Taqsimlovchi qurilmalarni ishlatish bo‘yicha umumiy talablar va ularning vazifalari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə4/5
tarix29.04.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#104873
1   2   3   4   5
43-mavzu

Havoli uzgichlar.
Energetika tizimlarida havo to‘ldirilgan bo‘lgichga ega bo‘lgan havoli uzgichlar keng tarqalgan (4.4- rsam). Uzgich ketma-ket ulangan ikkita kontakt tizimiga ega. Birinchisi – yoy so‘ndiruvchi kameralarning kontakt tizimi bo‘lib, uning kontaktlari uzgichni yoy so‘ndirish uchun lozim bo‘lgan masofaga ajralishiga sarflanuvchi qisqa vaqt davomida ajraladi. Ikkinchi tizim – bo‘lgichlarning kontakt tizimi bo‘lib, ular uzgichning uzilgan holatida ishonchli izolyasion oraliq hosil qiladi. Havoli uzgich bilan amallar ulash elektromagniti zanjirini ulash yoki siqilgan havo klapani tizimiga ta’sir etuvchi zanjirni uzish orqali amalga oshiriladi. 110 kV va undan yuqori kuchlanishda har bir qutb qutbni ulash va uzish klapanlari bloki, boshqarish elektromagnitlari, yuritmali signallash-bloklash kontaktori SKB, qutb holatini ko‘rsatuvchi signal lampasi, elektr kontaktli manometr, qutblarning yig‘malari, tutashtiruvchi quvurlar, elektr isitkichlar va sh.k.lar jamlangan alohida boshqarish shkafiga ega bo‘lgan mustaqil uzgichni ifodalaydi.

4.4- rasm. Havo to‘ldirilgan bo‘lgichli VVN-330-15 havoli uzgichi:
1- bo‘lgich; 2- sig‘imli kuchlanish bo‘lgich; 3- bo‘lgichning tayanch izolyatorlari; 4- tortuvchi izolyatorlar; 5- bo‘lgichning purkash klapani; 6- uzgichning asosi – ikkita siqilgan havo rezervuarlari; 7- boshqarish shkafi; 8- yoy so‘ndiruvchi kameralarning purkash klapani; 9- so‘ndiruvchi kameralarning tayanch izolyatorlari; 10- yoy so‘ndiruvchi kameralar; 11- shuntlovchi qarshiliklar; 12- yoy so‘ndiruvchi kameralarni bo‘lgich bilan bog‘lovchi quvur shinalar.

Tashqi tomondan ko‘rikdan o‘tkazishda havoli uzgichning umumiy holati, so‘ndiruvchi kameralarning izolyatorlari, bo‘lgichlar, shuntlovchi qarshiliklar va sig‘imli kuchlanish bo‘lgichlari, tayanch kolonkalari va izolyasiyalovchi tortmalarning butunligi hamda izolyatorlarning sirtlarini ifloslanmaganligiga e’tibor qaratiladi. Taqsimlovchi shkafda o‘rnatilgan manometrlar bo‘yicha uzgichning rezervuarlaridagi havoning bosimlari va uning ventilyasiyaga kirib kelishi tekshiriladi. AQU bilan ishlovchi uzgichlarda bosim 1,9- 2,1 MPa (optial bosim 2,0 MPa), AQU siz uzgichlarda esa 1,6-2,1 MPa oralig‘ida bo‘lishi shart. Havoning bosimi ko‘rsatilgan qiymatlardan kichik bo‘lgan uzgich ishga tushrilmasligi shart.


Ushbu maqsadda boshqarish sxemasi amallarni bajarishga to‘sqinlik qiluvchi blokirovka ko‘zda tutilgan. Bosim 1,6 MPa dan kichik bo‘lganda manometrlardan biri ulash va uzish zanjirlarini ochadi, boshqasi esa, bosim 1,9 dan kichik bo‘lganda

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin