Samarqaand viloyat hokimligi adliya boshqarmasi nomidan (bundan keyin ish beruvchi deb qayd etiladi) boshqarma boshlig`i va O`zbekiston Respublikasi fuqarosi, Guliston davlat universiteti o`zbek filologiyasi fakulteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasining katta o`qituvchisi Berdiyev Husan Xolnazarovich (bundan keyin ish bajaruvchi deb qayd etiladi) birgalikda yshbu mehnat shartnomasini quyida bayon etilgan majburiyat va vazifalarni bajarish bo`yicha kelishib, imzoladilar.
Mazkur mehnat shartnomasining asosi viloyat adliya boshqarmasi idora a’zolari, notariat idoralari va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) idoralari xodimlariga lotin yozuviga asoslangan yangi o`zbek alifbosi va imlo qoidalarini o`rgatish bo`yicha amaliy o`quv mashg`ulotlarini tashkil etish hisolanadi.
I. Ish beruvchi:
I. Ish beruvchi:
I.1. Ish bajaruvchi tomonidan tuzilib, tegishli tartibda tasdiqlangan o`quv-ish dasturi asosida guruhlarga taqsimlangan adliya boshqarmasi xodimlariga, notarial va FHDY xodimlariga belgilangan xonalarda va paytda oquv mashg`ulotlari o`tish uchun barcha sharoitlarni yaratadi, tinglovchilarning to`liq ishtirokini ta’minlaydi.
I.2. Ish bajaruvchiga o`tilgan har bir soatlik amaliy mashg`ulot uchun oliy o`quv yurtlari talabalriga o`tiladigan darslarga soatbay asosida to`lanadigan ish haqiga ellik foiz miqdorida ustama qo`shib to`laydi.
Xulosa qilib aytganda bu hujjat ikki yoki undan ortiq fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqiy munosabatlari, majburiyatlari va boshqalarni belgilash, o`zgartirish yoki to`xtatishni nazarda tutadi. Shartnomalar davlatlararo, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, xususiy korxonalar va hatto fuqarolar o`rtasida ham tuzilishi mumkin. Mahsulotlar yetishtirish, ularni xarid qilish, qayta ishlash, mulkiy javobgarlik, binolar qurish, turar joy ijarasi, uy-joy, dala hovli, transport vositalarining oldi-sotdisi, mol-mulkni hadya qilish, almashtirish, ijaraga olish, qarz berish va hokazolar haqida korxona bilan korxona, fuqarolar o`rtasida shartnomalar tuzilishi mumkin.