Har bir jamoa boshqa jamoalar bilan uzviy aloqadorlikda mavjud bo’ladi. Muayyan jamoaning har bir a’zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida o’z jaomasi bilan birgalikda ishtirok etadi. Jamoa a’zolarini intilishlarini tushunish, jamoa oldiga qo’yilgan maqsad mohiyatini chuqur his etish hamda uning shaxsni shakllantirishdagi o’rni va rolini to’g’ri baholay olish jamoa a’zolarining umumiy va xususiy (shaxsiy) maqsad, qiziqishi, ehtiyoj va faoliyatlari o’rtasidagi birlikni namoyon etadi hamda jamoaning bo’linishga yo’l qo’ymaydi. Har bir jamoa o’z-o’zini boshqarish organiga ega va umumiy jamoaning uzviy qismi sanaladi. SHuningdek, u maqsadning birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan bog’lanadi. Ijtimoiy jamiyat ehtiyojini qondirishga yo’naltirilgan birgalikdagi faoliyat jamoaning navbatdagi muhim xususiyatidir. Jamoa faoliyatining ijtimoiy-g’oyaviy yo’nalishi ham jamoaning faoliyati mazmunida o’z aksini topishi muhim ahamiyatga egadir. Jamoa xususiyatini aniqlashda kishilar guruhining yagona ijtimoiy tizimini o’rnata olishdagi usuli, ya’ni, jamoani tashkil qilish usuli ham muhim hisoblandi. Pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etilgan jamoa, xususan, uning a’zolari o’rtasida o’zaro ruhiy yaqinlik, ishchanlik, bir-biri uchun g’amxo’rlik, o’zaro yordam, jamoa manfaati uchun qayg’urish, mazkur yo’lda amaliy harakatlarni tashkil etish hamda javobgarlik hissi qaror topadi. Demak, jamoa o’zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:
Jamoa
Ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadning mavjudligi
Birgalikdagi umumiy faoliyatning tashkil etilishi
Majburiy, mas’uliyatli munosabatning yo’lga qo’yilishi
Saylangan umumiy rahbariy organga egalik
Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi uchun ma’suliyat hissini uyg’ota borib, jamoa a’zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, a’zolarda jamoaga mansublik hissini paydo bo’lishiga ko’maklashadi, jamoa bilan munosabatda bo’lish ehtiyojini oshiradi. Jamoa a’zolari orasida o’zaro hissiy birlik (bir-birini yoqtirish hissi) yuzaga keladi. Ushbu munosabat ko’pincha o’z-o’zidan paydo bo’ladi hamda ular o’qituvchiik ta’sir ko’rsatish uchun qo’l keladi. Jamoa a’zolari o’rtasidagi ruhiy birlik mazmuni ular orasida hosil bo’lgan ishchanlik faoliyatining xarakteriga bevosita bog’liqdir.
Dostları ilə paylaş: |