1.2. Ko’chimlar. Badiiy tasvir vositalaridan o’xshatish va uning qo’llanilishi.
O’xshatish- badiiy tasvir vosifalaridan biri bo’lib, obyektni orazli, ta’sirchan, konkret va
ixcham ifodalash xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Sana’tkor qahramonlarni tasvirlashda ularning o’ziga xos individual xususiyatlarini
ochishda, ruhiy holatlarni aks ettirishda, tabiat manzaralarini tasvirlashda o’xshatishlardan
foydalanadi. Ularni konkretlashtiradi, bo’rttiradi. Kitobxonning diqqatini obrazning ko’rinmas
tomonlariga jalb qiladi, asarning g’oyasini ochishga yo’naltiradi.
O’xshatish deb, bir predmet yoki hodisani ikkinchi bir predmet yoki hodisa bilan
taqqoslanganda ularning shakli yoki mazmun tomondan obrazli o’xshashligiga aytiladi.
O’xshatish obyekti tasvirlamoqchi bo’lgan predmet, hodisa; o’xshatish obrazi-
taqqqoslangan predmet, hodisalarning tasviriy vositasi, ikki predmet va hodisaning bir-biriga
mos kelishidir.
O’xshatishlarni belgilashda asosan ana shu uch belgining roli katta.
Masalan: Arava g’ijϊrlab borar, gap mavzudan-mavzuga ko’char, Turg’unoy gapga aralasholmay,
bedalar ichida bir bog’ bedaday silkinib borar edi. (A. Qahhor, Hikoyalar, 29-bet). Bunda
Turg’unoy-obyekt, bir bog’ beda-obraz, silkinish-belgisidir. Belgi obyekt va obrazlar bilan
alohida bir sintaktik aloqani tashkil etadi.
16
Tashqi tomondan qaraganda , bir bog’ beda bilan odam o’rtasida hech qanday aloqa
yo’qdek tuyiladi. Lekin yozuvchi Turg’unoyni gapga aralasha olmasligini va uning aravada
silkinib borishini asosiy o’xshashlik belgisi qilib olgan. Belgi (silkinish) asosida ikki predmet bir-
biri bilan taqqoslanmoqda. Agar “belgi” (silkinish) bo’lmasa, Turg’unoy bilan bir bog’ beda
o’rtasida o’xshashlik bo’lmas edi.
O’xshatishning belgisiga qarab, ularni ikki guruhga ajratish mumkin.
Grammatik belgili o’xshatishlar. Bunda obyekt, obraz va belgilar grammatik-ko’rsatkichi bilan
mavjud bo’ladi. Uch belgidan birortasi ham tushib qolmaydi: U (Siddiqjon) o’g’lining
yodsirayotganini ko’rib, ikki qadam olg’a bosdi-yu, bundan ortiq yaqin borsa xuddi bir narsa
portlab ketadiganday, engashib bolaning ko’kragiga chiqib ketgan qayiqchasidan ushlab tortdi va
ko’tarib oldi. (A. Qahhor, Tanlangan asarlar, 3-tom, 184-bet).
Bu misolda bundan ortiq yaqin borsa-obyekt, bir narsa portlab ketadiganday-obraz, tortdi va
ko’tarib oldi-belgidir.
Logik o’xshatishlar. Bunda grammatik belgi ko’rsatkich bo’lmaydi. Lekin mazmunan “obyekt”
va “obraz”lar bir-biriga mos keladi, ya’ni “obyekt” va “obraz”larning shaklan va mazmunan
moslik belgisi obrazning o’zida bo’ladi. Masalan: …ketmon kichkina, poyteshadekkina kelar edi.
(A. Qahhor, Tanlangan asarlar, III tom, 140-bet). Bu misolda ketmon-obyekt, poyteshadekkina-
obraz, belgi grammatik nol formada. Lekin mazmundan o’xshatishni anglash mumkin.
O’xshatish strukturasiga ko’ra oddiy va tizmali bo’lishi mumkin.
Oddiy o’xshatish terminida bir “obyekt” va “obrazli” o’xshatishlar ko’zda tutiladi.
Masalan:…sarg’imtir kulrang sahro yuzini va undagi past-baland do’ngliklar ustini tutib ketgan
odamlar, onda-sonda o’rgimchakday o’rmalab yurgan aravalar ko’rindi. (A. Qahhor, Tanlangan
asarlar, III tom, 151-bet). Bu misolda arava-ob’ekt, o’rgimchakday-obraz, o’rmalash-belgi.
Tizmali o’xshatish deb, biz ikki va undan ortiq “obrazli” o’xshatishning mos kelishini
aytamiz: Qori kirdi. U uzoq yo’ldan benihoya charchab kelganday oyoq ustida zo’rg’a turar, yuzi
yangi kasaldan turganday so’lg’in va oqargan bo’lib, chiroqning xira shu’lasida qo’rqinchli
ko’rinar edi. (A. Qahhor, Tanlangan asarlar, III tom, 224-bet).
Bu misolda oyoq ustida zo’rg’a turishi, so’lg’in va oqargan bo’lishi-obyekt, uzoq yo’ldan
charchab kelganday va yangi kasaldan turganday-obrazlardir. Bu o’xshatishlar bir-biriga obrazli
taqqoslanmoqda.
O’xshatishlarni tarkibiga ko’ra yana to’liq va to’liqsiz o’xshatishlarga ajratish mumkin.
To’liq o’xshatishlarda qancha “ob’ekt” bo’lsa, shuncha “obraz” bo’ladi. Ya’ni “obyekt”
bilan ‘obraz” teng bo’ladi.
To’liqsiz o’xshatishlarda esa bir “obyekt”ga “obraz” yoki undan ortiq “obraz”larning
taqqoslanishiga, yoki bir “obraz”, ikki “obyekt” o’rtasida bo’lib, har ikkala obyektga tegishli
bo’ladi. Masalan: O’rmonjonga uchrashmasdan burun sordan qochgan jo’jaday boshini qayerga
tiqishini bilmay qolgan Siddiqjon endi dakan xo’rozday mag’rur qadam tashlab borar edi… (A.
Qahhor, Tanlangan asarlar, III tom, 183-bet). Bu misolda Siddiqjon-obyekt, sordan qochgan
jo’jaday va dakan xo’rozday-obraz, boshini qayerga tiqishni bilmay va mag’rur qadam tashlash-
belgidir.
O’xshatishni chegaralashda asosiy uch ko’rsatkich, ular grammatik tomondan tasnif etish,
o’xshatishning badiiy asarlardagi roli va yozuvchining uslubiga bog’liq holda o’rganish masalasi
muhimdir.
O’xshatish strukturasi (material tarkibi) haqida gapirganda yana quyidagi struktural tiplar
haqida ham gapirish mumkin.
O’xshatish oborotlari. Bu o’xshatishning ko’p tarqalgan formasidan biri hisoblanadi. Bu
forma ba’zan o’xshatish ergash gaplarga o’xshab ketadi. Ammo ularni aralashtirmaslik kerak:
“o’xshatish oborotlari, sostavlari qancha keng bo’lsa ham, tarkiblarida ega va kesimlari
bo’lmagani uchun ergash gap bo’la olmaydilar.”
1
7
O’n yil burun na’ra tortib chiqqanding
Vulqon kabi qonga to’lgan yerlardan.
Foydalangan adabiyot:
Ishreja.uz
Ziyonet.uz
Dostları ilə paylaş: |