Taqdimot tayyorlash va taqdim etish usul vositalari


Power Pointning asosiy xususiyatlari va elementlari



Yüklə 32,39 Kb.
səhifə3/4
tarix07.01.2024
ölçüsü32,39 Kb.
#207945
1   2   3   4
TAQDIMOT TAYYORLASH VA TAQDIM ETISH USUL VOSITALARI

Power Pointning asosiy xususiyatlari va elementlari.
Ekranda axborotni tasvirlash. Power Point foydalanuvchiga axborotlarni turli xil ko‘rinishda ishlashga va ko‘rib chiqishga imkoniyat yaratadi. Qanday ish qilishimizga qarab, matn kiritamizmi yoki uni strukturasi bilan tanishib chiqamizmi, grafikni slaydga kiritamizmi yoki chizmalar yaratamizmi, doimo ishimizga mos keluvchi ko‘rinishni o‘rnatish, shu bilan o‘z ishimizni qulayligini oshirish mumkin. Bunday ko‘rinishlar soni beshta, ulardan keraklisini dasturning asosiy oynasini pastki qismidagi tugmachani bosish orqali o‘rnatish mumkin.
Slaydlarning ko‘rinishi juda qulay, agar biz har bir slaydni ketma-ket shakllantirsak, unga tashqi shaklni tanlaymiz, matnni yoki grafikani kiritamiz. Struktura ko‘rinishini taqdimot matni ustida ishlaydigan qilib o‘rnatish zarur. Bu holda hamma slaydlarni, matnni va taqdimot strukturasini ko‘rish mumkin.
Slaydlar saralovchisi ko‘rinishi o‘tishlarni qo‘shish uchun va slaydni ekranda turish vaqtini davomiyligini belgilash uchun qulay. Undan tashqari bu rejimda slaydlarni almashtirish mumkin.
Belgilar ko‘rinishi ma‘ruza uchun, belgilarni tayyorlash uchun zarur.
Namoyish etish, ish natijasini ekranda ko‘rishga imkon beradi. Bu rejimda slaydlar navbatma-navbat ekranga chiqariladi.
Kerakli ko‘rinishni o‘rnatish ―Vid‖ menyusidagi buyrug‘lari orqali amalga oshiriladi.
Power Pointda matn effektlari.
Qulay tanlangan shrift va Power Point dan foydalanuvchi ixtiyoriga beriladigan turli matn effektlari bizning taqdimotimizni tashqi ko‘rini-shini yaxshilaydi va uni tasavvur qilish uchun holatga keltiradi.
Barcha taqdimotning biron bir matn elementlarini bir xil harfda yozish uchun
―Vid menyusida Obrazets slayda buyrug‘i tanlanadi. O‘zgartirish kiritiladigan joyda (uning atrofiga ramka chiziladi) sichqoncha shiqillatiladi va asboblar panelida kerakli vazifani bajarish uchun mos tugmacha bosiladi. SHuningdek, belgilar uchun soya (Ten‘ teksta tugmachasi bilan) yoki rel‘efli chizma ishlarini (Format menyusidagi shrift buyrug‘i bilan) bajarish mumkin. Agar ajratilgan matnning registrini o‘zgartirish talab qilinsa, Format menyusidagi Registr buyrug‘idan foydalanish mumkin. Biz figurali matnni yaratishimiz, egri chiziq yoki aylana bo‘ylab belgilarni joylashtirishimiz, ular ichiga qandaydir figurani o‘rnatishimiz mumkin. Buning uchun Ob‘ekt menyusidan ―Vstavka‖ buyrug‘i tanlanadi, Tip ob‘ekta ro‘yxatidan esa Microsoft Word Art elementi tanlanadi. So‘ngra slayda figurali matn joylashishi uchun kerakli joy paydo bo‘ladi va matnni kiritish uchun ochiladi. U erga matnni kiritamiz. Agar Obnovit‘‖ ekran tugmachasini bossak, u holda matn slayd doirasida paydo bo‘ladi.
Asboblar paneli figurali matnni shaklini, shrift o‘lchami va turini tanlash, shuningdek, turlicha effekt vazifalariga mo‘ljallangan tugmachalardan tashkil topgan.

Yüklə 32,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin