Til inson aloqalari, tafakkuri uchun axborotni asrash va avloddan avlodga etkazib berish vositasi bo`lib xizmat qiladigan belgilar tizimidir.
Unutish
Til inson aloqalari, tafakkuri uchun axborotni asrash va avloddan avlodga etkazib berish vositasi bo`lib xizmat qiladigan belgilar tizimidir.
Unutish eslash va yod bo`lib qolgan yoki o`zlashtirilgan materialni qayta xotirlash imkoniyatining asta-sekin so`nib borishini aks ettiruvchi jarayondir.
Fantaziya- hayolning borliqdan, haqtqatdan biroz uzoqlashuv jarayonidir.
Fizionomika odam yuz qirralari va ularning nisbati orqali odamning xususiyatlarini o`rganish.
Faoliyat insonning voqeilikni, o`zini o`zi ijodiy o`zgartirish, takomillashtirish, mukammallashtirishga yo`naltirilgan faolligi. Psixologik jihatdan ichki ehtiyojni qondirish deya talqin etiladi.
Xarakter (grekcha charakter bosish, zarb qilish) insonning faoliyati va munosabati tufayli shakllanadigan va namoyon bo`ladigan barqaror individual xususiyatlari yig`indisi bo`lib, unga xos bo`lgan hulq-atvor va hayotiy holatlarga javob berish usullarini belgilaydi. Xarakterda inson uchun xos bo`lgan, standart vaziyatlarda qo`llaniladigan, hayotiy vazifalarni qo`yish va echish usullari o`z ifodasini topadi.
His-tuyg`u insonning nisbatan barqarorligi, umumiyligi, uning shaxs sifatidagi taraqqiyoti davomida shakllangan ehtiyojlari va (xususan) qadriyatlariga mosligi bilan farq qiladigan yuksak o`zaro madaniy bog`langan hissiyotlaridir.
Hayajonlanish (lot. emoveo hayratga solmoq,hayajonga solamoq) psixik hodisalarning alohida toifasi bo`lib, subekt tomonidan bu hodisalar, predmetlar va vaziyatlar insonning o`z ehtiyojlarini qondirish uchun bevosita qiziqqon kechinmalari ko`rinishida namoyon bo`ladi.
Xayol insonning subekt sifatidagi ongidan butun holda idrok qilinmagan yoki sezgi azolari yordamida idrok etila olmaydigan obektlarning inikosining (tasavvurlar, sxemalar va boshqa obraz-modellarning) yoki jo`rttaga paydo bo`lishiga yoxud ataylab qurilishiga olib keluvchi bilish faolligidir. (mas., kelajakni mo`ljallagan tarix hodisalari idrok etila olmaydigan yoki umuman mavjud bo`lmagan dunyoning voqealari miflar va ertaklardagi hayri-tabiiy personajlar va b.)