Taqdimotni san’atkorona jihozlash. Taqdimot tayyorlashning asosiy bosqichi – bu uni san‘atkorona jihozlashdir, chunki, birinchidan, grafik ko‘rinishdagi ma‘lumotlar matnli ma‘lumotlarga nisbatan ko‘rkamroq bo‘ladi, ikkinchidan, grafik shaklda taqdimotning muhim lahzalarini ajratib, bo‘rttirib ko‘rsatadi. YOki ma‘ruzalarni murakkab holatlarini tushunishni osonlashtiradi. Umuman taqdimot qanchalik samaradorroq bo‘lsa, eshituvchida shunchalik yaxshi taassurot qoldiradi.
Dizayn qolipi. Power Point foydalanuvchilarga mutaxassislar tomonidan tayyorlangan ko‘p miqdordagi dizayn qoliplarini tavsiya etadi. Format menyusidagi ―primenit shablon dizayna‖ buyrug‘i yordamida taqdimot uchun dizayn qolipini tavsiya qilish mumkin. Buyruq chaqirilgach, bir xil nomli muloqot darchasi ochiladi. Dizayn qolipida sichqonchani shiqillatsak, oldindan ko‘rish darchasida uning tasvirini ko‘ramiz. U yoki bu qolipni tanlash uchun unda ikki marta sichqonchani shiqillatamiz.
Grafik ob’ektlarni rasmini chizish. Power Point da har qanday murakkab grafik ob‘ektlar rasmini o‘zimiz chizishimiz mumkin. Buning uchun ―Risovanie‖ instrumentlar panelidan foydalaniladi.
Power Point muhitida taqdimotni shakllantirish texnologiyasi. Taqdimotni tayyorlash texnologiyasi uchta asosiy bosqichdan iborat:
slayd variantlar paketini o‘z ichiga olgan tarqatish, materiallarini tayyorlash;
tayyor slaydlarni ko‘rsatish jarayoni, ya‘ni taqdimotlar namoyishi.
Master avtosoderjaniya. Avtosoderjaniya ustasi yordamida taqdimot hosil qilish. Power Point dasturi sichqoncha tugmasini shiqillatgach, Microsoft Office panelida dasturning bosh darchasi va prezentatsiyalar bilan ishlashda bizga yordam beradigan axborotlarni o‘z ichiga olgan Polezniy sovet nomli dialog darchasi hosil bo‘ladi. Bu darchadagi «Sleduyushiy» tugmasini bosib navbatdagi maslahatlarni o‘qish mumkin. OK tugmasini bosib, darcha yopiladi.
Power Point ning muloqot darchasi yopilgandan so‘ng, taqdimot hosil qilishning bir necha usullarini taklif qiladi: avtoqiymat ustasini qo‘llab, taqdimot qolipi yoki bo‘sh taqdimotni yaratish, undan tashqarii, biz amaldagi taqdimot faylini ochish imkoniyatiga ega bo‘lamiz.
Agar biz har xil ma‘ruzalar va reklama kompaniyalarini tayyorlash ishida tajribasizlik qilsak, u holda avtoqiymat ustasi yordamidan foydalangan ma‘qul, ya‘ni mos selektor tugmasini tanlab, Ok tugmasi bosiladi. Natijada ekranda ketma-ket 6 ta muloqot darchalari paydo bo‘ladi. Ulardan biz taqdimotimiz asosiy xarakteristikalari uchun foydalanishimiz mumkin. Avtoqiymat ustasidagi keyingi muloqot darchasiga o‘tish uchun dalee tugmasi bosiladi. Oldingi darchaga o‘tish uchun esa nazad tugmasi bosiladi. Ikkinchi darchaga, biz o‘zimiz to‘g‘rimizdagi ma‘lumotlarni, firma nomini va sh.o‘.ni kiritishimiz mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni, «Xalq so‘zi» gazetasi, 2004 yil, 11-fevral.
O‘zbekiston Respublikasining «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonuni, «Xalq so‘zi» gazetasi, 2004 yil, 21-may.
O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» to‘g‘risidagi Qonuni. Oliy ta‘lim. Me‘yoriy hujjatlari to‘plami: Mualliflar jamoasi. – T.: SHarq, 2001, 672-b.