Ўзбекистон Республикаси Конституциявий суди
Қорақалпоғистон Республикаси Конституциявий назорат қўмитаси
Ўзбекистон Республикаси
Олий суди
Қорақалпоғистон Республикаси фуқаролик ва жиноят ишлари бўйича Олий судлари
Жиноят ишлари бўйича вилоятлар ва Тошкент шаҳар ҳамда туман ва шаҳар судлари
Фуқаролик ишлари бўйича вилоятлар, Тошкент шаҳар ва туманлараро судлари
Ўзбекистон Республикаси Олий суди ва округ ҳарбий судлари
Ўзбекистон Республикаси Олий Хўжалик суди
Вилоятлар ва Тошкент шаҳар хўжалик судлари
Қорақалпоғистон Республикаси хўжалик суди
5-chizma. O`zbekiston Respublikasi sud tizmi
O`zbekistonda erkin fuqarolik jamiyati qurishning o`ziga xos xususiyatlaridan yana biri shundaki, mahalliy davlat hokimiyatlari va qishloq fuqarolar yig`ini fuqarolik jamiyatining negizi sifatida namoyon bo`ladi. Demokratik jamiyat bevosita fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklarini kafolatlovchi huquqiy mexanizm yaratishni taqozo etadi.
Jamiyatni demokratlashtirishda inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlarining ustuvorligi asosiy diqqat e`tiborda bo`lmog`i zarur. Shunga muvofiq, 1992 yil yanvar oyidan boshlab viloyat, tuman, shaharlarda hokimlik tashkil etildi. Hokimiyat qoshida esa, ijroiya apparati tuzildi. Hokimliklar va ijroiya apparatlari joylardagi korxona va muassasalarga rahbarlik qilish, mahalliy ahamiyatga molik masalalarni fuqarolar manfaatlariga mos ravishda hal etib beradi.
O`zbekiston taraqqiyotining asosiy mohiyati va bosh yo`li jamiyatni demokratlashtirish, erkin fuqarolik jamiyati qurishdan iboratdir.
Demokratik jamiyat qurish bobida hamma davlat uchun tayyor qolip va andozalar yo`q. I.A. Karimov: “Dunyoda bir-biriga o`xshagan ikkita inson bo`lmaganidek, biriga aynan o`xshagan ikki davlat ham yo`q”, - deganida haqlidir. To`g`ri, demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e`tirof etilgan tamoyillari bor: insonning o`z xohish-irodasini erkin bildirishi va uni amalga oshirishi; ozchilikning ko`pchilikka bo`ysunishi; davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi; davlat asosiy organlarining saylash yo`li bilan tayinlanishi va ularning saylovchilar oldida hisob berishi va shu kabilar. O`zbekiston Respublikasi demokratik jamiyat qurishda ana shu tamoyillarga, umumjahon sivilizatsiyasiga asoslandi. Shuningdek, u xalqimizning necha ming yillik milliy davlatchiligimiz negizlarini, ma`naviy merosimiz ildizlarini, milliy xususiyatlarimiz va boy an`analarimizni yangi jamiyat qurilishiga tatbiq etish yo`lidan bormoqda.
O`zbekiston yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g`oyasiga asoslanmoqda. Respublikamizda odamlar o`z qobiliyati va ehtiyojlarini to`la namoyon qilish va amalga oshirishlari uchun zarur bo`lgan dastlabki teng imkoniyatlarni, bu jarayonni vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga katta e`tibor berildi. Negaki, busiz adolatli jamiyat qurib bo`lmaydi. Ana shunday imkoniyatlar yaratilgandan keyingina, har bir insonning taqdiri, turmushi o`ziga bog`liq bo`lib koladi. Insonning jamiyatdagi o`rni uning salohiyatiga, mehnat qilish istagiga bog`liq bo`ladi.
Erkin fuqarolik jamiyatining asosiy richaglaridan biri sifatida, eng avvalo, fuqarolarning o`z-o`zini boshqarish organlarini e`tirof etish o`rinlidir. O`zbekiston Respublikasi 1993 yil 2 sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning o`z-o`zini boshqarish organlari to`g`risidagi” Qonunga ko`ra, mahalliy fuqarolar yig`inlari o`tkaziladigan bo`ldi. Fuqarolar yig`inlari o`z-o`zini boshqarish organlari bo`lib, ular ikki yarim yil muddatga saylanadi. Qisqacha aytganda, mahalla tizimi erkin fuqarolik tizimining negiziga aylandi. Mustaqillik yillarida inson va fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklarini kafolatlovchi huquqiy mexanizmlarga asos solindi.
Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 16-moddasida O`zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga tayanadi. Ularga ko`ra inson, uning hayoti, qadr-qimmati va boshqa huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi belgilab qo`yilgan.
O`zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo`lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qat`iy nazar, qonun oldida tengdirlar. O`zbekiston Respublikasida yagona fuqarolik o`rnatilgan. Har bir fuqaro yashash, shaxsiy daxlsizlik, turar joy daxlsizligi, bir joydan ikkinchi joyga ko`chish, so`z va e`tiqod erkinligiga ega bo`lib, bu huquqlar davlat tomonidan himoya qilinadi. Fuqarolarning istagan dinga e`tiqod qilish yoki e`tiqod qilmaslik huquqi qonun bilan mustahkamlab qo`yilgan.
O`zbekistonda shaxs erkinligi, inson huquqlarining muhofazasi va kafolati, mehnat va kasbni erkin tanlash huquqi, ta`lim olish, ijtimoiy muhofaza va boshqa huquqlari qonun bilan himoya qilinadi.
1995 yil 23 fevralda I chaqiriq Oliy Majlisning 1-sessiyasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo`yicha vakil lavozimi ta`sis etildi. Vakil BMTning inson huquqlari bo`yicha markazi, YEXHTning demokratik institutlar va inson huquqlari bo`yicha byurosi bilan yaqin hamkorlikda faoliyat ko`rsatmoqda.
O`zbekiston Respublikasining 1995 yil 30 avgustda qabul qilingan “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini buzuvchi harakat va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to`g`risida“gi Farmonga binoan inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashkil etildi.
O`zbekistonda fuqaro va davlat bir-biriga bo`lgan huquqlari va burchlari bilan bog`langan. Davlat o`zining fuqarolar oldidagi burchini bajarmoqda. Fuqarolarning erkinliklari va huquqlarini amalda himoya qilmoqda. Shuningdek, fuqarolarning ham davlat oldidagi burchlari, majburiyatlari belgilab qo`yilgan.
Fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga rioya etishga, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha`ni va qadr-qimmatini hurmat qilishga majburdirlar. Davlat har bir inson zimmasiga tarixiy, madaniy va ma`naviy me`rosni avaylab-asrash, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo`lish, soliq va bojlarni to`lash majburiyatini yuklaydi. Konstitutsiyaning 52-moddasida “O`zbekiston Respublikasini himoya qilish – O`zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o`tashga majburdirlar”, deb belgilab qo`yilgan.
Shunday qilib, jamiyatni demokratlashtirishda inson huquqi va erkinliklari hamda manfaatlarining ustuvorligi mana shunday qonunda kafolatlanib berildi.
Bu esa “o`zbek modeli”ning hayotga tatbiq etilishidagi erishilgan yutuqlarning asosiy tomonidir.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq, demokratik jamiyatga xos saylov tizimi barpo etishga kirishildi. 1991 yil 18 noyabrda “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risida”, 1993 yil 28 dekabrda “O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to`g`rsida” va 1994 yil may oyida “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to`g`risida” hamda “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to`g`risida” Qonunlar qabul qilindi.
Konstitutsiya va qonunlarda 18 yoshga to`lgan fuqarolarning saylash huquqiga ega ekanligi, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oliy Majlis saylovi, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari saylovi umumiy, teng, to`g`ridan-to`g`ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo`li bilan o`tkazilishi mustahkamlab qo`yilgan. Har bir fuqaro-saylovchi bir ovozga ega. Yoshi 35dan kichik bo`lmagan fuqaro O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, 25 yoshga to`lganlar viloyat, tuman va shahar Kengashlariga deputat etib saylanish huquqiga ega. Fuqaro bir vaqtning o`zida ikkitadan ortiq vakillik organlarining deputati bo`lishi mumkin emas.
Demokratik jamiyatga xos saylov tizimida bevosita ommaviy axborot vositalarining munosib o`rnini alohida aytib o`tish o`rinlidir. Erkin ommaviy axborot vositalari demokratik institutlarning muhim asosiy tarmog`i hisoblanadi. Ommaviy axborot vositalari tizimida gazeta, jurnal, axborot agentliklari, nashriyot, teleradiokompaniyalar va studiyalar, elektron axborot vositalarini keltirish mumkin. Jurnalistlarning erkin ijod qilishi, mamlakat ravnaqi yo`lida xizmat qilishi uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratildi. Ommaviy axborot vositalari bugungi kunda to`rtinchi hokimiyat darajasida faoliyat ko`rsatmoqdalar.
O`zbekistonda fuqarolik jamiyati barpo etish aholining siyosiy faolligi va siyosiy madaniyatining oshib borayotganligida, turli siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlarining shakllanishida ham namoyon bo`lmoqda.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlarining vujudga kelishi va faoliyat yuritishi uchun huquqiy asoslar yaratildi. Respublika parlamenti tomonidan qabul qilingan “Jamoat tashkilotlari to`g`risida”gi (1991 yil 15 fevral), “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to`g`risida”gi (1998 yil, yangi tahriri), “Kasaba uyushmalari, ular faoliyatining huquq va kafolatlari to`g`risida”gi (1992 yil 2 iyul), “Siyosiy partiyalar to`g`risida”gi (1996 yil, dekabr) qonunlar shular jumlasidandir.
Yuqorida aytib o`tilganidek, erkin fuqarolik asoslarining yana bir asosiy negizi siyosiy partiyalarning faoliyati hisoblanadi.
Hozirda O`zbekiston Respublikasida 4 ta siyosiy partiya faoliyat yuritmoqda. Ular quyidagilardir:
O`zbekiston Xalq Demokratik partiyasi 1991 yil 1 noyabrda Toshkentda bo`lib o`tgan ta`sis qurultoyida tashkil etilib, dastur va nizomi qabul qilindi. Mazkur partiyaning “O`zbekiston ovozi”, “Golos Uzbekistana” gazetalari hamda “Muloqot” jurnali nashr etilmoqda.
“Adolat SDP” — 1995 yil 18 fevralda tuzilgan. Partiyaning Toshkentda bo`lib o`tgan I ta`sis qurultoyida Dasturi va Nizomi qabul qilingan. Partiyaning “Adolat” ijtimoiy-siyosiy gazetasi mavjud.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (MTDP) — 1995 yil 3 iyunda Toshkentda bo`lib o`tgan ta`sis qurultoyida tuzilib, partiyaning Dasturi va Nizomi qabul qilindi. Mazkur partiyaning “Milliy tiklanish” haftalik gazetasi nashr etilmoqda.
O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O`zLDP) — 2003 yilning oxirida tashkil topgan. Partiyaning maqsadi tadbirkorlar va ishbilarmonlar manfaatlarini himoya qilishdan iborat. O`zLDPning “XXI asr” haftalik gazetasi mavjud.
Siyosiy partiyalarni tuzish va uning faoliyat ko‘rsatish prinsiplari
ixtiyoriylik;
a’zolarning teng huquqliligi;
o‘zini o‘zi boshqarish;
qonuniylik;
oshkoralik.
Dostları ilə paylaş: |