F их - ish haqi fondi;
F ф - tovarlarni sotishdan olingan foyda
(soliqlar to‘languncha va foydadan boshqa
to‘lanmalar amalga oshirilguncha).
Ayrim iqtisodchi olimlarning ilmiy tadqiqotlarida moddiy
xarajatlar va mehnat haqini moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan
pul
mablag‘lari
XYuSning
moliyaviy
resurslari
tarkibiga
kiritilmaydi. Ularning ayrimlari tomonidan esa XYuSning moliyaviy
resurslari tarkibiga hatto pulli tushum ham kiritilmayotir. Bunday
yondashuvlarning noto‘g‘ri ekanligi shubhasiz.
Xorijiy davlatlarda pul tushumi yalpi daromad tarzida talqil
qilinadi. Bu narsa XYuS moliyaviy resurslari fondini shakllantirish
va qayta yangilashda tushumning umumlashtirilgan ahamiyatini
o‘zida aniqroq aks ettiradi. Moddiy xarajatlarni moliyalashtirish
uchun mo‘ljallangan pul tushumlarining bir qismi, XYuSning real
moliyaviy resursi mol yetkazib beruvchilar va kontragentlarning
hisobvaraqlariga o‘tkazilmasdan uning aylanmasida bo‘lgan
paytda, unga qo‘shimcha daromad keltiradi.
O‘zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning
dastlabki yillarida XYuSlarnig bir-birlariga o‘zaro mol yetkazib
berish va xizmat ko‘rsatish bo‘yicha mablag‘larni o‘z vaqtida
to‘lamaslik holatlari avj olib ketdi. Inflyatsiya darajasi o‘ta yuqori
bo‘lganligi uchun o‘sha davrlarda bank kreditlari stavkasining
100% dan ham baland bo‘lganligi holatida sotib olgan
mahsulotning pulini o‘z vaqtida to‘lamaslik shu XYuS ga
noqonuniy, lekin qo‘shimcha daromad manbai bo‘lib xizmat qildi.
Shunday holatlar ish haqini o‘z vaqtida to‘lamaslik tufayli ham yuz
berdi. Xodimlarga, ishchi va xizmatchilarga bir necha oylab oylik
maoshlarni berishning kechiktirilganligi (orqaga surilganligi) ba’zi
bir “tadbirkor” va “bankir”larning tekinga boyish manbalaridan
biriga aylandi, chunki o‘z vaqtida to‘lanmagan ish haqi mablag‘lari
ularning ixtiyorida bo‘lib, ulardan vaqtincha boshqa maqsadlarda
foydalanishlari mumkin edi.
Amortizatsiya
ajratmalari
fondi
XYuSlar
moliyaviy
resurslarining tarkibiy tuzilmasida muhim rol o‘ynaydi. Chunki
bunday ajratmalar pul tushumlaridan qancha ajratilganligi va
ularning XYuS tegishli hisobvaraqlarida joylashganligiga qarab
XYuSlarning real moliyaviy resurslari bo‘lib hisoblanadi.
231
•
XYuSni moliyaviy isloh qilish dasturini tuzish jarayonida
qanday tadbirlar belgilanadi va ulardan qanday samara olinishi
ko‘zda tutiladi?
•
XYuSni moliyaviy isloh qilish rejasining barcha bo‘linmalari
nimalarga muvofiqlashtirilishi kerak?
•
Ishlab chiqarish-iqtisodiy va moliyaviy faoliyatning rezerlari
nimalardan iborat?
•
Moliyaviy rezervlarni qidirib topishning asosiy usulini ayting.
•
Moliyaviy rezervlarni shakllantirish omillari tizimi qanday
guruhlarga bo‘linadi?
•
Moliyaviy, ishlab chiqarish va boshqaruv sohalaridagi eng
muhim rezerv nimadan iborat?
•
XYuS moliyaviy barqarorligining ichki va tashqi rezervlari
qanday omillarga bog‘liq bo‘ladi?
•
Aktivlarning rentabelligi qanday aniqlanadi?
•
Fond qaytimi ko‘rsatkichining aniqlanish tartibi qanday va u
nimaga tavsifnoma beradi?
•
Kapitalning faollik koeffitsiyenti qanday aniqlanadi?
•
Aylanma mablag‘larning nisbiy ozod bo‘lishi nimani
xarakterlaydi va uni qanday aniqlash mumkin?
•
Moliyaviy leverij deb nimaga aytiladi va u qanday
aniqlanadi?
•
Moliyaviy leverij samarasini olish va uni taqsim
•
lashning umumiy ko‘rinishi qanday?
•
To‘lovga qobillik koeffitsiyentining aniqlanish tartibi qanday
va u nimani xarakterlaydi?
•
XYuSni bankrot deb e’lon qilmaslik uchun qanday omillarga
alohida e’tibor qaratmoq lozim?
•
Har bir guruh omillari hisobidan foyda miqdori o‘zgarishining
hisob-kitobi qanday tarzda amalga oshirilishi kerak?
•
Tannarx, baho, realizatsiya, realizatsiya qilingan mahsulot
assortimenti omillarining ta’siri ostida foydaning o‘zgarishi qanday
aniqlanadi?
•
Moliyaviy isloh qilish jarayonida XYuS faoliyat ko‘rsatishning
qanday parametrlariga chiqishga harakat qilishi kerak?