Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan


SFkq – aktivlar (kapital)ni oshirishga yo‘naltirilgan sof foydaning qismi;  SFuh



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

SFkq
– aktivlar (kapital)ni oshirishga
yo‘naltirilgan sof foydaning
qismi; 
SFuh
– XYuS sof foydasining umumiy
hajmi. 
Kapitallashtirish jarayoni investitsion-innovatsiya strategiya-
sini amalga oshirish asosida faqat aktivlar qiymatini oshirishni 
emas, balki ulardan yanada samaraliroq foydalanishni ko‘zda 
tutganligi bilan ham muhimdir. Uni quyidagi tartibda aniqlasa 
bo‘ladi: 
Ka = (Ko‘ : Ao), 
Bu yerda: 
Ka
– aktivlarni kapitallashtirish 
koeffitsiyenti; 
Ko‘
– tahlil davrida o‘z kapitalining o‘sishi; 
Ao
– tahlil davri oxiridagi aktivlar. 
Kapitallashtirish 
jarayoni 
ishlab 
chiqarishga 
ilmiy 
yutuqlarning moddiylashganligini aks ettiruvchi ilg‘or innovatsion 
ishlab chiqarish vositalari va texnologiyalariga qo‘yiladigan 
shakldagi kapitalni intellektuallashtirishga asoslanishi kerak. 
O‘zlarining faoliyatlariga yangi sifatiy talablarni ilgari 
surayotgan bozor o‘zaro aloqalarining samarali tizimiga nisbatan 
tezroq kirish uchun XYuSlar tomonidan moliyaviy isloh qilishning 
asoslangan dasturini ishlab chiqilishi maqsadga muvofiqdir. 
Bunda butun xo‘jalik-ishlab chiqarish faoliyatining natijasi sifatida 
yuqori yakuniy moliyaviy ko‘rsatkichlarga erishishga alohida o‘rin 
ajratilmog‘i lozim. Bir vaqtning o‘zida bunday dastur bozor omillari 
va iqtisodiy o‘sish shart-sharoitlaridan foydalanish, shuningdek, 
innovatsion tarqqiyotning zamonaviy tendensiyalarini amalga 
oshirish asosida XYuS faoliyatining samaradorligini oshirish 
bo‘yicha choralar tizimini o‘z ichiga qamrab oladi. 
Moliyaviy isloh qilish dasturi quyidagi chora va tadbirlarni 
amalga oshirishi maqsadga muvofiq: 

XYuSning tashkiliy va mulkiy holatini o‘zgartirish (yuqori 
samarali tashkiliy shakl, kapitalning tarkibiy tuzilishini o‘zgartirish 
va uni samaradorlikni oshirish maqsadlari uchun joylashtirish, 


214 
yuqori talabga ega bo‘lgan mahsulotni ishlab chiqarishni 
rivojlantirish va h.k.); 

ishlab 
chiqarishning 
investitsion-texnologik 
asosini 
o‘zgartirish (asosiy fondlar va aylanma mablag‘larning tarkibiy 
tuzilishi, innovatsion ruhdagi texnik va texnologik yangiliklarni joriy 
etish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarni yangilash va h.k.); 

ishlab 
chiqarish-xo‘jalik 
faoliyatining 
yuqori 
yakuniy 
natijalariga – XYuSning ixtiyoriga qoldiriladigan sof foydaga 
erishish, kompaniyaning qiymatini o‘stirish va xarajatlarni 
qisqartirishning tashkiliy asosi bo‘lgan puxta biznes-rejani ishlab 
chiqish; 

XYuSning asoslangan marketing va baho strategiyasini 
ishlab chiqish; 

XYuSning moliyaviy strategiyasini uning ishlab chiqarish-
marketing siyosati bilan o‘zaro ta’sirchanligi bog‘liqligini e’tiborga 
olgan holda ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish. 
Yuqoridagilarning barchasi moliyaviy munosabatlarni tegishli 
tarzda 
qayta 
qurishni, 
XYuSni 
boshqarishda 
moliyaviy 
oqimlarning rolini oshirishni; tushum, xarajatlar, foyda, soliqqa 
tortish norma (me’yor)lari, sof foyda, umumiy va o‘zlik kapitalining 
hajmi va manbalaridan iborat bo‘lgan moliyaviy indikatorlarning 
o‘zgarishini monitoring qilish orqali moliyaviy boshqaruvning yaxlit 
samarali tizimini shakllantirishni talab qiladi. Bu ishlar, o‘z 
navbatida, quyidagi shartlar asosida amalga oshirilishi mumkin: 

XYuS xo‘jalik-ishlab chiqarish faoliyati barcha tomonlari bilan 
moliyaviy oqimlarning o‘zaro aloqadorligini kuchaytirish va ularda 
ishlab chiqarish omillari – moddiy, mehnat, axborot va boshqa 
resurslarning tegishli harakatlarini yanada to‘laroq aks ettirish; 

boshqaruv qarorlari qabul qilishda, XYuS moliyaviy resurslari 
o‘sishining rezervlarini to‘liq qidirib topish va amalga oshirishda 
uning moliyaviy-tahliliy xizmatlari rolini oshirish; 

XYuS faoliyatini moliyaviy resurslar bilan yanada to‘liqroq 
ta’minlash uchun o‘z bilimlarini sarf etayotgan moliyaviy 
menejment malakasi darajasini oshirish; 

XYuS 
moliyaviy-xo‘jalik 
faoliyati 
to‘g‘risida 
xalqaro 
andozalarga muvofiq ravishda ma’lumotlar olish, XYuSlar, 
firmalar 
va 
korporatsiyalar 
faoliyatida 
yuqori 
darajadagi 
samaradorlikni ta’minlash uchun moliyaviy hisobotning xalqaro 
andozalariga o‘tish. 
219 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin