Taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni



Yüklə 44,54 Kb.
səhifə2/3
tarix12.12.2022
ölçüsü44,54 Kb.
#74032
1   2   3
Документ Microsoft Word

O‘qitish vositalari

Ma’ruza matni, plakatlar, doska

O‘qitish usullari

Ma’ruza, aqliy hujum, “BBB” jadvali, savol-javob

O‘qitish shakllari

Frontal, individual

O‘qitish sharoiti

O’quv xonasi

Monitoring va baholash

Og‘zaki savollar, blits-so‘rov



O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi



Ish
bosqichlari



O‘qituvchi faoliyatining mazmuni

Tinglovchi
faoliyatining mazmuni



1-bosqich.
Mavzuga
kirish
(5 min)

O‘quv mashg‘uloti mavzusi, savollarni va o‘quv faoliyati natijalarini, mustaqil ishlash uchun adabiyotlarni aytadi.
Mashg’ulotning maqsad va vazifalari bilan tanishtiradi.
Mavzu rejasi bo’yich ma’lumotlarni bera boshlaydi.

Tinglaydilar.
Muhim tushunchalar daftarda qayd etiladi.
Savollar beradilar.





2 -bosqich.
Asosiy qism
(30 min)

O’quvchilarni faollashtirish maqsadida “Aqliy hujum” metodidan foydalaniladi.


Ma’ruza rejasining hamma savollari bo‘yicha tushuncha beradi.
O’quvchilar ishtirokida ular yana bir bor takrorlanadi, asosiy tushunchalarga kelinadi.

O’quvchilar o’z fikrlarini mustaqil aytadilar
Tinglaydilar.
Muhim tushunchalar daftarda qayd etiladi.



3-bosqich.
Yakunlovchi
(10 min)

Mashg‘ulot bo‘yicha yakunlovchi xulosalar qiladi, olingan bilimlarning qayerda ishlatish mumkinligini ma’lum qiladi.
Darsda olingan bilimlar baholanadi
Mavzu bo‘yicha adabiyotlar ro‘yxatini beradi.
Mustaqil ish topshiriqlarini va uning baholash mezonini beradi. Keyingi mazvuga tayyorlanib kelish uchun savollar beradi.

Savollar beradilar.
Tinglaydilar
Vazifalarni yozib oladilar.

I. Darsning tashkil etilishi:
a) salomlashib, davomat aniqlanadi;
II. O`tilgan mavzuni takrorlash.
«Aqliy hujum» metodi bo’yicha savollar
Termodinamik sistema deb nimaga aytiladi?
Temodinamik jarayon nima?
Solishtirma issiqlik sig‘imi deb nimaga aytiladi?
Termodinamikaning birinchi qonuni.
Agar jismga issiqlik miqdori berilayotgan bo‘lsa, Q qanday ishora bilan olinadi? Olinayotgan bo‘lsa-chi?
Agar jism tashqi kuchlarga qarshi ish bajarayotgan bo‘lsa, A qanday ishora bilan olinadi? Tashqi kuchlar jism ustida ish bajarganda-chi?
II. Yangi mavzu bayoni
Qaytar va qaytmas jarayonlar. Qaytar jarayon deb sistemaning oxirgi holatdan boshlang‘ich holatga o‘sha oraliq holatlar orqali, atrof-muhitda hech qanday o‘zgarish ro‘y bermasdan o‘tishiga aytiladi. Uzun ilgakka osilgan og‘ir mayatnikning tebranishi qaytar jarayonga yaqin bo‘ladi. Bu holda kinetik energiya amalda to‘la potensial energiyaga aylanadi. Shuningdek, teskarisi ham o‘rinli. Muhitning qarshiligi kichik bo‘lganligi sababli tebranish amplitudasi sekin kamayadi va tebranish jarayoni uzoq davom etadi.
Ma’lum qarshilikka uchraydigan yoki issiq jismdan sovuq jismga issiqlik uzatish bilan ro‘y beradigan har qanday jarayon qaytmas bo‘ladi. Amalda barcha real jarayonlar qaytmas jarayonlardir.
Termodinamikaning birinchi qonuni energiyaning saqlanish va aylanish qonunini ifodalasada, termodinamik jarayonning ro‘y berish yo‘nalishini ko‘rsata olmaydi. Misol uchun birinchi qonun, issiqlik miqdorining issiq jismdan sovuq jismga o‘tish imkoniyati qanday bo‘lsa, sovuq jismdan issiq jismga o‘tish imkoniyati ham shunday deb ko‘rsatadi. Aslida esa tabiatda qanday jarayonlar ro‘y berishi mumkin degan savol tug‘iladi? Bunga termodinamikaning ikkinchi qonuni javob beradi.
Termodinamikaning ikkinchi qonuni. Bu qonunning bir nechta shakllari mavjud bo‘lib, ularning eng soddasi Klauzius ta’rifini keltiramiz. Issiqlik miqdori o‘z-o‘zidan past temperaturali jismdan yuqori temperaturali jismga o‘tmaydi.
Amalda cheksiz katta bo‘lgan okean suvlaridagi issiqlik miqdori o‘z-o‘zidan temperaturasi suvnikidan pastroq bo‘lgan jismgagina o‘tishi mumkin. Issiqlik miqdorini temperaturasi past jismdan temperaturasi yuqori jismga o‘tkazish uchun qo‘shimcha ish bajarish kerak. Shu bilan birga, issiqlik miqdori ishga to‘la aylanmay, uning bir qismi atrof-muhitni qizdirishga sarflanadi. Shu nuqtayi nazardan ikkinchi qonunning quyidagi Plank ta’rifi ham e’tiborga molik: tabiatda issiqlik miqdori to‘laligicha ishga aylanadigan jarayon bo‘lishi mumkin emas.
Issiqlik ishga aylanishi uchun isitkich va sovitgich bo‘lishi darkor. Barcha issiqlik mashinalarida isitkichdan sovitgichga beriladigan energiyaning bir qismigina foydali ishga aylanadi. Unda issiqlik mashinalarining unumdorligi qanday kattaliklarga bog‘liq va uni oshirish uchun nima qilmoq kerak degan savol tug‘iladi. Bu savolga ikkinchi qonunning Karno ta’rifi javob beradi: ideal issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsiyenti issiqlik beruvchi va issiqlik oluvchilarning temperaturalari bilangina aniqlanadi.
Termodinamika qonunlari amalda qanday mashinalar yasash mumkinligi va ularning unumdorligini orttirish uchun nimalarga e’tibor berish zarurligi haqida yo‘llanma beradi.
Ikkinchi tur „perpetuum mobile“. Ikkinchi tur „perpetuum mobile“ okean suvlaridagi ulkan miqdordagi energiyadan ish bajarmasdan foydalanish mumkin degan g‘oyaga asoslangan. Termodinamikaning ikkinchi qonuni esa issiqlik miqdori faqat issiq jismdan sovuq jismga o‘z-o‘zidan o‘tishi mumkin, teskarisi uchun esa qo‘shimcha ish bajarish zarur deb ta’kidlaydi. Bu esa ikkinchi tur „perpetuum mobile“ni yasash mumkin emasligini ko‘rsatadi.
Agar ikkinchi tur „perpetuum mobile“ni yasash mumkin bo‘lganda edi insoniyat juda ulkan energiya manbayiga ega bo‘lardi. Okeanlarda mavjud 1021 kg suvning temperaturasini 1 °C ga pasaytirishga erishilsa, bu 1024 J issiqlik miqdori ajratib olishga imkon beradi. Shuncha energiya beruvchi ko‘mirni temir yo‘l sostaviga yuklasak, uning uzunligi 1010 km ni tashkil etadi. Bu esa qariyb Quyosh sistemasining kattaligiga tengdir.
III.Mavzuni mustahkamlash:
Termodinamika ikkinchi qonunining ahamiyati nimada?
Issiqlik miqdori temperaturasi past jismdan temperaturasi yuqori jismga o‘tadimi?
Tabiatda issiqlik miqdori to‘laligicha ishga aylanadigan jarayon bo‘lishi mumkinmi?
Ikkinchi tur „perpetuum mobile“ning g‘oyasi nimadan iborat?
Ikkinchi tur „perpetuum mobile“ni yasash mumkinmi?
Okean suvlarining temperaturasini bir gradusga pasaytirishga erishilsa, qancha issiqlik miqdori ajratib olish mumkin?

Test savollari


1. Berilgan formulalar orasidan gazning bajargan ishi ifodasini toping:
A. A = pΔV B. A = F·Δl. C. A = F·Δh. D. A = Q·U. E. A = Q·φ.
2. Izoxorik jarayonda ideal gazga 300 J issiqlik uzatilgan. Gazning ichki energiyasi qanchagacha o‘zgargan?
A. 150 J ga ortgan. B. 300 J ga ortgan. C. 200 J ga ortgan. D. 200 J ga kamaydi. E. O‘zgarmagan.
3. To‘g‘ri tasdiqni toping: 1 kg moddaning temperaturasini 1 °C ga o‘zgartirishda unga beriladigan yoki undan olinadigan issiqlik miqdori ... deyiladi.
A. solishtirma erish issiqligi
B. solishtirma qotish issiqligi
C. solishtirma issiqlik sig‘imi
D. issiqlik miqdori
E. solishtirma yonish issiqligi
4. 27°C da bir atomli 20 mol gazning ichki energiyasi qanday?
A. 74,8 kJ. B. 748 J. C. 0,75 J. D. 4,3 J. E. To‘g‘ri javob yo‘q.
Mavzuga oid masalalar
1. 15°C temperaturali 1,5 kg suv bo‘lgan idishga 100°C temperaturali 200 g suv bug‘i kiritildi. Bug‘ kondensatsiyalangandan keyin umumiy temperatura qanday bo‘ladi? (t=89 °C.)



Yüklə 44,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin