Kxf = T : A Bu yerda:
Kxf – xo‘jalik faolligi koeffitsiyenti;
T – tushum;
A – barcha aktivlarning o‘rtacha qiymati.
Bu ko‘rsatkich bir so‘mlik foydalanilayotgan aktivlarga to‘g‘ri
keluvchi tushumni ifodalaydi. Uning o‘sishi XYuS boshqa barcha
moliyaviy ko‘rsatkichlarining ko‘payishi uchun asos bo‘lib xizmat
qiladi.
217
Aktivlarga joylashtirilgan kapitalning oqilona tarkibiy tuzilishi
ham muhim ahamiyatga ega. Uzluksiz ravishda doiraviy
aylanadigan va daromadlarning olinishiga xizmat qiladigan
aylanma aktivlarga moddiylashtirilgan kapital XYuS faoliyatida
faol rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham aylanma aktivlarga
qo‘yilgan (joylashtirilgan) tez aylanayotgan kapitalning barcha
foydalanilayotgan kapitalga nisbati kapital noishlab chiqarish
qobiliyatining oshganligini aks ettiradi. Buni formula yordamida
quyidagicha ko‘rsatish mumkin:
K отт = (A аа : K ф ) Bu yerda:
K отт – kapitalning oqilona tarkibiy
tuzilishi;
A аа – aylanma aktivlar;
K ф – barcha foydalanilayotgan kapitallar.
XYuSning moliyaviy isloh qilish dasturini tuzish jarayonida
har bir tadbirdan ma’lum bir samara olinishi ko‘zda tutilmog‘i
lozim. Quyida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan eng muhim tadbirlar va
XYuS (XYuS, korporatsiya va boshqalar) tomonidan buning
natijasida erishilishi kutilayotgan natijalar
ishlab chiqilgan:
Tadbirlar Kutilayotgan natijalar XYuSning bozordagi holatini,
uning moliya-xo‘jalik faoliyatini
va boshqaruv samaradorligini
tahlil qilish
XYuS rivojlanishining asosiy ichki va tashqi
muammolari va ularni hal etishning oqilona yo‘llarini
qidirib topish, moliyaviy holat (ahvol)ni mustah-
kamlash
uchun
rezervlardan
foydalanishni
ta’minlaydi
XYuS taraqqiyotining moliyaviy
strategiyasini ishlab chiqish
Kelajakda ishlab chiqarish-iqtisodiy faoliyatning eng
yuqori samaradorligiga erishish imkonini beradigan
taraqqiyotning o‘rta va uzoq muddatli mo‘ljallarini
asoslashga xizmat qiladi
Kadrlarni tayyorlash va qayta
tayyorlash
XYuS xodimlari malakasining hozirgi zamon va
istiqbol talablariga muvofiq (mos) kelishi. Bu narsa
XYuS moliyaviy holati va uzoq muddatli taraqqiyoti
barqarorligining
asosiy
(eng
muhim)
omili
hisoblanadi
XYuS
aktivlarini
bozoriy
baholash
XYuS ustav kapitalini oshirish imkoniyatlarini amalga
oshirish. Bu narsa kreditorlarning mumkin bo‘lishi
mumkin bo‘lgan talablarini qondirishning minimal
kafolatlari darajasini oshirishni va shu hisobidan
kontragentlar bilan yuqori darajada barqarorlikni,
firma qiymatining oshishini ta’minlaydi