Tarbiviy ishlarni boshqarishda g‘arb va sharq allomalarining ilg‘or qarashlaridan foydalanish


Qadimgi Xitoydagi ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixida Konfutsiyning (551–479) qarashlari ham alohida o‘rin tutadi



Yüklə 2,36 Mb.
səhifə5/5
tarix12.10.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#154713
1   2   3   4   5
4 mavzu Tarbiviy ishlarni boshqarishda g‘arb va sharq allomalarining

Qadimgi Xitoydagi ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixida Konfutsiyning (551–479) qarashlari ham alohida o‘rin tutadi.

  • U qadimgi Xitoydagi ijtimoiy-falsafiy fikrning rivojiga katta hissa qo‘shgan. Mutafakkirning “Aforizmlar” asari teran falsafiy g‘oyalari bilan mashhurdir. Konfutsiyning falsafiy qarashlarida axloqiy masalalar markaziy o‘rin tutadi. Qadimgi ajdodlarning urf-odatlari, marosimlari, tariqatiga tayangan Konfutsiy o‘tganlarning shuhrati ularning avlodlarini yuksaltiradi, deb jamiyatning haqiqiy negizi, poydevorini yanada mustahkamlash uchun qadimgi urf-odatlar, marosimlar, an’analarni tiklash va ularga amal qilish zarurligini uqdiradi. Hozirgi kunda Konfutsiy tomonidan yaratilgan ta’limotning maqsadga muvofiqligini mamlakatimizda qadimgi urf-odat, an’ana, milliymarosim va bayramlarimizning, ajdodlarimiz tarixiy xotiralarining tiklanishi borasidagi ma’naviy-ma’rifiy islohotlarimizda ko‘rishimiz mumkin.

Qadimgi dunyoda falsafiy fikr taraqqiy etgan mamlakatlardan biri Yunoniston edi.
Qadimgi Yunonistonda falsafa ijtimoiy hayotning in’ikosi sifatida tabiat to‘g‘risidagi bilimlar bilan bog‘lanib bir butun dunyoqarashni o‘zida mujassamlantirgan edi.
Qadimgi Yunonistonda Suqrot, Platon va Aristotel asos solgan falsafiy oqimlar idealistik dunyoqarashni rivojlanishiga xizmat qiladi.
Suqrot (eramizdan oldingi 469–399-yillar) – qadimgi Yunon faylasufi.
Afinaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etgan, yoshlar tarbiyasi bilan shug‘ullangan, hurfikrli inson, kambag‘aldan chiqqan, tosh yo‘nuvchining o‘g‘li, o‘ta bilimdon kishi sifatida mashhur bo‘lgan.
Suqrotning fikricha, falsafaning markazida axloq masalalari turmog‘i lozim. Jamiyatning ravnaqi, tinchlik va osoyishtaligi, farovon hayoti axloq va odobning ahvoliga bog‘liq.
Bu masalalar Sharq falsafasida ham katta o‘rin tutganligi bois xalqimiz, buyuk allomalarimiz Suqrot nomini hurmat bilan tilga olgan, uning axloq-odob haqidagi pand-nasihatlariga amal qilishgan.

Platon

  • Kimki, davlatlarga jamiyat va umumxalq muomalasida bo‘ladigan axloqning hayotiy qoidalari to‘g‘rsida qonunlar berishni o‘ylab, ammo xususiy hayotga e’tibor berishni zarur deb hisoblamagan bo‘lsa, bu bilan hammaga hamda har kimga o‘zi xohlaganicha kun o‘tkazishiga imkoniyat yaratib bergan bo‘lsa, fuqarolar, o‘zlarining xususiy hayotlari qonunlashtirilmaganiga qaramay, jamiyat va umumxalq hayotida qonunlarga mos yashaydilar, deb hisoblasa, u noto‘g‘ri mulohaza yuritgan bo‘ladi
  • Jahon falsafasi tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk alloma, faylasuf, san’atshunos olim Platondir. Platonning ideal davlat to‘g‘risidagi orzulari negizida adolat g‘oyasi yotadi. Platon aytganidek, jamiyat barcha a’zolarining odil jamiyatdagi qonunlarga bo‘ysunishi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy garovidir.



E’tiboringiz uchun rahmat!


Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin