Международный
научный
журнал
№
4
(100),
часть
2
«
Научный
импульс
»
Ноябрь
, 202
1616
PEDAGOGIK KVALIMETRIYANING ZAMONAVIY METOD VA VOSITALARI ASOSIDA
“TAQQOSLAMALAR NAZARIYASI ELEMENTLARI” NI O‘QITISH TEXNOLOGIYASI
Matyaqubova Nazira
Nizomiy nomidagi TDPU
aniq va tabiiy fanlarni uqitish metodikasi
(matematika) 2kurs magistri
Annotatsiya
:
Ushbu maqolada Pegogogikada kvalimetriya orqali zamonaviy
metodlar asosida oʻqitish va taqqoslash metodikasi haqida soʻz yuritiladi.
Kalit soʻzlar
:
kvalimetriya, pedogogika, metros,sifat ,kollekvium
.
Jahonning rivojlangan mamlakatlari ta’lim tizimida muvaffaqiyatli qo‘llanib
kelinayotgan xalqaro baholash tizimlari — TIMSS (The Trends in International Mathematics
and Science Study) , TALIS (Teaching and Learning International Survey) va
PISA(Programme for International Student Assesment)dan respublikamiz uzluksiz ta’limida
ham foydalanish maqsadga muvofiq. Buning uchun obyekt
va jarayonlarning sifatini
baholashga mo‘ljallangan kvalimetriya fani haqida ma’lumot berilishi lozim.
Kvalimetriya — tabiatdagi barcha obyektlarning va jamiyatda sodir bo‘ladigan
jarayonlar, ishlab chiqarish sohasida yaratilgan mahsulotlarning sifatini baholash
muammolari hamda metodologiyasini o‘rganuvchi fan. U lotincha “quails” — sifat, qadimiy
yunoncha “metros” — o‘lchov degan ma’noni
anglatib, obyekt, mahsulot,
jarayonlar
sifatini baholash metodlarini o‘zida mujassamlashtirgan, turli metod va vositalar yordamida
erishilgan natijani belgilovchi fan tarmog‘idir.
Hozirgi zamon nuqtayi nazaridan kvalimetriyaning sifat ko‘rsatkichlari ikkita yirik
guruh — tabiiy va ijtimoiy ko‘rsatkichlarga ajratib o‘rganiladi.
Tabiiy ko‘rsatkichlar, o‘z navbatida, o‘rganilayotgan obyektning fizikaviy, kimyoviy va
biologik miqdor ko‘rsatkichlariga ajratiladi.
Ijtimoiy ko‘rsatkichlar jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichidagi voqea-hodisalar,
ishlab chiqarish va iste’mol
mahsulotlari, pedagogik jarayonlar,
shaxsning ijtimoiy va
mustaqil hayotdagi mavqeyi va o‘rni, savodxonligi,
tarbiyalanganlik darajasi, shaxs
kamolotiga nisbatan qo‘llaniladi.
Kvalimetriya yuqorida qayd etilgan har bir guruhning miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini
yaxlit o‘rganadi va baholashning umumiy tartibini ishlab chiqadi.
Obyekt va mahsulotlar sifatini tashxislash va miqdoriy baholash XV asrda yo‘lga
qo‘yilgan bo‘lib, dastlab hunarmandlar o‘z mahsulotlari
sifatini belgilaydigan
ko‘rsatkichlarni aniqlagan va sifat belgilarini qo‘ya boshlagan. Shu tariqa tovarshunoslik
vujudga kelgan va 1549-yili Italiyadagi Paduan universitetida dastlabki “Tovarshunoslik”
kafedrasi tashkil etilgan.