TAQRIZ
“Avtomobil yo’llarining rivojlanish tarixi va aloqa yo’llari” fanidan ishchi dasturi 2021-yil 4-sentabrda tasdiqlangan namunaviy o'quv reja, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 4- sentabrdagi 465-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan “Avtomobil yo’llarining rivojlanish tarixi va aloqa yo’llari” fani namunaviy dasturi asosida Qo'qon avtomobil va yo'llari texnikumining maxsus fanlar kafedrasida ishlab chiqilgan.
Bugungi kunda yirik sanoat korxonalari, turli muhandislik inshoatlari, xususan, avtomobil yo’llari, ko’priklar va aerodromlar loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish, jahon standartlari talabiga mos holda bunyod etish uchun Avtomobil yo’llarining rivojlanish tarixi va aloqa yo’llarini o’rganishga bo'lgan talabni kuchaytiradi. Ushbu ishchi dasturda ta'lim oluvchilarni avtomobil yo’llari, ko’priklar va aerodromlar loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish, ularning qo'llanilish sohalari, ulardan foydalanish masalalarini hal qilishda muhim o’rin tutadi. Professional ta'lim yo'nalishida ta'lim oluvchilarni yo’l qurilishi bo’yicha avtomobil yo’llari, ko’priklar va aerodromlarni qurish, saqlash ishlari bo’yicha dastlabki bilim, ko’nikmalarni shakllantirish maqsad qilib qo'yilgan.
Ushbu ishchi dasturi ta'lim oluvchilarda rejada ko'rsatilgan 90 soat davomida
malaka talabida belgilangan kompetensiyalarni shakllantirish, avtomobil yo'llari va
aerodromlar qurishda, foydalanishda, ta'mirlashda zarur bilim, ko’nikmalarni shakllantirishni o'z oldiga vazifa qilib qo'ygan.
Ishchi dasturda o'quvchilar o’quv fanini o'tgach quyidagi: So’qmoqlardan yo’llarni yuzaga kelishi, qadimgi savdo yo’llari, harbiy yo’llar, Davlatni boshqarish uchun yo’llar, qadimgi Rimning yo’l tarmog`i va ulardagi yo’l to’shamasini konstrukstiyalari, o’rta asrlarda yo’l qurilishi, sanoat inqilobi va yo’l qurilishining ribojlanishi, O’zbekiston yo’l tashkilotlarining yangidan tashkil etilishi, O’zbekiston Respublikasining mustaqil yillarida avtomobil yo’llarining ribojlanishi, aloqa yo’llarining tasnifi. Tranzit xarakat yo’nalishlari. Temir yo’llarining rivojlanish istiqbollari. Daryo yo’llari va ularga qo’yiladigan talablar. Aerodrom va uning asosiy elementlari. Shahar ko’chalari va yo’llarning tasnifi. Avtomobil yo’llarida sun’iy inshoatlar. Yo’l xarakatini tashkil qilish va xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha bilim, ko'nikmalariga ega bo'lishlari ko'rsatib o'tilgan.
O’quv fanini o’zlashtirish uchun o'quvchi yo'l qurilish materiallari, geologiya va gruntshunoslik, avtomobil yo’llari, ko’priklar va aerodromlar qurilishi, geodeziya asoslari, avtomobil yo’llarida qidiruv va loyihalash fanlaridan bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlari talab etiladi.
Ishchi dasturda keltirilgan ma'lumotlar amaldagi normativ huquqiy hujjatlar:
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 6.09.2019 yildagi "Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi, PF-5812-sonli Farmoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2020 yil 7 avgustda "O'zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang'ich, o'rta va o'rta maxsus professional ta'lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi 466-sonli qarori, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining 2020 yil 4 sentabrda “Professional ta'lim muassasalari uchun o'qitish materiallari to'plamlarini yaratishni tashkil etish to'g'risida”gi 465-son buyrug’iga, malaka talablariga mos holda bayon etilgan. Shuningdek, o'quv fani bo'limlari va mavzularini o'qitish ketma-ketligi ochib berilgan, o’qitish jaroyonida innovatsion yondashuvga asoslanib o’quvchilarga topshiriqlar berishda “Aqliy hujum”, "Boshqotirmalar usuli", "Idrok xaritasi", “Qanday?”diagrammasi, “Mashq” usuli kabi innavatsion usullaridan mavzuga mos holda o'rinli foydalanilgan.
Ushbu ishchi dastur Qo’qon avtomobil va yo'llar texnikumining 5.54.06.01.-“Avtomobil yo’llari, ko’priklar va aerodromlar qurilishi” kasbi o'quv guruhlarida “Avtomobil yo’llarining rivojlanish tarixi va aloqa yo’llari” fanidan o'quv mashg'ulotlarini tashkillashtirish va yillik taqvimiy-mavzu ish rejasini ishlab chiqishda foydalanish uchun tavsiya etiladi.
Farg'ona yo'llardan muntazam
foydalanish unitar korxonasi rahbari: B.Raxmonov
Dostları ilə paylaş: |