Tarbiya jarayonn mohiyati va tarbiya prinsiplari


Tushuntirishning vazifasi



Yüklə 98,55 Kb.
səhifə5/12
tarix17.05.2022
ölçüsü98,55 Kb.
#58303
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
TARBIYA JARAYONN MOHIYATI VA TARBIYA PRINSIPLARI

Tushuntirishning vazifasi o'quvchilarni yuksak madaniyatli, milliy g'ururli qilib tarbiyalashga yordam berishdan iborat.

Tushuntirishda o'quvchilarda mamlakatimiz fuqarosining o'z davlatiga nisbatan huquqlar va burchlar bilan bog'langanligi borasida ma'lumotlar beriladi. Bunda davlat bayrog`i, gerbi, madhiyasi, konstitutsiyasiga sadoqat ruhida tarbiyalashning roti katta. Suhhat va hikoya. O'quvchi shaxsini g'oyaviy-axloqiy shakllantirishda oqi'tuvchining jonli so'zi eng ta'sirli usul hisoblanadi.

Suhbat turli mavzularda uyushtirilishi mumkin. Axloqiy mavzular (kishilarning jamiyatdagi axloq mezonlari, o'zini tutish qoidalari), estetik mavzularda (tabiat go'zalligi hamda inson go'zalligij, siyosiy mavzularda (davlatning ichki va tashqi siyosati), ta'lim va bilimga oid mavzularda (koinot, hayvonot dunyosi).

Suhbat davomida o'quvchilarni qalbidagi fikrlarini aytishga, jasoratini uyg'otishga, o'quvchilarni fikrlashga majbur qiluvchi savollar berish juda muhimdir. Bu borada bahs va munozaralarning ahamiyati katta.



Hikoya. O'quvchilar, odatda, hayotdan va boy badiiy adabiyotdan olingan aniq misol bilan to`liq hikoyalarni tingiaydilar. Ularga axloq mezonlari, tarix qoidalari, Vatanimizning tarixiy, tabiiy boyliklari, san'at haqida hikoya qilib berish mumkin. Badiiy adabiyot, radio, televidenie, Internet tarmoqlaridagi, gazeta va jumallardagi maqolalar ham qimmatli material bo'ladi. Suhbat ham, hikoya ham o'quvchiiarning yoshiga mos mavzularda ular tushunadigan so'zlar orqali ravon va jonli o'tkazilishi kerak.

Namuna. O'quvchilar o'z atrofidagi kishilarda hamma yaqin axloqiy sifatlarni ko'rishlari va namuna olishlari nihoyatda muhim­dir. O'qituvchining shaxsan o'zi namuna bo'lishi, ayniqsa yoshlarga katta ta'sir ko'rsatadi. Ular o'qituvchining darsda va hayotda o'zini qanday tutishini, muomala qilishini, o'z vazifalarini qanday bajari-shini kuzatib yuradilar. O'quvchilar o'zlariga yaqin kishilarning xulq-atvoriga taqlid qiladilar. Xulq-atvor bolalarda yaxshi sifatlarning, ba'zan esa yomon sifatlarning ham tarkib topishiga ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun o'qituvchi va ota-onalar har qanday holatda ham o'zlarini tuta bilishlari kerak. Maktablarda ishlab chiqarish ilg'orlari bilan uclirashuvlar o'tkaziladi. Bolalar o'z ota-onalarining ishlab chiqarishdagi muvaffaqiyatlari bilan faxrlanadilar. Ularga taqlid qilishga intiladilar. Namuna xalq pedagogi-kasida ham keng foydalanilgan. Ota-bo bo larimiz o'z farzandlarini hamisha yaxshilardan, donolardan, ulug' kishilardan ibrat olishga da'vat qilib kelganlar. Masalan, «Qush inida ko'rganini qiladi», «Onasini ko'rib qizini so'ra», «Axloqni axloqsizdan o'rgan», «Bola oldida birovlarning g`iybatini qilma, bolang g`iybatchi bo'ladi». Shu oddiy iboralar ostida qancha fikrlar jamlanib yotganligining guvohi bo`lamiz.


Yüklə 98,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin