Adabiyotlar
VigotskiyL.S. Sobr. soch. V 6 t. M., 1982. T. 1.
G`oziev E. Psixologiya (Yosh davrlari psixologiyasi). T. 2002.
Rubalko E.F. Vozrastnaya i differentsialnaya psixologiya. M. 2001.
Xorijiy adabiyotlar
William Damon,Richard M. Lerner Handbook of Child Psychology, Theoretical Models of human Development . © 2006- Psychology
David G. Myers. Psychology. © 2010 by Worth Publishers.
12 - MA’RUZA- Илк болалик даври
Индивидуал ва ижтимоий уят ҳиссиёти. Илк болалик даврида нутқнинг ривожланиши. Нутқ ривожланишининг психофизиологик нуқтаи-назардан талқини. Мактабгача ёшдаги даврда ақлий тараққиётнинг ўзига хос хусусиятлари. Пиаже тажрибалари. Боланинг мактабга рухий тайёргарлиги муаммоси. Коммуникатив тайёргарлик. Когнитив тайёргарлик. 6-7 ёш инқирози. Тараққиёти сустлашган болалар психологияси. Психик инфантилизм, унинг келиб чиқиш омиллари, кўринишлари. Болалардаги диққатнинг етишмовчилиги синдроми. Гипердинамик ва гиподинамик синдромлар. Мухина тадқиқотлари.
Dastlab bola butunlay kattalarga bog‘liq bo‘ladi. Tengdoshlar bilan o‘zaro munosabatlar ko‘p jihatdan kattalarning bola bilan o‘zaro munosabati xususiyatiga bog‘liq. Kattalarga ergashib bolalar o‘zini ismi bilan atay boshlaydilar. Ikkinchi yil oxiriga kelib ozini ismi bilan chaqirish «men» kishilik olmoshi bilan almashinadi. «Men» tizimi erta bolalikda (L.I Bojovich) paydo boluvchi markaziy hodisadir. Bola ozini kattalardan ajratishni organadi, oziga nisbatan mustaqil «men» sifatida munosabatda bola boshlaydi, yani unda ozini anglashning boshlangich shakli paydo boladi.
Rivojlanishdagi muvaffaqiyatlar bola xulq-atvorini oziga xos tarzda ozgartiradi. Kattalar avvalgidek etakchi orin tutsa-da, bola oz amaliy hayotining tor muhiti va u qadar katta bolmagan imkoniyatlari doirasida kattalar yordamisiz harakat qilishga intiladi. YAngi tendensiyalar bola faolligini («men ozim») kuchaytiradi va kattalar bilan yangi munosabatlarning paydo bolishiga olib keladi. Bu davr tanqidiy davr («uch yosh tangligi, krizisi») deb ataladi, yani kattalar bolalar bilan munosabatda yangi qiyinchiliklarga duch kela boshlaydilar. Bunda bola ozining negativizmi va qaysarligi bilan bardosh berib bolmas darajaga etishi mumkin.
Uch yosh tangligi otkinchi hodisa, lekin uning natijasi boshqalardan ozini ajrata bilish, boshqa odamlar bilan ozini taqqoslash bolaning psixik rivojlanishida muhim qadamdir. Kattalarday bolishga intilish faqat oyin shaklidagina nisbatan toliq echimini topishi mumkin (faqat oyinda bola dokonga borishi, tushlik tayyorlashi, raketada kosmosga ucha olishi mumkin). SHuning uchun ham uch yosh tangligi bolaning oyin faoliyatiga otishi bilan hal etiladi.
Dostları ilə paylaş: |