J + S = I + Dx, Bu yerda: J – jamg‘armalar;
179
olingan boshqa axborotlardan iborat bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi
subyekt rahbariga, mulkdoriga, qatnashchilari (aksiyadorlari)ning
umumiy yig‘ilishiga yo‘llangan hujjatdir.
Auditorlik hisoboti asosida auditorlik xulosasi tuziladi.
Auditorlik
xulosasi
moliyaviy hisobotning
to‘g‘riligi
va
buxgalteriya hisobini
yuritish
tartibining qonun hujjatlarida
belgilangan
talablariga
muvofiqligi
to‘g‘risida
auditorlik
tashkilotining yozma shaklda ifodalangan, xo‘jalik yurituvchi
subyektning moliyaviy hisobotidan foydalanuvchilar uchun ochiq
bo‘lgan hujjatdir.
Auditorlik tashkiloti auditorlik tekshiruvi natijalariga ko‘ra
quyidagilarga baho berishi lozim:
•
auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq fikr
bildirish uchun yetarli va lozim darajadagi dalillar olinganligiga;
•
alohida-alohida
yoki
umumiy
birgalikda
olinganda
tuzatilmagan buzib ko‘rsatishlar auditorlik faoliyati to‘g‘risidagi
qonun hujjatlariga muvofiq muhim hisoblanishiga;
•
qabul qilingan hisob siyosatining asoslanganligiga va uning
buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga
muvofiqligiga;
•
moliyaviy hisobotda aks ettirilgan axborotning ishonchli,
qiyoslanuvchanli, tushunarli va o‘rinli ekanligiga;
•
moliyaviy hisobotning buxgalteriya hisobi va moliyaviy
hisobotni tuzishga doir normativ-huquqiy hujjatlar talablariga
muvofiqligiga.
Auditorlik xulosasida auditorlik tashkilotining ijobiy yoki
modifikatsiyalangan fikri
ifodalanishi mumkin.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti barcha
muhimlilik munosabatlarida uning moliyaviy ahvolini, moliyaviy
natijalarini haqqoniy aks ettirsa va buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi
qonun hujjatlariga muvofiq kelgan hollarda ijobiy fikr