Hujum texnikasi.
Hujumda qo’llaniladigan hujum texnikasi texnik priyomlarga to’pni ilish va uzatish, uni
yerga urib olib yurish, savatga otishlar , chalg’atishlar kiradi. Ular maydonda harakat qilish
to’xtalishlar va burilishlar kabi usullar bilan birgalikda bajariladi. Bu usullarni bajarish eng
qulay va mustahkam dastlabki holat turishidan boshlanadi. Bunda oyoqlar bukilgan, gada bir
oz oldinga egilgan, uning og’irligi oyoqlarda barobar taqsimlangan, qo’llar to’pni olish va
ushlab turish uchun qulay holda ko’krak oldida bukilgan bo’lishi kerak. To’p keng yoyilgan
barmoqlar bilan kaftlarga to’liq tekizilmagan holda tutib turiladi.
Dostları ilə paylaş: |