10.2. Xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi Iqtisodiy munosabatlarni takror ishlab chiqarish shakllaridan
biri sifatida XYuSlar moliyasining harakati minimal xarajatlarda
maksimal
natijalarning
olinishini
nazarda
tutuvchi
samaradorlikning umumiqtisodiy me’zoniga bo‘ysunadi. Shu
sababli XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini
quyidagi formula orqali tasavvur etish mumkin:
S мр = N м ф : X мр Bu yerda:
S мр - XYuS moliyaviy resurslaridan
foydalanish samaradorligi;
N м ф - ma’lum davr (o‘tgan yoki rejali) uchun XYuS
faoliyatining moliyaviy natijasi;
X мр - shu moliyaviy natijani qo‘lga kiritish uchun
XYuS tomonidan sarflangan (yoki rejalashtirilgan)
moliyaviy resurslar xarajatlari
XYuS moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini
aniqlashda shu narsani inobatga olish kerakki, moliyaviy natija
faqatgina moliyaviy emas, balki moddiy va mehnat resurslari
xarajatlarining natijasi hamdir. Shuning uchun ham, masalan,
mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan foydani taqqoslab turib,
buning natijasida faqat faoliyatning sof moliyaviy tomonini
xarakterlovchi ko‘rsatkichga ega bo‘lamiz, deb hisoblash
maqsadga muvofiq emas. Bu XYuS moliyaviy-xo‘jalik faoliyati
samaradorligini ifodalovchi yaxlit ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, unga
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida moddiy-ishlab
chiqarish va moliyaviy oqimlarning ajralmas bog‘liqligi xosdir.
Yuqorida bildirilgan fikr o‘ziga moliyaviy natija va moliyaviy
xarajatlarning tavsifini mujassam etuvchi XYuS moliyaviy-xo‘jalik
faoliyatining samaradorligini xarakterlovchi boshqa ko‘rsat-
kichlarga ham to‘liq tegishlidir. Shunday bo‘lishiga qaramasdan
tahliliy maqsadlar uchun bu majmua (to‘plam)dan aynan
XYuSning moliyaviy faoliyatini, uning moliyaviy va baho
229