Tarbiviy ishlarni boshqarishda g‘arb va sharq allomalarining ilg‘or qarashlaridan foydalanish


Sharq mutafakkirlarining ma’naviy madaniyat sohasiga qo’shgan ulushlari nihoyatda boy bo’lib, mazmunan qadriyatlarning barcha yo’nalishlarini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi. Ular



Yüklə 2,36 Mb.
səhifə3/5
tarix12.10.2023
ölçüsü2,36 Mb.
#154713
1   2   3   4   5
4 mavzu Tarbiviy ishlarni boshqarishda g‘arb va sharq allomalarining

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Forobiy

Sharq mutafakkirlarining ma’naviy madaniyat sohasiga qo’shgan ulushlari nihoyatda boy bo’lib, mazmunan qadriyatlarning barcha yo’nalishlarini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi. Ular:


aqliy madaniyatni shakllantirish bilan bog’langa qadriyatlar;
ma’naviy-ruhiy qadriyatlar;
ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar;
badiiy-nafis qadriyatlar;
diniy qadriyatlar tarzida o’z ifodasini topgan.

Forobiy

Forobiy pedagogik qarashlarini, ta’lim-tarbiya haqidagi ta’limotini o’rganishda inson xislatlari to’g’risidagi falsafiy fikrlari nihoyat muhim ahamiyat kasb etadi.

Forobiy o’zining falsafiy qarashlarida odamning tuzilishini, ruhiyatini, madaniy va ma’naviy olamini o’rganishga ahamiyat beradi.

U o’zining ”Baxt-saodatga erishuv haqida”, ”Fanlarning tasnifi”, ”Falsafani o’rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to’g’risida”, ”Ilmlar va san’atlar fazilati” kabi koplab risolalarida insonning ma’naviy rivojlanishi ilm-ma’rifatga bog’liqligini ta’kidlaydi.

Abu Rayhon Beruniy bilim umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishning kaliti ekanligini alohida ta’kidlaydi. Ilm-ma’rifatli odam jamiyat taqdiri, insonlar taqdiri uchun kurashuvchan, barcha yomonliklardan uzoqdir. ”Ilmning foydasi ochko’zlik bilan oltin-kumush to’plash uchun bo’lmay, balki u orqali inson uchun zarur narsalarga ega bo’lishdir”

  • Abu Rayhon Beruniy bilim umuminsoniy qadriyatlarni o’rganishning kaliti ekanligini alohida ta’kidlaydi. Ilm-ma’rifatli odam jamiyat taqdiri, insonlar taqdiri uchun kurashuvchan, barcha yomonliklardan uzoqdir. ”Ilmning foydasi ochko’zlik bilan oltin-kumush to’plash uchun bo’lmay, balki u orqali inson uchun zarur narsalarga ega bo’lishdir”
  • Abu Rayhon Beruniy ilm-fanning buyuk homiysi va muxlisi sifatida mamlakatning obodonchiligi ilm-fanning gullashida, odamning baxti esa uning bilim va ma’rifatida deb bildi. Yaratgan asarlarida u ta’lim-tarbiyaga doir she’r va hikmatlardan misollar keltirib, ular orqali har bir inson o’z qalbining farmoyishiga ko’ra xayr-ezgulikka intilishi, sun’iy obro’, shuhrat qozonish uchun muruvvat va sharofat ko’rsatmasligi kerakligini ta’kidlaydi.
  • Yusuf Xos Hojibning ”Qutadg’u bilig” asarida aqliy, axloqiy, mehnat, jismoniy va nafosat tarbiyasiga doir fikrlari katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. U insonni ulug’laydi. Uning fikricha, insonning ulug’ligi aql-idroki, so’zlash qobiliyati, bilimi, uquvi, hunarga egaligidadir. Adib o’quv va bilimni farqlaydi: o’quv tug’ma ravishda inson ruhiyatida mavjuddir, bilim esa o’qish-o’rganish va mehnat tufayli egallanadi. Agar ularning har ikkisi o’zaro birlashsa, insonning qadri ortadi:

Yusuf Xos Hojib
Zakovat qayerda bo’lsa, ulug’lik bo’ladi,
Bilim kimda bo’lsa, buyuklik bo’ladi.
Zakovatli uqadi, bilimli biladi,
Bilimli, zakovatli tilakka yetadi.

Yüklə 2,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin