Taqdimotlarni yaratish texnologiyalari.
Power Point dasturi
Reja:
1. Taqdimot haqida tushuncha
2. MS Power Point dasturi
3. MS Power Point dasturida taqdimotlar yaratish
Kundalik hayotimizda biz ko’pchilik hodisalar bilan tanishamiz va bular
inson ongida turlicha aks etishi bilan farqlanadi. Butun borliq atrofimizni
o’rab turgan olamning ongimizdagi aksi bu axborot sanaladi. Inson
hamisha ko’rganlarini eslab qolishga va yoddan chiqarmaslikka harakat
qiladi. Buning uchun esa turli xil yo’llarni o’ylab topdi va rivojlantirdi.
Hozirgi elektron hisoblash texnikalari rivojlangan davrda buning yo’li juda
osonlashib qolgan. Elektron qurilmalar va shu maqsadga yo’naltirilgan
vositalar bunda katta yordam beradi. Aynan shunday maqsaddagi ishlar
uchun ham Microsoft Office kompaniyasi Power Point dasturini ishlab
chiqargan.
Prezentatsiya - bu slaydlar va maxsus effektlar to’plami bo’lib, ularni
ekranda ko’rsatish, tarqatiladigan material, ma’ruza rejasi va konspekt
shaklida bitta faylda saqlanadi, Prezentatsiya (taqdimot) - yaratilayotgan
slaydlar turkumi va uni namoyish etish uchun beriladigan fayl nomi. Slayd
- bu prezentatsiyani alohida kadri bo’lib, matnni, sarlavhalarini grafik va
diagrammalarni o’z ichiga oladi. Slayd - ma`lum bir o’lchamga ega bo`lgan
muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda biror maqsad bilan yaratilayotgan
namoyish elеmеntlari joylanadi. Ma’ruza konspekti - Power Pointda
prezentatsiya ustida ishlash jarayonida yaratilgan ma’ruza konspekti.
Chop etish vaqtida ma’ruza konspektining har bir betida slayd va
tekstning mazmunini tushuntiruvchi kichiklashtirilgan tasvir chiqarilgan
bo’ladi. Prezentatsiya strukturasi (tuzilishi) - faqatgina slayd sarlavhasini,
shuningdek, grafik tasvirsiz asosiy matnni va maxsus shakllantirishni
ichiga olgan hujjat.
Microsoft Power Point (to'liq nomi — Microsoft Office Power
Point, inglizcha: power pointpower point — ishonarli hisobot) —
taqdimotlar yaratish va ularni tomosha qilishga mo'ljallangan dastur
bo'lib, Microsoft Officening bir qismi hisoblanadi va Microsoft
Windows, macOS tizimlarida ishlash imkoniyatiga ega. Bu dastur 1987 –
yilda yaratilgan bo’lsa ham, shu kungacha hech qanday ahamiyatini
yoqotmagan va hali hamon yetakchi o’rinlarni egallab kelmoqda.
PowerPointda
yaratilgan
taqdimotlar proyektor yordamida
katta
ekranlarda yoki katta o'lchamli televizion ekranlarda ko'rishga
mo'ljallangan.
Microsoft Power Point — univеrsal, imkoniyatlari kеng bo`lgan,
ko`rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm,
chizma, grafiklar, animasiya effеktlari, ovoz, vidеorolik va boshqalardan
tashkil topgan slaydlarni yaratish imkonini bеradi.
MICROSOFT POWER POINT dan foydalanayotgan har bir foydalanuvchi
yoki u yangi ish boshlovchi bo’lsa, yoki tajribali bo’lishidan qat`iy nazar,
ushbu dasturga kiritilgan yangi usullarni yuqori darajada baholaydi.
Kompyuter texnologiyasining rivojlanib borishi taqdimot masalasini hal
etish ham oson, ham tez va asosiysi, sarf-harajatni juda ham kam
bo’lishini ta'minlaydi. Shunday dasturlar yaratildiki, saydlar tayyorlash
uchun matn, grafik muharrirlari, elektron jadval, multimedia dasturlari va
Internet xususiyatlarini bog’lagan holda, quyidagi imkoniyatlarni beradi:
1) matn, rasm chizma va jadvallarni slayd sahifasida belgilangan tartibda
joylashtirish; 2) matn, rasm chizma va jadvallarni slayd sahifasida ixtiyoriy
tartibda joylashtirish; 3) taqdimotdagi bir slayd bezagini qolgan barcha
slaydlarga avtomatik o’tkazish; 4) taqdimotdagi har bir slaydni alohida
ko’rinishda bezash; 5) taqdimotda multimediali slaydlar yaratish. Dastur
tomonidan matn, rasm, grafik va jadvallarni slayd sahifasida belgilangan
tartibda joylashtirish.
Taqdimot qilish tеxnologiyasining samaradorligi ko`p jihatdan taqdim
etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va h.k.larga
bog`liq ekanligini ham unutmaslik lozim.
Tarixi
Power Point yaratish fikri Berkli oliygohi talabasi Bob Gaskinsda paydo
bo'ladi. 1984-yil Gaskins Forethought firmasiga qo'shildi va Dennis Ostin
ismli dasturchini ishga yollaydi. Bob va Dennis harakatlarini
birlashtirishadi va Presenter dasturini yaratishadi. Dennis dasturning
original versiyasini Tom Rudkin bilan yaratadi. Keyinchalik Bob dastur
nomini Power Point deb o'zgartirishga qaror qiladi.
1987-yil Power Point 1.0 Apple Macintosh tizimi uchun namoyish
etiladi. U oq-qora formatda ishlagan. Keyinchalik Macintoshning rangli
ko'rinishlari paydo bo'lgan va dasturning ham rangli versiyasi yaratilgan.
PowerPointning ilk versiyalarida dastur tarkibiga ko'k jildli kitob
shaklidagi yo'riqnoma kiritilgan, ammo bu biroz qimmatga tushishi
munosabati bilan Forethought elektron yo'riqnomaga o'tishga qaror
qiladi.
1987-yil Forethought va Power Point Microsoft tomonidan $ 14 mln.ga
sotib olinadi. 1990-yil Microsoft Office paketi to'plamidagi Windows
uchun versiyasi namoyish qilindi. 2002-yildan boshlab Office XP Power
Pointning paydo bo'lishi bilan u Office paketidan alohida ham tarqatilishi
mumkin edi.
Dostları ilə paylaş: |