Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


 Moliyaviy nazorat turlari, shakllari va metodlari



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

6.2. Moliyaviy nazorat turlari, shakllari va metodlari 
 
Moliyaviy nazorat samaradorligi uni amalga oshirishning 
turlari, shakllari va usullari bilan ta’minlanadi. Moliyaviy nazorat 
turli mezonlar bo‘yicha shartli ravishda tasniflanishi mumkin. 
Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi subyektlarga ko‘ra 
uning quyidagi turlari mavjud: 

umumdavlat moliyaviy nazorati; 

idoraviy moliyaviy nazorat; 

xo‘jalik ichidagi moliyaviy nazorat; 

jamoatchilik moliyaviy nazorati; 

mustaqil moliyaviy nazorat. 


148 
Umumdavlat moliyaviy nazorati qonun chiqaruvchi organlar, 
ijrochi organlar (Oliy majlis, Vazirlar Mahkamasi) tomonidan 
amalga oshiriladi. Shuningdek, davlat tomonidan tashkil etilan 
maxsus vakolatli organlar (Hisob palatasi, Moliya vazirligi, Davlat 
soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi va boshqalar) tomonidan 
amalga oshiriladi. Davlat moliyaviy nazoratining asosiy maqsadi 
daromad olish va davlat mablag‘larini sarflashda davlat va jamiyat 
manfaatlarini ta’minlashdan iborat.
Ushbu nazoratning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

pul mablag‘lari va moddiy boyliklarni talon-taroj qilinishi va 
kamomadlarga yo‘l qo‘yilish holatlarini, xo‘jasizlik va boshqa 
qonun buzilishlarini, moliyaviy intizom buzilishlarini aniqlash,

ularni kelib chiqish shart-sharoiti va sabablarini o‘rganish, 
bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; 

aybdor shaxslar tomonidan yyetkazilgan zararni qoplash 
bo‘yicha choralar ko‘rish va h.k. 
Amaliyotda umumdavlat moliyaviy nazorati respublika va 
mahalliy darajada o‘tkaziladi: 

respublika darajasida – O‘zbekiston Respublikasi respub-
lika byudjetining, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlarining va 
respublika byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari 
byudjetdan tashqari jamg‘armalarining shakllantirilishi hamda ijro 
etilishi ustidan; 

mahalliy darajada – Qoraqalpog‘iston Respublikasi byud-
jetining, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarining, 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan, viloyatlar va Toshkent 
shahar mahalliy byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet 
tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg‘armalarining shakllantirilishi 
hamda ijro etilishi ustidan amalga oshiriladi. 
Idoraviy (mahkamaviy) moliyaviy nazorat vazirliklarning 
nazorat organlari va mahalliy hokimiyat organlarining bo‘limlari 
tomonidan 
ularga 
bo‘ysunuvchi 
korxona, 
tashkilot 
va 
muassasalarning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatini nazorat 
qilishga qaratilgan. 
Xo‘jalik ichidagi (ichki) moliyaviy nazorat korxonalar, 
tashkilotlar va muassasalarning moliyaviy xizmatlari, xususan 
buxgalteriya, moliya bo‘limlari, ichki audit xizmatlari tomonidan 
amalga oshiriladi. Moliyaviy nazorat obyekti bo‘lib korxona va 
157 
maromiga yetkazadi va uni Qonunchilik palatasi qayta ko‘rib 
chiqishi uchun kiritadi. Davlat byudjetining loyihasi bo‘yicha qaror 
Qonunchilik palatasi tomonidan joriy yilning 15-noyabridan 
kechiktirmay qabul qilinishi kerak. Qonunchilik palatasi tomonidan 
qabul qilingan Davlat byudjeti ko‘rib chiqish uchun Senatga 
yuboriladi. Senatga kelib tushgan Davlat byudjeti Senatning 
Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan 
dastlabki tarzda ko‘rib chiqiladi. Davlat byudjeti yuzasidan qaror 
Senat tomonidan joriy yilning 15-dekabridan kechiktirmay qabul 
qilinishi kerak. 
Qonunchilik palatasi har yili, hisobot yilidan keyingi yilning 
15-mayidan kechiktirmay o‘z majlisida Hisob palatasining 
hisobotini eshitadi. Ushbu hisobot dastlabki tarzda fraksiyalar, 
deputatlar guruhlari, shuningdek‚ Qonunchilik palatasining 
Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqiladi. 
Hisob 
palatasining 
hisobotini 
eshitish 
yakunlari 
bo‘yicha 
Qonunchilik palatasi qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan 
kundan e’tiboran o‘n kun ichida Hisob palatasiga va Senatga 
yuboriladi. Shundan Hisob palatasining hisoboti dastlabki tarzda 
Senatning Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi 
tomonidan ko‘rib chiqiladi. Hisob palatasining hisobotini eshitish 
yakunlari bo‘yicha Senat qaror qabul qiladi, qaror qabul qilingan 
kundan e’tiboran o‘n kun ichida Hisob palatasiga va Qonunchilik 
palatasiga yuboriladi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Markaziy 
banki 
boshqaruvi 
raisining Senatga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqdim 
etilgan har yilgi hisoboti Senatning navbatdagi majlisida dastlab 
Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan 
ko‘rib chiqiladi. Ushbu hisobotini eshitish yakunlari bo‘yicha Senat 
qaror qabul qiladi, qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankiga yuboriladi. 
Davlat byudjetining ijrosi ustidan Qonunchilik palatasi 
nazoratni amalga oshiradi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi tomonidan taqdim etilgan Davlat byudjeti ijrosining borishi 
to‘g‘risidagi axborotni va zarur materiallar asosida moliya yilining 
har choragidagi byudjet ijrosining borishini ko‘rib chiqadi. 
Qonunchilik palatasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan hisobot 
yilidan keyingi yilning 15 mayidan kechiktirmay Hisob palatasining 
xulosasi bilan birga taqdim etilgan Davlat byudjetining ijrosi 


156 
Moliyaviy nazorat bilan bog‘liq Parlament nazorati quyidagi 
shakllarda amalga oshiriladi: 

navbatdagi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat 
byudjetini, davlat maqsadli jamg‘armalarining byudjetlarini hamda 
soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini qabul qilish, 
shuningdek‚ Davlat byudjeti ijrosining borishini ko‘rib chiqish; 

O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari 
yuzasidan har yilgi ma’ruzasini ko‘rib chiqish; 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining mamlakat 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishining 
ayrim 
dolzarb 
masalalari 
yuzasidan hisobotini eshitish; 

Qonunchilik 
palatasi, 
Senat 
majlislarida 
hukumat 
a’zolarining o‘z faoliyatiga doir masalalar yuzasidan axborotini 
eshitish; 

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining hisobotini 
eshitish; 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi 
raisining hisobotini eshitish. 
Shu o‘rinda bevosita moliyaviy nazorat bilan bog‘liq 
Parlament nazorati shakllariga batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
 
Davlat byudjeti loyihasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy 
yilning 15-oktyabridan kechiktirmay Hisob palatasining xulosasi 
bilan birga Oliy Majlis palatalariga kiritiladi. Davlat byudjeti 
loyihasi 
fraksiyalarda, 
deputatlar 
guruhlarida, 
Qonunchilik 
palatasining qo‘mitalarida dastlabki tarzda muhokama qilinadi, 
ular Davlat byudjeti loyihasi bo‘yicha fikrlar va takliflarni ishlab 
chiqadi. Qonunchilik palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar 
qo‘mitasi fraksiyalardan, deputatlar guruhlaridan, Qonunchilik 
palatasi qo‘mitalaridan kelib tushgan fikrlar va takliflarni 
umumlashtiradi hamda Davlat byudjeti loyihasini Qonunchilik 
palatasi tomonidan ko‘rib chiqish masalasi bo‘yicha xulosa 
tayyorlaydi. Qonunchilik palatasi Davlat byudjeti loyihasini, qoida 
tariqasida, uch o‘qishda ko‘rib chiqadi. Davlat byudjeti loyihasi 
Qonunchilik 
palatasi 
tomonidan 
ko‘rib 
chiqilayotganda 

fraksiyalarning, deputatlar guruhlarining, Qonunchilik palatasi 
qo‘mitalarining kelib tushgan mulohazalari va takliflarini inobatga 
olgan holda maromiga yetkazish uchun Vazirlar Mahkamasiga 
yuborilishi mumkin. Vazirlar Mahkamasi Davlat byudjeti loyihasini 
149 
uning tarkibiy bo‘linmalari (sexlar, bo‘limlar, bo‘linmalar va 
filiallar)ning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyati hisoblanadi. 
Jamoatchilik moliyaviy nazorati ixtiyoriylik va beg‘arazlik 
asosida guruhlar, alohida shaxslar (mutaxassislar) va nodavlat 
tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. Nazorat obyekti 
tekshiruvchilarning oldilariga qo‘yilgan aniq maqsadlariga bog‘liq 
ravishda belgilanadi. 
Mamlakatimizda jamoatchilik nazorati 
«Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida»gi qonun
40
ga asosan amalga 
oshiriladi. Jamoatchilik moliyaviy nazoratining obyekti bo‘lib davlat 
moliyaviy organlari va ularning mansabdor shaxslarining o‘zlariga 
qonunchilik bilan yuklatilgan majburiyatlarni ijro etishi bilan bog‘liq 
moliyaviy 
faoliyati 
hisoblanadi. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
fuqarolari, 
fuqarolarning 
o‘zini 
o‘zi 
boshqarish 
organlari, 
shuningdek‚ qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatga 
olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari 
jamoatchilik nazorati subyektlaridir. 
Mustaqil moliyaviy nazorat maxsus organlar: auditorlik 
firmalari va boshqa xizmatlar tomonidan o‘tkaziladi. Auditorlik 
faoliyatining 
asosiy 
maqsadi 
tekshirilayotgan 
subyektning 
moliyaviy hisobotining ishonchliligi bo‘yicha xulosa berish hamda 
moliyaviy bozorga ishonchli axborot berishni ta’minlashdan iborat. 
Moliyaviy nazoratning shakllarini quyidagi mezonlar bo‘yicha 
klassifikatsiya qilinadi: 

o‘tkazish vaqti bo‘yicha

amalga oshirilish reglamenti; 

nazoratning subyektlari; 

nazoratning obyektlari. 
O‘tkazilish vaqtiga ko‘ra moliyaviy nazoratning shakllari 
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

dastlabki; 

joriy (operativ); 

navbatdagi (kelgusi, so‘nggi). 
Dastlabki moliyaviy nazorat korxonalarning moliyaviy 
rejalarini, tashkilot va muassasalarning daromad va xarajatlar 
smetalarini, byudjet loyihalari, bitim shartnomalari va boshqalarni 
tayyorlash, ko‘rib chiqish va tasdiqlash bosqichlarida amalga 
oshiriladi. Buning natijasida mehnat, moddiy va moliyaviy 
40
2018-yil 12-apreldagi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ—474 qonuni. 
http://www.lex.uz 


150 
resurslarni noto‘g‘ri, nooqilona sarflanishini va subyektlarning 
salbiy moliyaviy natijaga erishishlarini oldi olinadi.
Joriy moliyaviy nazorat subyektlarning, jumladan davlat, 
korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning moliyaviy rejalarini 
amalga oshirish jarayonida moliyaviy tartib-qoidalar buzilishining 
oldini olish maqsadida moliya va g‘aznachilik organlari, xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar, tashkilotlarning hisobchilari, moliyaviy 
xizmat bo‘limlari tomonidan doimiy ravishda o‘tkaziladi. 
Navbatdagi (keyingi) moliyaviy nazorat hisobot davri va 
moliyaviy yil yakunlanganidan keyin amalga oshiriladi. Bunda 
byudjet ijrosi, byudjet muassasalarining smeta ijrosi, shuningdek‚ 
korxonalar va tashkilotlarning moliyaviy rejalarini bajarilishi 
natijasida moliyaviy mablag‘larning sarflashishini maqsadga 
muvofiqligi tekshiriladi.
Amalga oshirilish reglamenti bo‘yicha moliyaviy nazoratning 
shakllari quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin: 

majburiy (tashqi); 

tashabbusli (ichki). 
Yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy faoliyati ustidan 
majburiy (tashqi) nazorat qonun asosida amalga oshiriladi. Bular, 
masalan, asosan tashqi, mustaqil nazoratchilar tomonidan 
amalga oshiriladigan soliq tekshiruvlariga, byudjet resurslaridan 
maqsadli 
foydalanish 
ustidan 
nazoratga, 
korxona 
va 
tashkilotlarning moliya-buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlarini 
majburiy auditorlik tasdiqlanishiga va h.k.larga tegishli bo‘lishi 
mumkin. 
Tashabbusli 
(ichki) 
moliyaviy 
nazorat 
moliyaviy 
boshqaruvning ajralmas qismi sifatida moliyaviy qonunchilikdan 
kelib chiqmasdan, subyektlarning moliyaviy siyosatini to‘g‘ri yo‘lga 
qo‘yish maqsadida amalga oshiriladi. Nazorat 
subyektlari 
bo‘yicha moliyaviy nazoratning quyidagi shakllari bo‘lishi mumkin: 

Prezident moliyaviy nazorati; 

davlat hokimiyati organlarining moliyaviy nazorati; 

moliya-kredit organlarining moliyaviy nazorati; 

firmaviy-ichki moliyaviy nazorat; 

auditorlik moliyaviy nazorati; 

va boshqalar. 
Nazorat obyektlariga muvofiq ravishda moliyaviy nazoratning 
quyidagi shakllari mavjud: 
155 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin