaratilgan.
Kuzatuv (monitoring) bu xo‘jalik yurituvchi subyektlar
faoliyatidagi mavjud o‘zgarishlarni aniqlash uchun doimiy ravishda
olib boriladigan nazorat ishlarining tizimidir. Masalan, kredit
tashkilotlari tomonidan berilgan kreditlardan foydalanish va qarz
oluvchining moliyaviy holati doimiy ravishda kuzatiladi. Qabul
qilingan kreditlarning samarasiz ishlatilishi va to‘lov qobiliyatining
pastligi kreditlarning yanada yomonlashuviga va kreditni
muddatidan ilgari qaytarish talabiga olib kelishi mumkin.
Taftish moliyaviy nazoratning keng tarqalgan usuli bo‘lib,
korxona, tashkilot va muassasalar moliya-xo‘jalik faoliyatini o‘zaro
bog‘langan kompleks tekshiruvidan iboratdir. Taftish moliya va
soliq masalalari bo‘yicha qonunchilikka rioya qilinishi, soliq,
bojxona, boshqa organlarga, bankka va davlat statistika
organlariga taqdim etiladigan hisob-kitob va hisobotlarning
ishonchliligi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning buxgalteriya va boshqa moliya-ishlab
chiqarish hujjatlarini tekshirish uslubidir.
176
nusxalari va boshqa hujjatlarni), korxona mansabdor va mas’ul
shaxslaridan og‘zaki va yozma tushuntirishlar olish;
•
ichki
auditni
o‘tkazishga
ko‘maklashish
uchun
korxonaning tegishli mutaxassislarini jalb etish.
Nodavlat moliyaviy nazoratining bir turi mustaqil auditorlik
nazorati bo‘lib, ushbu nazorat mustaqil malakali mutaxassislar
tomonidan korxonaning moliyaviy hisobotini yoki u bilan bog‘liq
moliyaviy axborotni ushbu hisobot yoki axborotning qonun va
boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiqlik darajasi to‘g‘risida xulosa
chiqarish maqsadida tadqiq etishdan iboradir.
Auditorlik nazoratining asosiy vazifalari buxgalterlik va
moliyaviy hisobotning ishonchliligini hamda amalga oshirilgan
moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalarining amalda bo‘lgan me’yoriy
hujjatlarga muvofiqligini aniqlash, tekshirilayotgan iqtisodiy
subyektlarning to‘lov-hisobot hujjatlarini, soliq deklaratsiyalarini va
boshqa moliyaviy majburiyatlarini tekshirishdan iborat.
Auditorlik xizmatlari quyidagi boshqa xizmatlarni ham
ko‘rsatishlari mumkin
55
:
Auditorlik tashkilotlari quyidagi professional xizmatlarini
ko‘rsatishlari mumkin:
•
buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, qayta tiklash va
yuritish;
•
moliyaviy hisobotni tuzish;
•
milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro stan-
dartlariga o‘tkazish;
•
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini
tahlil qilish;
•
buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menejment
va moliya-xo‘jalik faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan
konsalting xizmati;
•
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar
va deklaratsiyalarni tuzish.
•
xo‘jalik yurituvchi subyekt taftish komissiyasining (taftish-
chisining) vazifalarini amalga oshirish.
Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy
axborot to‘g‘riligi va qonun hujjatlariga mosligini aniqlash
maqsadida xo‘jalik yurituvchi subektning moliyaviy hisobotini
55
O‘zbektiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni yangi tahrirda 2000-yil 26-may, 17-
modda. http://www.lex.uz
161
keng qo‘llash orqali byudjet daromadlarini ko‘paytirish zaxiralarini
aniqlash va safarbar qilish;
uchinchi, byudjet tizimi byudjeti va boshqa byudjetdan
tashqari
mablag‘lar hisobidan
amalga
oshirilayotgan
xarajatlarning samaradorligi va qonuniyligini auditdan o‘tkazish va
barcha darajada ularni qisqartirish bo‘yicha zaxiralarni aniqlash,
byudjet tizimi byudjetlari va davlat tomonidan jalb qilingan
mablag‘lar
hisobidan
amalga
oshirilayotgan
investitsiya
loyihalarining maqsadga muvofiqligi va asosliligini baholash;
to‘rtinchi,
soliq va
byudjet qonunchiligini
yanada
takomillashtirish
bo‘yicha
takliflarni
ishlab
chiqish,
tizimli qonunbuzarliklarning sabablari hamda o‘zini oqlagan jahon
tajribasini
o‘rganish
va
umumlashtirish
orqali
byudjetni
rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy qilish;
beshinchi, respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar
o‘rtasidagi nisbatning maqbulligini, mahalliy davlat hokimiyati
organlarining daromad bo‘yicha vakolatlari va xarajatlar bo‘yicha
majburiyatlari belgilanishining to‘g‘riligini baholash, ularning o‘zini-
o‘zi moliyaviy ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
oltinchi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘i
bo‘yicha
davlat
va hududiy
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish
dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari,
shuningdek‚ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy
mamlakatlarga davlat tashrifi davomida imzolangan kelishuv
va hujjatlarni amalga oshirishning to‘liqligi va samaradorligi
bo‘yicha nazoratni tashkil etish;
yettinchi, O‘zbekiston Respublikasining pul-kredit va valyuta
siyosati, davlat aktivlari va majburiyatlarining holati, oltin-valyuta
zaxiralarini
boshqarish,
shuningdek qimmatbaho
metall
va qimmatbaho toshlar bilan bajarilayotgan operatsiyalarni tashqi
auditdan o‘tkazish.
Hisob palatasi o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida
huquqlarga ega
45
:
•
davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, mahalliy davlat
hokimiyati organlari va boshqa organlar hamda tashkilotlardan
45
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi
faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-5147-son Farmoni. http://www.lex.uz
162
o‘zining vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha materiallar va
ma’lumotlarni so‘rab olish;
•
o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat
organlari va tashkilotlarning ma’lumotlar bazasiga kirish;
•
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy
bankdan davlat mablag‘larini bank hisob raqamlaridagi va yagona
g‘azna hisobvarag‘idagi harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rab
olish;
•
tekshirish o‘tkazish va uning natijalari bo‘yicha bajarilishi
majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
•
tekshirishlar o‘tkazish uchun o‘z vakolati doirasida davlat
organlari va ularning vakillari, nodavlat auditor xizmatlari va
alohida mutaxassislarni jalb qilish;
•
Davlat byudjeti daromadlari prognozining to‘g‘riligini
baholash, soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning
yig‘iluvchanligi to‘liqligini va soliqqa tortish obyektlarining to‘liq
hisobga olinishini ta’minlash bo‘yicha o‘tkaziladigan nazorat
tadbirlariga moliya, soliq va boshqa organlarning xodimlarini jalb
etish;
•
Hisob palatasi vakolatlari doirasiga kiruvchi masalalar
bo‘yicha tekshirilayotgan tashkilotning mansabdor shaxslaridan
yozma tushuntirishlar olish;
•
nazorat tadbirlari natijalari bo‘yicha qonun hujjatlari va
huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish, davlat
organlari va tashkilotlarning faoliyati samaradorligini oshirish,
samarasiz soliq hamda bojxona imtiyozlarini bekor qilish, soliq
ma’muriyatchiligi va soliq solinadigan bazaning to‘liq qamrab
olinganligini yaxshilashga qaratilgan soliq stavkalarini o‘zgartirish
yuzasidan takliflar kiritish;
•
o‘z vakolatlari doirasida davlat organlari va tashkilotlarga
ularning ma’lumotlar bazasidagi nomuvofiqliklarni bartaraf etish
to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
•
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq
qo‘mitasiga, shuningdek‚ mahalliy davlat hokimiyati organlariga
hududiy davlat soliq va moliya organlari rahbarlariga nisbatan
intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida taqdimnomalar
kiritish;
•
Hisob palatasi bilan oldindan kelishilib olinishi belgilangan
barcha masalalar bo‘yicha tegishli xulosalar berish.
175
bilan “Korxonalardagi ichki audit xizmati to‘g‘risida Nizom” qabul
qilingan.
Ushbu Nizomga ko‘ra ichki audit korxona boshqaruvining ijro
etuvchi organi va tarkibiy bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlariga, ta’sis hujjatlariga va ichki
hujjatlarga rioya qilinishini tekshirish va monitoring olib borish yo‘li
bilan ular ishini nazorat qilish va baholash, ma’lumotlarning
buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotda aks ettirilishining
to‘liqliligi va ishonchliligini ta’minlash, xo‘jalik operatsiyalarini
amalga
oshirishning
belgilangan
qoidalari
va
taomillari,
aktivlarning saqlanishi hamda korporativ boshqarish prinsiplari
joriy etilishi bo‘yicha korxona tarkibiy bo‘linmasining (ichki audit
xizmati) faoliyati hisoblanadi.
Quyidagilar ichki audit
xizmatining
asosiy
vazifalari
hisoblanadi:
•
kuzatuvchi kengashni ishonchli axborot bilan ta’minlash
va ichki audit amalga oshirilishi natijalari bo‘yicha korxona
faoliyatini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlash;
•
ichki audit jarayonida aniqlanadigan kamchiliklarni
bartaraf etish yuzasidan korxona boshqaruv organlariga
tavsiyalarni tezkorlik bilan kiritish, ularning bartaraf etilishini
nazorat qilish.
Ichki audit:
•
tasdiqlangan biznes-reja bajarilishini;
•
korporativ boshqarish prinsiplariga rioya qilinishini;
•
buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobning holatini;
•
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘g‘ri hisoblab chiqilishi
va to‘lanishini;
•
moliya-xo‘jalik
faoliyatini
amalga
oshirishda
qonun
hujjatlariga rioya etilishini;
•
aktivlarning holatini;
•
ichki nazoratning holatini tekshirish va ularning monitoringini
olib borishni amalga oshiradi.
Ichki audit xizmati quyidagi huquqlarga ega:
•
ichki
auditni
amalga
oshirish
davomida
paydo
bo‘ladigan masalalar bo‘yicha korxonaning hujjatlarini (rahbarning
buyruqlari,
farmoyishlari,
boshqaruv
organlari
qarorlari,
ma’lumotnomalar, hisob-kitoblar, zarur hujjatlarning tasdiqlangan
174
natijalar qiyoslab, tahlil qiladi, investitsion loyihalarning natijalariga
moliyaviy baho beradi, korxonaning moliyaviy holatini nazorat
qiladi.
Ichki moliyaviy nazorat tizimi aniq xo‘jalik yurituvchi
subyektlar hamda tashkilotlar va muassasalarning rahbarlari va
funksional tuzilmalari tomonidan amalga oshiriladigan kundalik
ish-faoliyatning ajralmas qismidir. Ushbu tizimning mohiyati
asosan korxonalar, ularning ayrim tuzilmaviy bo‘linmalari
tomonidan amalga oshiriladigan ishlab chiqarish va xo‘jalik
faoliyatini xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘z buxgalteriyasi, moliya
bo‘limi va ayrim iqtisodiy xizmatlari tomonidan tekshirishdan iborat
deb, u “ichki xo‘jalik nazorati” atamasi bilan belgilangan.
