Mavzu: Basketbol o’yin texnikasi.
Reja:
1. O’yin texnikasi.
2. Hujum texnikasi
3. Maydonda harakat qilish texnikasi.
4. To’p bilan bajariladigan usullar texnikasi.
5. To’pni uzatish.
6. Savatga to’pni otishlar.
7. To’pni yerga urib yurish.
8. Chalg’itishlar.
9. Himoya texnikasi.
Tanyach iboralar.
Texnika, taktika, strategiya, chalg’atishlar, o’yinni, usullari, o’yin texnikasi, o’yin
taktikasi, jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik, usullar birikmasi, bosqichma-bosqich,
o’rgatish –takomillashtirish, ketma-ketlik.
O’yin texnikasi.
O’yin texnikasi – basketbolning rivojlanish jarayonida shakllangan musobaqaning
konkret vaziyatlarni eng muvaffaqiyatli ochishga qaratilgan usullar yig’indisidir.
Basketbol o’yinni texnikasini bir tartibda o’rganish uchun uning klassikafikatsiyadan
foydaniladi. Basketbol o’yinni 2 bo’limdan tashkil topgan turli texnik priyomlar yordamida
o’tkazildi. Bu hujum texnikasi va himoya texnikasi har bir bo’lim hujum va himoyadan
qo’llaniladigan texnik priyomlarning guruhlarning tashkil topadi. Usul gruppalari ularning har
xil yo’llar bilan bajarilishini o’z ichiga oladi. Oyoqlarni to’g’ri ishlata bilish va chalg’itish
usullari ikkala bo’limga ham qarashlidir. Usullarning ayrim bajarish yo’llari o’z navbatida
bajarilish harakteriga ko’ra bir biridan farq qiladi. Masalan usuli bir joyda turib, harakatda
bo’lganda yoki sakraganda bajarish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |