Taqdimotlar yaratish instrumental vositalari



Yüklə 272,36 Kb.
səhifə2/6
tarix25.03.2023
ölçüsü272,36 Kb.
#90029
1   2   3   4   5   6
Abdumalikov Oybek IAKT Mustaqil ish

Taqdimot (inglizcha presentation so’zidan olingan) – audiovizual vositalardan foydalanib ko’rgazmali shaklda ma’lumot taqdim etish shakli. Taqdimot yagona manbaga umumlashgan kompyuter animatsiyasi, grafika, video, musiqa va ovozni o’zida mujassam etadi. Odatda taqdimot ma’lumotni qulay qabul qilish uchun syujet, ssenariy va strukturaga ega bo’ladi.
Taqdimotlar so’z bilan ifoda qilish qiyin bo’lgan jarayonlarni tez, aniq va tushunarli bo’lishi, axborotni qabul qilishda turli xil ko’rinishlarda aks etirilishi o’qituvchiga darsni tashkillashtirish va faol bo’lishida ko’makchi vositasini o’taydi.
Hozrgi kunda yoshlarning zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan oliy taʼlim muassasalarida deyarli barcha darslar taqdimot orqali olib boriladi.Yoshlarning zamonaviy vositalar yordamida taʼlim olishlari uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Multimediali taqdimot – bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma’lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo’rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o’lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta’minot bo’lishi mumkin. Taqdimotning ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda o’zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir.
Ma’lumki, inson ma’lumotning ko’p qismini ko’rish (~80%) va eshitish (~15%) organlari orqali qabul qiladi (bu avvaldan aniqlangan va kino hamda televidenieda undan samarali foydalaniladi). Multimediali texnologiyalar ushbu muhim sezgi organlarining bir vaqtda ishlashiga yordam beradi. Dinamik vizual ketma-ketlik (slayd-shou, animatsiya, video)ni ovozli tarzda namoyish etish orqali insonlarning e’tiborini ko’proq jalb qilamiz. Shundan kelib chiqib, multimediali texnologiyalar axborotni maksimal samarali tarzda taqdim etishga imkon beradi.
Multimediali taqdimot ma’lumotni to’g’ridan to’g’ri qabul qilishni ta’minlaydi. Foydalanuvchi taqdim etilayotgan barcha ma’lumotlarni ko’radi va o’zini qiziqtirgan qismlaridan foydalana oladi. Ma’lumotni qabul qilish katta mehnat va vaqt talab qilmaydi. Ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan farqli ravishda multimediali taqdimot bir necha o’n minglab sahifa matn, minglab rasm va tasvirlar, bir necha soatga cho’ziladigan audio va video yozuvlar, animatsiya va uch o’lchamli grafikalarni o’z ichiga olgan bo’lishiga qaramay, ko’paytirish xarajatlarining kamligini va saqlash muddatining uzoqligini ta’minlaydi.

Yüklə 272,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin