Tarbiya jarayonining mazmuni. Tarbiya qonuniyatlari va tamoyillari o’tilgan mavzu yuzasidan savollar



Yüklə 137 Kb.
səhifə5/13
tarix11.09.2023
ölçüsü137 Kb.
#142607
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
11 LOTIN - копия

Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (hissiy) tuzilishini bir-biridan farqlash lozim. Jamoaning rasmiy tuzilishi deganda jamoa faoliyatining turli ko’rinishlarini amalga oshirish uchun zarur bo’ladigan tashkiliy jihatlari ko’zda tutiladi. Mazkur jihat bir tomondan jamoa a’zolari o’rtasida yuzaga kelgan ishchanlik munosabati mazmunini ifoda etsa, ikkinchi tomondan, rahbarlik vazifasini bajaruvchi shaxslar tomonidan jamoa a’zolarining xatti-harakatlari va intilishlarini muvofiqlashtirish yo’lida tashkil etilayotgan boshqaruv faoliyati mohiyatini yoritishga xizmat qiladi.

Norasmiy tuzilma jamoaning barcha a’zolari o’rtasidagi shaxslararo ma’naviy-psixologik munosabatlarning umumiy tizimi va mikroguruhni tashqil qiluvchi ayrim a’zolar o’rtasidagi tanlash munosabatlari mazmunini ifodalaydi. Jamoaning har bir a’zosi mavjud munosabatlar tizimida u yoki bu o’rinni egallaydi. O’quvchining jamoadagi o’rni uning shaxs sifatida shakllanishi va kamolotga erishishiga muhim ta’sir ko’rsatadi. Maktab yoki sinfdagi rasmiy va norasmiy tuzilmalar bir-biriga muvofiq bo’lganda, jamoaning rasmiy yetakchilari norasmiy munosabatlar tizimida ko’zga ko’ringan o’rinni egallagan holdagina u chinakam jamoa bo’la oladi. SHuningdek, norasmiy guruhlar (mikroguruhlar) umumjamoa ijtimoiy manfatlari uchun kurashuvchi guruhlar bo’lgandagina jamoa o’zini chinakam jamoa tarzida namoyon etishi mumkin.

Yaashash joylarida o’zaro birikkan bolalar guruhlari qanchalik ahil va inoq munosabat asosida tashkil topgan bo’lmasin haqiqiy jamoa bo’la olmaydi. CHinakam jamoa ijtimoiy ahamiyatga moyillik faoliyatini tashkil eta olishi, jamoa a’zolari o’rtasida o’zaro hamkorlik va ishchanlik xarakteridagi aloqa va munosabalarni qaror toptirishi lozim. Jamoaning majburiylik belgisi unga o’qituvchiik rahbarlikning yo’lga qo’yilishidir.

SHunday qilib, jamoa bir necha (a’zo) kishidan iborat guruh bo’lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan umumiy maqsad asosida tashkil topadi. Jamoa tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyat uning oldiga qo’yilgan maqsad mazmunini ifoda etadi. Jamoa a’zolari o’rtasida qaror topgan o’zaro birlik, shuningdek, ular o’rtasida tashkil etiluvchi munosabat jarayonidagi tenglik jamoaga rahbarlik qilish, jamoa a’zolarining guruh yetakchilariga bo’ysunishlari, shuningdek, ular tomonidan jamoa oldidagi javobgarlik hissini anglashlari uchun zamin yaratadi.


Yüklə 137 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin