Guruh roli (o`rni) guruh uchun bajaradigan vazifasiga ko`ra insonning shu guruhdagi barqaror, mustahkam holati (o`rni, pozitsiyasi).
Guruh umumiy bo`lgan bir yoki bir necha belgilarga ko`ra birlashgan kishilar yig`indisidir.
Guruhning birdamligi - fikrlar birligi, etiqodlar, anhanalar birligida, shaxslararo munosabatlar, kayfiyatlarning ijobiy xarakterida va guruh psixikasining boshqa belgilarida, shuningdek, hamkorlikdagi amaliy faoliyatning birligida namoyon bo`ladigan guruh azolari birligining psixologik xarakteristikasidir.
Gipoteza o`rganilayotgan zxodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiradigan asosli tahmin tarzidagi bilim shakli.
Guruhda kuchlarning munosabati bu guruhiy jarayonlarni hamda guruh azolarining hulq-atvorini nazorat qilish imkoniyatlarining guruh obektlari o`rtasida taqsimlanishidir. Liderlik tushunchasida, guruh dinamikasi va sh.k. larda namoyon bo`ladi.
Geniy bu yangiliklarni yaratuvchi va kashf qiluvchi shaxs.
Dunyo obrazi - insonga dunyoda harakatlana olish uchun mo`ljal bo`lib xizmat qiladigan olam to`g`risidagi, boshqa kishilar, o`zi va o`z faoliyati to`g`risidagi bir butun, yaxlit ko`p darajali tasavvurlari tizimidir. Bu subektiv kechinmalar tilida yaratilgan tashqi dunyoning ichki modelidir. Takidlash lozimki, bu olamni idrok qilish natijasida hosil bo`lgan, ichki rejaga noavtomatik tarzda ko`chirilgan obrazlar emas, balki hayotiy faollikning har biri keyingi momentidagi hodisalarni bashorat qila oladigan, chuqur anglanmagan taxminlar asosida aktiv qurilgan tizimdir. O`zini va tashqi olamni faol o`zlashtirish davomidagi tekshirish usullari bilan (sinov va xatolar) yaratiladi.
Diqqat ongning muayyan obektlar to`plami, jarayonlarga (tashqi yoki psixikaga bog`liq) tanlangan holda yo`naltirilishidir. Bazan nazorat va o`z-o`zini nazoratni ham diqqatga kiritishadi.
Dunyoqarash tartibga solingan, aqliy ongli tizimga aylantirilgan bilim, taasvvurlar va g`oyalar majmui bo`lib, u shaxsni malum bir qolipda, o`z shaxsiy qiyofasiga ega tarzda munosib o`rin egallashga chorlaydi.
Dil- jon,qalb,yurak,ko`ngil markaziy osiyo falsafiy tafakkurida ushbu tushunchalar deyarli bir xil manoda ifodalanib borliqning nomoddiy asosida hamda insonning tub mohiyatini ifodalash uchun xizmat qilib kelgan.