Ichki nazorat tizimi quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
•
to‘xtovsiz ishlash – ichki nazorat tizimining doimiy va
tegishli ishlashi, korxonada me’yordan og‘ishlarni o‘z vaqtida
aniqlab, ularning kelajakda kelib chiqishini oldini olishga imkon
beradi;
•
ichki nazorat tizimi barcha ishtirokchilarining hisobdorligi –
har bir shaxs tomonidan olib boriladigan nazorat funksiyalarining
ijro sifati ichki nazorat tizimining boshqa ishtirokchisi tomonidan
nazorat qilinadi;
•
xizmat
vazifalarini
taqsimlash
–
korxona
nazorat
funksiyalarini takrorlamaslikka xarakat qiladi va bu funksiyalar
ishchi-xodimlar o‘rtasida shunday taqsimlanishi kerakki, bunda
ma’lum bir aktiv, operatsiyalar hisobi, aktivlar butligini ta’minlash
va ularni sanoqdan o‘tkazish operatsiyalarini tasdiqlash bilan
bog‘liq funksiyalar aynan bir shaxsni birlashtirmasligi kerak;
•
operatsiyalarni tegishlicha ma’qullash va tasdiqlash –
korxona vakolatli shaxslarning o‘zlarining tegishli vakolatlari
doirasida
moliyaviy-xo‘jalik
operatsiyalarining
barchasini
tasdiqlash uchun tartib o‘rnatishga xarakat qiladi;
•
doimiy rivojlanish va takomillashtirish;
•
va boshqalar.
Ichki xo‘jalik nazorati tizimida ichki audit xizmati alohida o‘rin
egallaydi
.
Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-oktyabrdagi “Ustav
fondida
davlat
ulushi
bo‘lgan
korxonalarning
samarali
boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga
olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 215-son
qarori
163
Davlat moliyaviy nazorati tizimida O‘zbekiston Respublikasi
Moliya Vazirligi, Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi
va ularning
quyi
organlari
alohida
o‘rin
tutadi.
Moliya-kredit
tizimi
muassasalari tomonidan amalga oshiriladigan nazoratlarning
mazmuni va maqsadi belgilangan vakolat doirasidagi amaliy
ehtiyojlar bilan belgilanadi.
Moliya vazirligi o‘z tizimiga kiruvchi korxonalar, muassasalar
va tashkilotlar faoliyatini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki o‘zi tashkil etadigan
organlar orqali muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi.
Mamlakatimizda
moliya
organlari
faoliyatini
tubdan
takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
soliq-byudjet
siyosatiga qat’iy
rioya
etilishini
ta’minlash,
iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini hamda ijtimoiy sohani
barqaror, mutanosib va jadal rivojlantirish, mahalliy byudjetlarning
daromad bazasini mustahkamlash, byudjet mablag‘laridan
samarali foydalanishga yo‘naltirilgan vazifalari, funksiyalari, ish
shakllari va uslublarini qayta ko‘rib chiqish maqsadida quyidagilar
O‘zbekiston
Respublikasi
Moliya
vazirligi hamda
uning
bo‘linmalari faoliyatining ustuvor vazifalari hamda yo‘nalishlari etib
belgilandi
46
:
•
iqtisodiy o‘sishning barqaror yuqori sur’atlarini, iqtisodiyot
va ijtimoiy sohaning moliyaviy mutanosibligini ta’minlashda,
davlatning ijtimoiy majburiyatlarini to‘liq va o‘z vaqtida bajarishda,
yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish va mamlakatning
mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda moliya organlarining rolini
oshirishga yo‘naltirilgan yagona davlat soliq-byudjet siyosatini
amalga oshirish;
•
iqtisodiyot va aholiga soliq yukini kamaytirish, ishlab
chiqarish samaradorligini ta’minlash, mineral-xomashyo, yer-
suv hamda
boshqa
resurslar
va
uskunalardan
oqilona
foydalanishda
soliq hamda
boshqa
majburiy
to‘lovlarning
rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirish yo‘li bilan soliq tizimini izchil
takomillashtirib borish, soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini
oshirish, soliqlar hamda boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash va
to‘lash tartibini soddalashtirish, shuningdek, soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlarning to‘liq yig‘ilishini ta’minlash maqsadida
ularning stavkalarini optimallashtirish;
46
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi “Moliya organlari faoliyatini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2847-son Qarori. http://www.lex.uz
164
•
byudjetlararo
munosabatlarni
tubdan
takomil-
lashtirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va
Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining daromad bazasini
barcha choralar bilan kengaytirish, viloyatlar va tumanlarni
subvensiyadan
chiqarib,
ularning
mutanosibligi
va
o‘zini
o‘zi qoplay
olishini
ta’minlash, hududlar hokimliklari
bilan
birgalikda Qoraqalpog‘iston
Respublikasi,
viloyatlar hamda
Toshkent shahrini kompleks va intensiv rivojlantirish asosida
Davlat byudjetiga qo‘shimcha manbalar jalb etish yuzasidan
tizimli ishlarni amalga oshirish, tabiiy va iqtisodiy salohiyatdan
yanada to‘liq va samarali foydalanish, hududlar iqtisodiyotini
modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash;
•
moliyaviy resurslarni iqtisodiy taraqqiyotning eng ustuvor
yo‘nalishlariga, ijtimoiy sohani, ayniqsa qishloq joylarida, jadal
rivojlantirishga,
maqsadli
investitsiya
dasturlarini
moliyalashtirishga, belgilangan me’yorlarga muvofiq ularni real
moliyalashtirish manbalari bilan mustahkamlashga, ushbu asosda
kreditorlik va debitorlik qarzlarini kamaytirishga jamlash;
•
iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining moliyaviy barqarorligini
ta’minlash borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish, qishloq xo‘jaligini
moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning samarali usul va mexanizmlarini
joriy etish, tovarlar va xizmatlarning ayrim turlariga narx va tariflar
belgilash tartibini takomillashtirish hamda to‘lov intizomini
mustahkamlash;
•
byudjet tizimidagi byudjet mablag‘laridan maqsadli hamda
oqilona foydalanish ustidan davlat moliyaviy nazoratini amalga
oshirish, qat’iy iqtisod qilish, ishlab chiqarish va muomala
xarajatlarini
kamaytirish,
nobudgarchilik
va
talon-torojlikni,
maqsadga nomuvofiq chiqimlarni tugatish yuzasidan vazirliklar,
idoralar, xo‘jalik subyektlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari
bilan birgalikda keng qamrovli profilaktika ishlarini olib borish;
•
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa
valyuta nazorati organlari bilan birgalikda valyuta-moliya
siyosatining asosiy tamoyillari va usullarini shakllantirish,
davlatning valyuta resurslarini ko‘paytirish va ulardan samarali
foydalanish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
•
fuqarolarning
pensiya
ta’minoti
sohasida
davlat
siyosatining
asosiy
yo‘nalishlarini
ishlab
chiqish,
Moliya
vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
173
•
banklarning ichki auditi bo‘yicha talablar belgilash;
•
bank aktivlarini sifat bo‘yicha tasnif qilish va aktivlar
bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun
shunday zaxiralar tuzishni talab qilish;
•
banklarga ular faoliyatida aniqlangan tartibbuzarliklarni
bartaraf etish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma
buyruqlar, ko‘rsatmalar jo‘natish.
Davlat moliyaviy nazoratning ayrim funksiyalarini boshqa
organlar ham bajaradi. Bu, xususan, O‘zbekiston Respublikasi
Davlat mulk qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori
faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat etish markazi
53
ga taalluqli
bo‘lib, u o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi vazirlar
Mag‘kamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan
tasdiqlangan
“
O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi
huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va
rivojlantirish markazi to‘g‘risida” Nizom
54
ga asosan olib boradi.
Markaz zimmasiga barcha davlat organlari va xo‘jalik yurituvchi
subyektlar
tomonidan
qimmatli
qog‘ozlar
to‘g‘risidagi
qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish vazifasi yuklatilgan.
Dostları ilə paylaş: |