270
•
mashina va dastgohlarni saqlash xarajatlari;
•
umumishlab chiqarish xarajatlari;
•
umumxo‘jalik xarajatlari;
•
boshqa ishlab chiqarish xarajatlari;
•
tijorat xarajatlari.
Xarajatlarni kalkulyatsiya moddalari bo‘yicha (klassifikatsiya
qilinishi) mahsulotlarning alohida turlari bo‘yicha uning o‘ziga xos
bo‘lgan xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Bu
belgiga ko‘ra XYuSlarning xarajatlari ikkiga bo‘linadi:
•
to‘g‘ri (bevosita) xarajatlar;
•
egri (bilvosita) xarajatlar.
To‘g‘ri (bevosita) xarajatlarga mahsulotning aniq bir turini
ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar kiradi. Ular shu
mahsulotning tannarxiga bevosita kiritiladi. Masalan, xomashyo,
asosiy material xarajatlari, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar
va mahsulotning ma’lum bir turi bo‘yicha butlovchi buyumlar bilan
bog‘liq bo‘lgan xarajatlar ana shunday xarajatlar hisoblanadi. Egri
(bilvosita) xarajatlar butun XYuSda ishlab chiqarish jarayonini
amalga oshirish yoki mahsulotlarning bir necha turlarini ishlab
chiqarish bilan bog‘liq bo‘ladi. Masalan, binolar va dastgohlarni
saqlash, ularni ta’mirlash xarajatlari, boshqaruv apparatiga
tegishli bo‘lgan ish haqi xarajatlari va boshqalar shular
jumlasidandir. Bu xarajatlar konkret turdagi buyumlarning
tannarxiga qandaydir bir shartli asosga ko‘ra proporsional
ravishda, ko‘p hollarda, to‘g‘ri (bevosita) xarajatlarga nisbatan
to‘g‘ri proporsional ravishda kiritiladi.
Davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab
xarajatlar ikkiga bo‘linadi:
•
norma (me’yor)lashtiriladigan xarajatlar;
•
norma (me’yor)lashtirilmaydigan xarajatlar.
Xarajatlarning bunday bo‘linishi, odatda, soliqqa tortish
sohasida tegishli qaror qabul qilinayotgan paytda qo‘llaniladi.
Norma (me’yor)lashtiriladigan xarajatlarga soliqqa tortiladigan
foydani hisoblash maqsadida o‘rnatilgan (belgilangan) norma
(me’yor)lar doirasidagi xarajatlar kiradi.
Chiqimlarni
kamaytirish
XYuS
ishi
samaradorligini
oshirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Odatda,
chiqimlarni kamaytirishning quyidagi asosiy yo‘llari ajratilib
ko‘rsatiladi:
259
B
– aylanma mablag‘ birligining bahosi.
Masalan, faraz qilaylik, qandaydir bir xomashyoning zaxira
normasi 15 kunga, kunlik ehtiyoj 10 tonnaga va bir tonnaning
bahosi 20 ming so‘mga teng bo‘lsa, u holda pulda ifodalangan
normativning darajasi 600 ming so‘mga (15 x 10 x 20 000) teng
bo‘ladi.
Umuman olganda, aylanma mablag‘lar normativi mol
yetkazib berishlar o‘rtasidagi o‘rtacha intervalni hisobga olgan
holda quyidagi formula orqali aniqlanishi mumkin:y
Dostları ilə paylaş: