TARBIYA JARAYONN MOHIYATI VA TARBIYA PRINSIPLARI
Reja.
1. Tarbiya qoidalari va ularning mohiyati:
2. Tarbiyaning maqsadga qaratilganlik qoidasi.
3. Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasi.
4. Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorlik qoidasi.
5. Tarbiyada izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta'sirlarning uyg'unligi va uzluksizlik qoidasi.
Inson paydo bo'libdiki, tarbiya jarayoni va qoidalari mavjud. Xo'sh, tarbiya qoidalari nima uchun kerak ekan?
Tarbiya qoidasi - pedagogik ta'lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanadigan boshlang`ich holat, rahbarlik asosidir. Tarbiya qoidalari-o'qituvchi va tarbiyachilarga yo'1-yo'riq ko'rsatuvchi qoidalar hisoblanadi. Tarbiya qoidalariga quyidagilar kiradi:
Tarbiyaning ma'lum maqsadga qaratilganiik qoidasi. Tarbiyadan ko'zlangan asosiy maqsad har tomonlama ma'naviy rivojlangan aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Tarbiyaviy ish ma'lum maqsadni ko'zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Tarbiyaning ma'lum maqsadga qaratilganligi qoidasi bolalar jamoasining rivojlanish istiqbollarini ko'ra bilishga yordam beradi.
Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasi. Oqituvchining bilim saviyasi ma'naviyati jamiyatni harakatga keltiruvchi, taraqqiyotga eltuvchi yetakchi omillardan biridir. Yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda Qur'oni Karim, Hadisi Shariflardan foydalanish juda muhim. Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o'smirning betakror va o'ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokraliyalash - bu tarbiyani ma'muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo'yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o'rtasida o'zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o'zgartirish demakdir. O'qituvchi o'quvchiga avvalgidek tarbiya obyekti emas, xuddi o'zi kabi subyekt deb qarashi darkor. Tarbiyaviy faoliyatni demokratiyalash va insonparvarlashtirish uning mohiyatini va mazmunini qayta tafakkur etishni ko’zda tutadi. Shaxsning rivojlanishi va o'zligini anglashni ta'minlaydi.
Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi qoidasi. O'quvchilarni Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati bilan tanislitirish, madaniy va diniy bilimlarini egallashga bo'lgan talablarini shakllantirish malakalarini oshirib, tobora boyitish, estetik tushunchalarni shakllantirish juda muhim. Xalqimizning ko'p asrlik qadriyatlarini, ulkan, boy va madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o'zlikni anglash, milliy g'urur tuyg'usini qaror toptirish mumkin emas. U yaratgan madaniy boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. Buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali o'quvchilar go'zal axloq, baxt, insof, poklik, mehr-shavqat, ota-onani hurmat qilish qoidalari haqida keng tasavvurga ega bo'ladilar. Insoniylik - o'z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy xususiyatlarini, do'stlik, ota-onaga sadoqatlilik, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab oladi. Shu sababli, insondagi eng yaxshi fazilatlar avloddan - avlodga ko'chib kelgan.
Tarbiyada izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta'sirlarning uyg'unligi va uzluksizlik qoidasi. Tarbiya ishida izchillik juda muhim. Tarbiyachi avvaliga bolalardan biror narsani talab qilib, so'ngra o'zi bu talabni unutib qo'ysa, bu hoi tarbiyaga yomon ta'sir qiladi. O'qituvchi subutli, o'z lafziga sobit bo'lmog`i kerak. O'quvchilarga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatishda izchillikka rioya qilish va bir xil talab qo'yish muvaffaqiyat qozonishning eng muhim shartlaridan biridir. Tarbiya uzoq davom etadigan jarayon, unda ota-ona, o'qituvchi, jamoatchilik qatnashadilar. Shu sababli, ularning ishida izchillik va davomiylik bo'lishiga rioya qilish kerak. Bu qoida tarbiyani amalga oshiradigan barcha bo'g`inlarni (oila, maktab, o'quvchilar jamoasi, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, keng jamoatchilikni)
birgalikda ish ko'rishlarini nazarda tutadi. Chunki tizimlilik faqat yoshlarni emas, balki aholining barcha qatlamlarini qamrab olishi kerak.
Bola o'qishni, tarbiya olishni ulg'ayib jamiyat hayotida faol ishtirok etishni xohlaydi. Pedagog uni qay usulda, qanday munosabatlar sharoitida, qanday pedagogik jarayonda tarbiyalash lozimligini bilishi kerak, shu bilan birga, bola o'zini o'zgartirishda faol ishtirokchi ekanligini ham unutmasligi lozim.
Dostları ilə paylaş: |