Mavzu: Go‘daklik davrida psixik rivojlanishda kattalar bilan emotsional muloqotning ahamiyati
Go‘daklik davri - bu bolaning himoyasiz, kam harakat, atrofidagi hodisalarga juda kam reaksiyasi bo‘lgan boladan juda jadal ravishda rivojlanadigan, faol, tez ilg‘aydigan, harakatchan, yordamga chaqira oladigan quvnoq bolaga aylanish davridir. Go‘dak Yoshidagi bola ham jismonan, ham psixik, ham ijtimoiy jihatdan juda tez rivojlanadi. U qisqa vaqt ichida kattalar bilan munosabat o‘rnatadi, predmetlarni ushlashga va ulardan foydalanishga o‘rganadi. U atrof-olamdagi narsalarni kuzatadi, predmetlarni qo‘li bilan ushlab, ularni qandayligini bilishga intiladi, tovushlarga e’tibor beradi va predmetlarni harakatlantirish yordamida shu tovushlarni o‘zi yaratishga harakat qiladi. U o‘z onasi va boshqa yaqinlari bilan emotsional munosabatga kirishadi. Juda qisqa vaqt ichida, kattalarning yaqin kelishidan quvonadigan bolaga aylanadi.Ilk Yoshdagi bolaning harakat faoliyati uning rivojlanish darajasini va nerv tizimining funksional holatini aks ettiradi. N.D. Levitovning ko‘rsatishicha, yangi harakatlarni egallash analizatorlarning rivojlanishi bilan chambarchas bog‘langandir, zotan kichkina bola olamni sezish yordami bilan biladigan mavjudot bo‘lganligi sababli, harakatlarning o‘z vaqtida taraqqiy etishi bolaning umumiy psixik taraqqiyotini ko‘rsatuvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Ilk Yoshdagi bolalarning muskullari juda bo‘sh bo‘ladi.Go‘daklik Yoshida bolalarni harakat ko‘nikmalari, ayniqsa qo‘l va oyoqlarning murakkab sensor koordinatlashgan harakatlari tez shakllanadi. Bu harakatlar keyinchalik bolalarni bilish va aqliy qobiliyatlarini yuzaga kelishida judayam sezilarli rol o‘ynaydi. Bola qo‘l va oyoq harakatlari hisobiga olam haqida axborotlarni ahamiyatli qismini oladi. Qo‘lning murakkab harakatlari idrokning birlamchi shakliga kiradi va odamning aqliy faoliyatini mukammallashuvini ta’minlovchi uning ajralmas qismiga aqlanadi. Bola qo‘lining katta impulsiv faolligi hayotining birinchi haftasida namoyon bo‘ladi. Bu faollik qo‘llarni silkitish, ushlash, barmoqlar harakatlarini o‘z ichiga oladi. Bola 3-4 oyligida predmetlarga qo‘l uzata boshlaydi, katalarning yordami bilan o‘tiradi. 5 oyligida u harakatsiz predmetlarni qo‘li bilan ushlay oladi. Bola harakatlanayotgan narsani kuzata boshlaydi. U turli ovozlarga, jumladan, kattalarning tovushlariga e’tibor bera boshlaydi.Go‘daklik davridagi bolaning hayoti to‘liq kattalar bilan hamkorliqdagi emotsional munosabat bilan bog‘liq bo‘lib, bola kayfiyatining yaxshi bo‘lishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi. 4-5 oyligidan boshlab, bola o‘z yaqinlarini begonalardan ajrata boshlaydi. Kattalar bilan emotsional munosabat shu Yoshdagi bolalarning asosiy etakchi faoliyati bo‘lib, bola psixik taraqqiyotining asosi bo‘lib hisoblanadi. Kattalarning doimiy ravishda bola bilan birga bo‘lishlariga unga o‘z diqqatlarini qaratishlariga odatlanishi, uning o‘yinchoqlarga nisbatan qiziqishining susayishiga olib kelishi mumkin. Tarbiyaning to‘g‘ri olib borilishi bolaning kattalar bilan bo‘ladigan muomala-munosabatini predmetlar, o‘yinchoqlar bilan munosabatining almashinishiga olib keladi. . Kattalar yordami bilan bajariladigan barcha xatti-harakatlari bolaning kelgusi psixik rivoji uchun asos bo‘ladi. Kattalarning bolaga nisbatan emotsional munosabati, ularning gaplariga bolaning o‘z diqqatini qaratishi, javob qaytarishga harakat qilishi, ba’zi so‘zlarni yodida saqlab qolib, emotsiya bildirishi, diqqat, xotira, nutq va boshqa bilish jarayonlarining rivojlanishiga zamin bo‘ladi. Ikki oylik davridan boshlab bolada oddiy ranglarni ajratish, 3-4 oyligidan boshlab, esa predmetlarning shaklini ajratish layoqati yuzaga kela boshlaydi. Go‘dak bola 2 oylik vaqtidan boshlab, o‘z onasining yuzini va ovozini o‘zgalarnikidan ajrata boshlaydi.
2-3 oylikdan boshlab esa, onasining tabassumi va kulgusiga tabassum va turli harakatlar bilan javob qaytaradi.3-4 oyligidan boshlab, bolalar yaqinlariga o‘z harakatlari bilan ko‘rish, eshitish yoki gapirishni xohlayotganligini ko‘rsatadilar. 8 oyligidan boshlab esa, bola o‘zgacha muhit va begonalar qo‘liga tushsa, o‘z xavotirini yig‘isi orqali namoyon etadi. Bu xavotir 14-18 oyligida asta-sekinlik bilan kamaya boshlaydi.2-3 oylik bolalarda yuzaga keladigan narsalarni ushlay olish harakatlarining shakllanishi ularda predmetlarning shakli va hajmini idrok qilishlarini rivojlanishiga olib keladi. Bir Yoshga etgan bolada atrof muhitni bilishga qiziqishi va rivojlanayotgan bilish faolligi ko‘zga tashlanadi.