Taqqoslamalar nazariyasi elementlari



Yüklə 62,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix19.12.2023
ölçüsü62,53 Kb.
#186102
1   2   3   4   5
Matyaq ubova Nazira (9)


часть
2
 
«
Научный импульс
»
Ноябрь
, 202
1617 
XX asr boshlarida AQSh va Yevropa mamlakatlarida obyekt va mahsulotlarni ballar 
vositasida baholash va standartlashtirish yo‘lga qo‘yildi. Shu tariqa boshqa mamlakatlarda 
ham sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash va amaliyotda qo‘llash borasida muayyan ishlar amalga 
oshirila boshlandi. Bu harakatlar kvalimetriyaning ilmiy fan sifatida maydonga chiqishiga va 
tadqiqot ko‘lami kengayishiga turtki bo‘ldi. 
Kvalimetriyaning uchta — nazariy (umumiy), maxsus va amaliy tarmoqlari mavjud. 
Nazariy kvalimetriyada aniq obyekt loyihalanadi (abstraksiyalanadi) va uning sifat 
ko‘rsatkichlarining umumiy qonuniyatlari hamda matematik modellari o‘rganiladi. Nazariy 
kvalimetriyaning tadqiqot obyekti jism, ishlab chiqarish mahsulotlari, obyekt va 
subyektlarning sifatini miqdoriy baholashning falsafiy va metodologik asoslarini ishlab 
chiqish sanaladi. 
Nazariy kvalimetriyaning amaliy sohalarida turli obyekt va jarayonlarning sifatini 
baholash metodikasi va nazariy asoslari umumiy xususiyatga ega. Maxsus kvalimetriya turli 
maqsadda foydalaniladigan obyektning sifatini baholashning aniq metodikasi va matematik 
modelini ishlab chiqadi. Maxsus kvalimetriyaning ekspert, ehtimollik-statistik, indeksli, 
kvalimetrik taksonomiya kabi turlari mavjud. 
Amaliy kvalimetriya texnika, ishlab chiqarish, inson faoliyati, turli loyiha va 
jarayonlarning sifatini baholashni ishlab chiqadigan soha sanaladi. U boshqa fanlar bilan 
o‘zaro bog‘liq bo‘lib, texnik kvalimetriya, ijtimoiy kvalimetriya, pedagogik kvalimetriya, 
tibbiy kvalimetriya, geologik kvalimetriya kabi tarmoqlari mavjud. 
Pedagogik kvalimetriya yillar davomida to‘plangan tajribalar, dalillar asosida vujudga 
kelgan va shakllangan ilmiy-nazariy fan bo‘lib, ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan 
pedagogik innovatsiya va unga bog‘liq holda o‘qituvchining pedagogik faoliyatini yaxlit 
o‘rganadi. Bunda pedagog kadrlarning kasb malakasi va pedagogik mahorati taqqoslash 
orqali aniqlanadi. 
Pedagogik kvalimetriyaning metodologik muammolari shu kunga qadar ilmiy 
tadqiqotchilar diqqat-e’tiboridan chetda qolgan va ular o‘z yechimini kutmoqda. 
Pedagogik kvalimetriyaning tadqiqot obyekti ta’lim-tarbiya jarayonining sifati, ta’lim 
oluvchilarning o‘quv-bilish faoliyatining tashkil etilishi va boshqarilishi, o‘qituvchi faoliyatini 
nazorat qilish va baholash sanaladi. 
Pedagogik kvalimetriyaning fan sifatida shakllanishi hamda rivojlanish tarixini shartli 
ravishda uch davrga bo‘lib o‘rganish mumkin: 
1. Ilk o‘rta va o‘rta asrlar, ya’ni hali ilmiy asoslanmagan, empirik rivojlanish davri. 
2. XVI — XIX asr oxiri — ta’lim-tarbiya jarayonining sifati bo‘yicha dastlabki tasavvur 
paydo bo‘lgan davr. 
3. Pedagogik kvalimetriyaning yangi va eng yangi rivojlanish davri, ya’ni ilmiy 
asoslangan, metodologik asoslari aniqlangan, nazariy, maxsus va amaliy tarmoqlariga, ilmiy 
o‘lchov parametrlariga ega davri. 
Ilk o‘rta va o‘rta asrlar, ya’ni hali ilmiy asoslanmagan, empirik rivojlanish davrida 
ta’lim muassasalarining asosiy vazifasi bilim oluvchilarning ongiga falsafiy-diniy 


Международный
научный
журнал

4
(100), 
Yüklə 62,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin