Transport logistikasi - transportda moddiy oqimlarni boshqarish
Transport logistikasining axborot bilan ta‘minlash, transport logistikasi tizimlarini davlat tomonidan tartibga solish va qoʻllab-quvvatlash kabi masalalar qarab chiqildi. Shuningdek, transport logistikasining turli masalalarini hal qilishga doir amaliy masalalar qaralgan, masalalarni yechish usullari, qaralgan mavzularga mos tushunchalarni amaliy mustahkamlashga qaratilgan.
Transport logistikasi - bu jamoat transporti orqali mahsulotlarning harakatlanishini tashkil qilish bilan bogʻliq muammolarni kompleksini hal qiladigan logistika
Transport logistikasida koʻpincha marketing va menejmentning klassik modeli va vositalari qoʻllaniladi. Bobda transport logistikasi kursi dasturiga mos keluvchi nisbatan soddaroq, va matematika va kompyuter dasturlarini qoʻllashni talab qiluvchi nisbatan murakkabroq logistik masalalar va ularni yechishga doir koʻrsatmalar keltirilgan.
Logistik taqsimot (tarqatish) sxemasini tanlash masalasi Kompaniya Germaniyadan mahsulotlarni sotib oladi va keyinchalik ularni Chelyabinskka yetkazib beradi. Polsha orqali avtotransport yordamida ular Orsha shahriga (Belorussiya) yetkazib beriladi, u yerda mahsulotlar konsolidasiya qilinadi (jamlanadi) va temir yoʻl stansiyasida vaqtincha saqlanadi. Bojxona hujjatlari u yerda qayta ishlanadi. Keyinchalik mahsulotlar Chelyabinsk shahridagi bojxona omboriga olib boriladi, u yerda ham mahsulotlarni bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshiriladi. Keyin yuk vagonlardan yuk mashinalariga qoʻlda yuklanadi va kompaniyaning 161 omboriga yetkazib beriladi. Ammo ushbu sxemaning kamchiliklari bor. Masalan, Belorussiyada kompaniyaning vakolatxonasi assortimentni nazorat qilmaydi, faqat yuklarni tashish hamda saqlashni tashkil qiladi. Shuning uchun buyurtmalarni tanlashda xatolar kompaniyaning Chelyabinskdagi omborida topilgan. Bundan tashqari, vositachilar bilan ishlash qimmat (mahsulotlarni qoʻl bilan topshirish, tushurish va ortish) va har xil (paketlar, tagliklar, qadoqlar). - Logistik tizimning imkoniyatlarini aniqlash masalasi Masala. Kompaniya 750 ml shisha sharbat ishlab chiqaradi. Kompaniyaning zavodi haftasiga yetti kun ishlaydi va kuniga 120 ming litr suv quyadi. Shishadan idishlar qadoqlash joyiga yetib boradi. Qadoqlash joyining hajmi har biri 12 shishadan iborat 20000 qadoq. Qadoqlash joyi haftada 5 kun ochiq. Qadoqlangan idishlar kompaniyaning transport boʻlimi tomonidan omborga yetkazib beriladi. Kompaniyada 8 ta yuk mashinalari mavjud boʻlib, ular har biri 300 ta paketni tashiydi, kuniga 4 marotaba, haftasiga 7 kunni tashkil etadi. Korxonada 2 ta ombor mavjud boʻlib, ularning har biri haftasiga 30 mingtagacha paketni qayta ishlashi mumkin. Ombordan yetkazib berish ulgurji xaridor tomonidan amalga oshiriladi, ular birgalikda bir kun ichida kompaniyaning transport boʻlimi tomonidan omborga olib kelingan barcha mahsulotlarni olib chiqib ketishlari mumkin.