Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi


Psixik infantilizm, uning kelib chiqish omillari, ko`rinishlari



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə46/63
tarix10.09.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#63536
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   63
Taraqqiyot psixologiyasi va differensial psixologiyasi (1)

Psixik infantilizm, uning kelib chiqish omillari, ko`rinishlari.
Bolada tengdoshlari bilan ma’lum bir munosabatlarning Yuzaga kelishi, «bolalar jamiyati»ning shakllanishi maktabgacha yoshning muhim xususiyati bo‘lib hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolaning boshqa odamlarga ichki pozisiyasi o‘z «men»i va o‘z harakatlari ahamiyatini tobora anglab borishi, kattalar dunyosiga, ularning faoliyati va o‘zaro munosabatiga katta qiziqishi bilan xarakterlanadi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning rivojlanishi ijtimoiy vaziyati xususiyatlari unga xos bo‘lgan faoliyat turlari, ayniqsa, sYujetli-rolli o‘yinlarda aks etadi. Zarur bilim va qobiliyatlarsiz kattalar dunyosiga yaqinlashishga urinish bolani uning uchun imkoni bo‘lgan o‘yin shakliga olib keladi. Bola rivojlanishi uchun maktabgacha muassasalar tizimi, ayniqsa, bog‘cha yaxshi sharoit yaratadi. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, psixik rivojlanish va maktabda o‘qishga tayyorgarlik darajasi bolalar bog‘chasida tarbiyalangan bolalarda bog‘chaga bormaydigan bolalarga nisbatan Yuqori.9
Maktabgacha yoshda sensor idrok, ayniqsa, ko‘rish va eshitish orqali qabo’l qilish sezilarli rivojlanadi. Bola ongli ravishda rasm chizadi va musiqiy faoliyatda ishtirok eta boshlaydi. U unga qanday surat yoki musiqa yoqishini, qaysilari yoqmasligini aytishi mumkin. Biroq u hali musiqani to‘liq va differensiyalangan holda qabo’l qilmaydi.
Maktabgacha yoshdagi bola rivojlanishida bu yoshning asosiy faoliyat turi bo‘lib hisoblangan o‘yin juda muhim ahamiyatga ega. O‘yin o‘zining barcha tur va ko‘rinishlarida (sYujetli, rolli, qoidali, nutqiy, badiiy, musiqiy va boshqalar) bolaning jismoniy, eshitish, aqliy, estetik rivojlanishiga faol yordam beradi.
Shunday qillib, uyin bolalar xayoli tomonidan yaratilgan narsa emas, aksincha bolalar xayolining o’zi uyin jarayonida yuzaga kelib rivojlanadigan narsadir.
Psixik taraqqiyoti sustlashgan bolalarning oligofren bolalardan farqi.
Shuni xam aytib utish kerakki, fan-texnika mislsiz rivojlangan bizning xozirgi zamonamizdagi yaratilanayotgan, xayratda koldiradigan narsalar bolalarga guyo bir muojizadek kurinadi. Natijada ular xam uzlarining turli uyinlari jarayonida uxshatma qillib (yaxni analogik tarzda) xar xil xayoliy narsalarni uylab chikaradilar(uchar ot, mashina odam, gapiradigan daraxt kabi). Bundan tashkari, bolarning turli xayoliy narsalarni uylab chikarishlari yana shuni bildiradiki, ular uzlarining xar turli uyin faoliyatlarida fakat atroflaridagi bor narsalarni emas, balki ayni chogda extiyojlari talab qillayotgan narsalarni xam aks ettiradilar.
Bolalarning uyin faoliyatlarida xar xil xayoliy va afsonaviy obrazlarni yaratishlaridan shunday xulosa chikarish mumkin: odamning (shu jumladan bolalarning xam) tashki muxitdagi narsa va xodisalarni aks ettirish jarayonlari passiv jarayon emas, balki faol xamda ijodiy yaratuvchan, o’zgartiruvchan jarayondir.
Bolalar uyin faoliyatlarining yana bir ajoyib xususiyati shundan iboratki, uyin jarayonida bolaning qilladigan xatti-xarakatlari va bajaradigan rollari kupincha umumiylik xarakteriga ega bo’ladi. Buni shunday tushunish kerakki, bola o’zining turli-tuman uyinlarida fakat o’ziga tanish bo’lgan yolgiz bir shofyorning, vrachning, militsionerning, tarbiyachining, uchuvchining xatti-xarakatlarigina emas, balki umuman shofyorlarning, vrachlarning, tarbiyachilarning xamda uchuvchilarning xatti-xarakatlarini aks ettiradi. Albatta , turmush tajribalari va faoliyatlari doirasi juda cheklangan kichik umr davrlaridagi bolalar(baxzan kichik gruppa bolalari xam) uzlarining uyinlarida konkret odamlarni va ularning xarakatlarini aks ettiradilar. (Masalan, oyisini, adasini,akasini, tarbiyachisini va shu kabi). O’rta, katta bogcha umr davrlariidagi bolalarning uyinlarida esa bunday obrazlar umumiylik xarakteriga ega bo’la boshlaydi.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin