Ta’minot, boshqaruv va h k. ham mavjudligi bilan



Yüklə 5,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/338
tarix18.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#145110
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   338
82a264b996d6228734b26cb0a4a7c53a moliya

Bahs-munozara yoki
nazorat uchun savollar 
 

Bozor iqtisodiyotida XYuSlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning 
umumiy modeli qanday ko‘rinishga ega? 

Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida XYuSlarni moliyaviy 
isloh qilishning asosiy vazifalari nimalardan iborat? 

XYuSlar, firmalar va korporatsiyalarni moliyaviy isloh qilishda 
kapitalizatsiya jarayoni qanday rol o‘ynaydi? 

Kapitallashtirishning asosiy manbaini aytib bering. 

Sof foydani kapitallashtirish koeffitsiyenti qanday aniqlanadi? 

Aktivlarni kapitallashtirish koeffitsiyentining aniqlanish tartibi 
qanday? 

Kapitallashtirish jarayoni nimalarga asoslanishi kerak? 

Nega XYuSlar tomonidan moliyaviy isloh qilish dasturini 
ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq? 

Moliyaviy isloh qilish dasturi nimalarni ko‘zda tutadi? 

Moliyaviy boshqaruvning yaxlit samarali tizimini shakllantirish 
qanday shartlar asosida amalga oshirilishi mumkin? 

XYuS, firma va korporatsiyalarni moliyaviy isloh qilinish 
samaradorligini baholashning asosiy ko‘rsatkichi nima va uni 
qanday aniqlash mumkin? 

Dyupon formulasining ko‘rinishi qanday va uning yordamida 
nimani hisoblash mumkin? 

Aktivlar qancha ko‘p aylansa, ularning rentabelligi qanday 
o‘zgaradi? 

Bir so‘mlik o‘z kapitaliga to‘g‘ri keluvchi aktivlar qanchalik 
ko‘p bo‘lsa, rentabellik darajasi shuncha yuqori bo‘ladi, degan 
tasdiq to‘g‘rimi? 

Qanday ko‘rsatkich XYuSning moliyaviy faolligini, uning 
aylanma (aktivlar) kapitalning qo‘shimcha manbalarini jalb qilish 
borasidagi mahoratini aks ettiradi? 

XYuS aktivlarining takror ishlab chiqarishdagi rolini baholash 
uchun qanday koeffitsiyentdan foydalanish maqsadga muvofiq? 

Xo‘jalik faolligi koeffitsiyenti qanday aniqlanadi va u nimani 
ifodalaydi? 

Kapitalning optimal (oqilona) tarkibiy tuzilishi koeffitsiyenti 
qanday aniqlanadi? 
235 
Ishlab chiqarishning rivojlanishi va tovar hamda moliya 
bozorlarida XYuS faoliyatining faollashuvi natijasida uning 
moliyaviy resurslari tarkibiy tuzilmasida foyda hal qiluvchi o‘rinni 
egallay boshlaydi. Foyda XYuS o‘z mablag‘larining asosiy manbai 
bo‘lib, ishlab chiqarish apparatining yangilanishini, sifatning 
yaxshilanishini, 
chiqarilayotgan 
mahsulot 
assortimentining 
kengayishini va h.k.larni ta’minlaydi. Foyda hisobidan XYuSning 
rezerv fondlari, maxsus maqsadlarga mo‘ljallangan fondlar tashkil 
etiladi. 
Foyda massasi va normasi, uning xarajatlarga nisbati 
XYuSning kreditga layoqatligini va uning qarz mablag‘larni jalb 
qilish imkoniyatini, uzoq va qisqa muddatli kreditlarni olishni 
aniqlab beradigan muhim indikatorlardir. Qarz mablag‘larning 
XYuS o‘z mablag‘lariga nisbati 1/3 va undan katta darajaga etib, 
uning to‘lovga layoqatligiga kreditorlariga ham, hamkorlariga ham 
shubha tug‘dirmasligi mumkin. 
Tijorat 
XYuSlarning 
moliyaviy 
resurslari 
quyidagi 
manbalardan tashkil topadi: 

mahsulot sotishdan tushum hisobidan shakllanadigan 
moliyaviy resurslar (foyda; amortizatsiya ajratmalari fondi; ish haqi 
fondi; moddiy xarajatlarni tiklash fondi); 

ishlab chiqarilgan mahsulotga bog‘liq bo‘lmagan sotishdan 
keladigan tushumlar (mol-mulk; asosiy faoliyatga daxldor 
bo‘lmagan xizmatlar va boshqalar) hisobidan olinadigan moliyaviy 
resurslar; 

moliyaviy bozorda shakllanadigan moliyaviy resurslar 
(kreditlar va zayomlar; o‘z aksiyalari va qimmatli qog‘ozlarning 
boshqa ko‘rinishlarini sotish; boshqa emitentlarning qimmatli 
qog‘ozlari bo‘yicha dividendlar va foizlar; sug‘urta qoplamalari va 
boshqalar); 

kreditorlik qarzlari hisobidan tashkil topadigan moliyaviy 
resurslar (mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga; mehnat haqi 
bo‘yicha; sotsial sug‘urtaga doir; byudjet oldidagi va boshqalar); 

badallar va maqsadli xarakterdagi tushilmalar hisobidan 
shakllantiriladigan moliyaviy resurslar (boshqa tashkilotlar va 
jismoniy shaxslardan tushilmalar, byudjet subsidiyalari va h.k.). 


234 

Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   338




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin