Tarbiya jarayonn mohiyati va tarbiya prinsiplari


Muammoli pedagogik vaziyatlarni  celling



Yüklə 98,55 Kb.
səhifə12/12
tarix17.05.2022
ölçüsü98,55 Kb.
#58303
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
TARBIYA JARAYONN MOHIYATI VA TARBIYA PRINSIPLARI

Muammoli pedagogik vaziyatlarni  celling

 

1.  Ikkinchi sinfda har xil buyumlar: qalam, ruchka, rezinka va boshqalar  yo'qola  boshladi.   Bir  kuni   sinfdagi   qizchaning  bosh kiyimi yo'qoldi. O'qituvchi topilmalar byurosining faoliyati   haqida gapirib   berdi.   Bolalar  topib   olingan   narsalar  qaytarib   berilishi to'grisidagi kattalardan eshitgan misollarni aytishdi.



O'qituvchi qanday tarbiya metodini qo'llagan? Bu metodning samaradorligi nimalarga bog'liq? Har doim ham, ushbu metod samara beradimi?

2.  Muallim quyidagicha hikoya qiladi: «O'glim (9 yosh) qorong`idan va balandlikdan   qo'rqadi. Men imkon boricha uni ko'proq ana shu qo'rquvni yenga oladigan sharoitga qo'yaman: Goho ob-havo qandayligini bilib kelish uchun kechqurun hovliga, goho go'yo esdan chiqqan  narsani olib kelish uchun qorong`i xonaga yuboraman.

O'yin paytida ayrim paytlari chuqurlikka sakraymanda, «Daraxtning hov anavi novdasini menga olib ber. Uni emas, narigi, yuqoridagisini» deyman.

O'qituvchi to'g'ri qiladimi? Bu qanday tarbiya metodi? U nima uchun samarali?

3. Dars boshlanishidan  oldin  o'qituvchi  yerda g`ijimlangan Qog'oz parchasi yotganini ko'rib, bir o'quvchiga «qog'ozni ol», deb murojaat qildi. O'sha o'quvchi sekin partadan turib «men tash-lamaganman, nega olarkanman» deb, yana joyiga o'tirdi.

O'qituvchi nima qilishi kerak? Sinfning ta'sirlanishi qanday bo'ladi va bu nimaga bog'liq?    

4. O'qituvchi o'zini-o'zi darsdan chiqarib yuborgan holni eshitganmisiz? Bunga quyidagi voqea sabab bo'lgan edi: o'qituvchi dars o'tish uchun sinfga kirsa, tanaffusda navbatchilar sinfni darsga tayyorlamagan, doska o'chirilmagan, latta yo'q, bo'r yo'q. O'qituv­chi: «Shunday oddiy masalani hal qila olmagan yomon o'qituvchi dars o'tishi mumkin emas», - deb sinfdan chiqib, o'qituvchilar xonasiga ketdi. Uch minutdan keyin esa sinf o'quvchilaridan vakillar borib, o'qituvchidan kechirim so'rab, uni sinfga qaytishini iltimos qilishdi.

Vaziyatni tahlil qiling, o'qituvchi to'g'ri yo'l tutdimi? O'quvchilarda ongli intizomni tarbiyalash usullari qaysi hollarda samara beradi?

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

 

1.   Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -Т., 1998.



2.    Васильев А.С. История религии Востока. - М-, «Фе­никс», 1999. 425-стр.

3.     Pedagogika. A.Munavvarov tahriri ostida, - Т., 1996. 118-132-betlar.

4.    Pedagogika.  Ma'ruzalar matni. N.G'aybullayev va bosh-qalar,-T., 2000.

5.     Подласый И.П. Педагогика. - М., «Владос», 2003.



6.    I.Y. Tursunov, U.N. Nishonaliyev. Pedagogika kursi. - Т., 1997, 176-182
Yüklə 98,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin