Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi


Bog`cha umr davrlariidagi bolalar shaxsining shakllanishi



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə50/63
tarix10.09.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#63536
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   63
Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi (1)

Bog`cha umr davrlariidagi bolalar shaxsining shakllanishi.
Bog`cha umr davrlariidagi bolalar shaxsining shaqilllanishiga ko`ra bu davrni uch qismga ajratish mumkin: Birinchi davr–bu 3–4 umr davrlari oralig`ida bo`lib, bola emotsional jixatdan o`z–o`zini boshqarishning mustaxkamlanishi bilan bog`liqdir. Ikkinchi davr–bu 4–5 umr davrlarini tashqill qilib axloqiy o`z –o`zini boshqarish. Uchinchi davr esa shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik xususiyatining shalklanishi bilan xarakterlanadi.
Maktabgacha davrda axloqiy tushunchalar borgan sari qatoiylasha boradi. Axloqiy tushunchalar manbai bo`lib ularning taolim –tarbiyasi bilan shug`ullanayotgan kattalar, shuningdek, tengdoshlari xam bo`lishi mumkin. Axloqiy tajribalar asosan muloqot, kuzatish, taqlid qilish jarayonida, shu bilan birga kattalarning ayniqsa onalarning maqtovi va tanqidlari orqali o`tadi va mustaxkamlanadi. Bola doimo baxo, ayniqsa maqtov olishga xarakat qiladi. Bu baxo va maqtovlarning bola shaxsidagi muvaffaqiyatga erishishga xarakat xususiyatining rivojlanishida, shuningdek, uning shaxsiy xayoti, hamda kasb tanlashida axamiyati juda katta.
Bog`cha umr davrlariidagi davrda bolalarda muloqotning yangi motivlari yuzaga keladi. U shaxsiy va ishbilarmonlik motivlaridir. Shaxsiy muloqot motivlari bu –bolaning tashvishga solayotgan ichki muammolari bilan bog`liq, ishbilarmonlik motivlari esa u yoki bu ishni bajarish bilan bog`liq bo`lgan motivlardir. Bu motivlarga asta –sekinlik bilan bilim, ko`nikma va malakalarni egalash bilan bog`liq bo`lgan o`qish motivlari qo`yiladi. Bu motivlar ilk bolalik davrdan boshlanib yuzaga keladigan bolalarning tabiy qiziquvchanligi o`rnida paydo bo`ladi. O`zini ko`rsatish motivlari ham bu umr davrlarida yaqqol namoyon bo`ladi. Bu motiv asosan bolalarning sujetli –rolli o`yinlarda asosiy rolni egallashga boshqalar ustidan raxbarlik qilishga, musobaqaga kirishishga qurqmasligida nima bo`lganida ham yutishga xarakat qilishlarida ko`rinadi. Maktabgacha umr davrlari davri bolalari uchun kattalar beradigan baxolari juda muxim. Bolalar birinchi navbatda maishiy axloq norma va qoidalarni, o`z majburiyatlariga munosabat, kun tartibiga rioya etish, xayvon va narsalar bilan muomila qilish normalarini egalaydilar. Bunday normallarni egallash bu umr davrlaridagi bolalar uchun qiyin hisoblanib, ularni yaxshi o`zlashtirish uchun sujetli –rolli o`yinlar yordam berishi mumkin. Bog`cha umr davrlariining oxirlariga kelib, ko`pchilik bolalarda aniq bir axloqiy qarashlar tarkib topadi, shuningdek, odamlarga munosabat bilan bog`liq bo`lgan shaxsiy sifatlar ham shakllanadi. Kishilarga nisbatan diqqatli, mexribon bo`lish xususiyatidir. Katta umr davrlaridagi bolalar ko`p xollarda o`z xatti –xarakatlari sababini tushuntirib bera oladilar .

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin