Taqrizchilar: O‘quv qo‘llanma Ijodiy ta’lim jarayonini shakillantirish



Yüklə 9,18 Mb.
səhifə25/66
tarix14.10.2023
ölçüsü9,18 Mb.
#155131
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   66
Ijodiy ta\'lim (O\'quv qo\'lllanma)

Amaliy mashg’ulot topshirig’i:

  • TRIZ kreativ metodi va qo’llanilishi, uning ta’lim berish jarayonidagi o’rni va xususiyatlarini tariflang.

Nazorat uchun savollar:



  1. “TRIZ” kreativ ta’lim metodining asosiy vazifalarini izohlang.

  2. “TRIZ” kreativ ta’lim metodining alohida jihatlarini tariflang.


№ 14 - Amaliy mashg‘ulot




Mavzu: KWHL METODI VA QO’LLANILISHI


Darsning maqsadi: KWHL metodi va qo’llanilishi ko’nikmalarini shakllantirish jarayonlari bilan tanishtirish.
Metodik ko’rsatmalar

Metodning maqsadi: Mazkur metod tinglovchilarda yangi axborotlar tizimini qabul qilish va bilimlarni tizimlashtirish maqsadida qo‘llaniladi, shuningdek, bu metod tinglovchilar uchun mavzu bo‘yicha qo‘yidagi jadvalda berilgan savollarga javob topish mashqi vazifasini belgilaydi.


Izoh. KWHL:
Know – nimalarni bilaman?
Want – nimani bilishni xohlayman?
How - qanday bilib olsam bo‘ladi?
Learn - nimani o‘rganib oldim?



KWHL” metodi

K

1. Nimalarni bilaman:

W



2. Nimalarni bilishni


xohlayman, nimalarni
bilishim kerak:

H



3. Qanday qilib bilib va
topib olaman:



L



4. Nimalarni bilib oldim:





Ta’limda qo‘llaniladigan grafikli organayzerlarning soni ko‘p. Grafikli organayzerlarni barcha fanlar uchun tayyorlash mumkin, maxsus ta’lim da esa ular talabalar bilimni boshqarishda juda ham foydali hisoblanadi. Bu organayzerlarning ba’zilari konkretlashtirilgan bo‘lsa ham, ular orasida miya hujumi va bilimlar bilan dastlabki tanishish borasida KWL-diagrammasi eng ko‘p ishlatiladi.


KWL-diagrammasi – bu grafik organayzer bo‘lib, bilimlarni, savollarni, shuningdek olingan bilimlarni ѐzish uchun mo‘ljallangan. Oliy ta’lim da boshlang‘ich kurs talabalari uchun o‘qish va ma’lumot to‘plash borasida e’tiborni bir joyga jamlashda KWL-diagrammasi juda ham unumli hisoblanadi.
KWL - diagrammasi ma’lum bo‘lgan ma’lumot haqida fikr yuritish,unga qiziqish, yangi ma’lumotlarni topish imkoniyatini beradi. Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi. Tipik KWL-diagrammasida uchta ustuncha bor:
K – Men nimani bilaman;
W –Men nimani bilishim kerak;
L – Men nimani bildim?.
Majburiy bo‘lmagan «H» ustuncha (N ―Men qanday o‘qiyman?) ham bor, bunda KWHL-diagrammasi hosil bo‘ladi.
KWL diagrammasining birinchi ustuni – bu

  • K ustuni, yoki ―Men nimani bilaman‖ ustunidir. Bunda talabalarning mavzu bo‘yicha boshlang‘ich bilimlari miya hujumi usulini amalga oshirish orqali belgilanadi. Talabalar o‘zlarining bilimlarini kalit so‘zlar yoki qisqa gaplar bilan izohlashadi va yozishadi. K ustuni ancha keng informasiyani o‘zida saqlaydi, bunda yo‘naltiruvchi savollar qo‘llanilishi mumkin.

  • W ustuni yoki ―Men nimani bilishni hohlayman (bilishim kerak)‖ ustuni mavzudan nimalarni olish haqida fikrlashga undaydi. Talabalar o‘zlarining dastlabki bilimlarini qo‘llagan holda mavzu bo‘yicha yana nimalarni bilib olishi haqida o‘ylashi kerak. Bu ustun talabalarni aniq maqsad bilan ishlashga undaydi.

  • N ustuni, ya’ni - Men qanday o‘qiyman ustuni talabalarga ma’lumotni qayerdan izlashni rejalashtirishga yordam beradi.

  • W ustunidagi savollarni qo‘llab, bilim olish uchun qanday resurslarni topishi yoki ishlatishi mumkinligi haqida o‘ylashadi. Bunda o‘qituvchi talabalar uchun resurslarning minimal miqdorini belgilab berishi mumkin.

  • L - ustuni yoki ―Men nimani o‘rgandim (bildim) ustuni talabalar matn yoki masala ustida olib borgan ishlari tugatilgandan keyin to‘ldiriladi.

Bu yerda talabalar ―W ustunida qo‘yilgan savollarga javob berishadi. Bundan tashqari, talabalar ayni vaqtda bilib olgan qiziqarli narsalarni ham yozishi mumkin. Agar talabalar ―W ustunidagi barcha savollarga javob bera olmasa, unda javob topish uchun boshqa resurslarni izlashga ruxsat beriladi, asosiysi savollar javobsiz qolmasligi lozim.




Yüklə 9,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin